Uyushma tarixi

Qandolatchilikni Rivojlantirish Uyushmasi – 2018 yilda tashkil etilgan yuridik shaxslar birlashmasi. Ushbu uyushmani tashkil etishimizga olib kelgan asosiy sabablar bu qandolat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarning birlashgan jamiyati yo‘qligi, xom ashyo va mahsulot bozorlari bo‘yicha zaif va parchalangan maʼlumot bazasi va eskirgan meʼyoriy bazaning mavjudligi edi. Uyushmaning taʼsischisi M.M. Umarov, 2019 yilda B.B. Umirshayxov rais lavozimiga saylangan.

Qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish – bu O‘zbekiston Respublikasida eng yosh, ammo jadal rivojlanayotgan oziq-ovqat sanoati yo`nalishlaridan biri. 2020 yilning boshidagi maʼlumotlarga ko‘ra respublikada qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi 962 korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Birgalikda ushbu korxonalarda respublika bo‘ylab 60 000 ortiq fuqaro ishlaydi. 2019 yilda ishlab chiqarishning umumiy xajmi 250 000 tonnadan oshdi, bu narx ekvivalentida taxminan 150 million AQSH dollarini tashkil etadi. Hozirgi kunda uyushmamiz aʼzolari va kuzatuvchi korxonalar soni 200 dan ortiq. 2019 yil aʼzolarimiz 50 million AQSH dolarilan ortiq miqdordagi kapital investitsiyalarni jalb qildilar. Ushbu korxonalarning ishlab chiqarish quvvati ichki va tashqi savdo bozorlarining barcha potensial isteʼmolchilarining talablarini qondirishi mumkin.

Qandolatchilikni Rivojlantirish Uyushmasi quyidagi vazifalarni hal qilishni o‘z oldiga qo‘ydi:

Byurokratik va ushbu sohani rivojlanishiga to‘sqinlik qiladigan boshqa to‘siqlarni birgalikda bartaraf etish maqsadida qandolat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarini yagona uyushmaga jalb qilish;

• Faoliyat jarayonida muammolar bo‘lgan taqdirda, uyushma aʼzolariga yuridik yordam ko‘rsatish;

• Uyushma aʼzolariga eksport va import shartnomalarini tayyorlashda amaliy yordam berish;

• Ishtirokchilarga turli xalqaro ko‘rgazmalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni namoyish etishda ko‘maklashish;

• Ishtirokchilar ishlab chiqarishining texnik va texnologik jihatlarini modernizatsiya qilish uchun investitsiyalarni jalb qilish;

• O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilmaydigan xom ashyo va materiallarni uzluksiz yetkazib berish;

• Ko‘pgina import qiluvchi talab qilingan sifatni boshqarish bo‘yicha turli sertifikatlar (ISO, GlobalGAP va boshqalar) olishda yuridik va moliaviy-iqtisodiy yordam berish.


Ochiq Ma`lumotlar

Ustav

Guvohnoma

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »