Oziq-ovqat sanoati uyushmasi rasmiy ochilish marosimi!

Oziq-ovqat sanoati uyushmasi rasmiy ochilish marosimi!

Qadrli kuzatuvchilar,
26-may sanasida Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida O’zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasining rasmiy ochilish marosimi bo’lib o’tadi.

Tadbirda uyushmaning tashkil etilganidan buyon(29.10.2020) yetti oylik faoliyati davomida amalga oshirgan ishlari, kelgusida rejalashtirgan maqsad va vazifalari haqida so’z boradi.

Shuningdek, bugungi kunda oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish, ishlab chiqarish, qayta ishlash hamda eksport qilishda davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, sohada yuzaga kelayotgan masalalar va ularga yechim bo’lgan tendensiyalar mavzulariga alohida to’xtalib o’tiladi.

Marosimda turli vazirlik, qo’mita, agentlik va xalqaro tashkilotlar vakillarining ishtiroki rejalashtirilgan.

📲 Agarda sizda ham ushbu tadbirda qatnashish istagi bo’lsa, quyidagi raqamlarga murojaat qiling:

+998997232111
+998712203313

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »