Bahodir Umirshayxov: respublikamiz oziq-ovqat sanoati sohasida muammolar yetarlicha

Bahodir Umirshayxov: respublikamiz oziq-ovqat sanoati sohasida muammolar yetarlicha

O’zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi

Har qanday mamlakatda iqtisodiyotning muhim sektori bo‘lgan, davlat hayotidagi barcha sohalarning eng aktual bo‘laklaridan biri hisoblangan oziq-ovqat sanoati mahsulotlarini tayyorlash va eksportini ko‘paytirish borasida davlat dasturi doirasida bugungi kunda ko‘plab masalalarni hal qilishga kirishilgan. Jumladan, hozirda jahon bozoridagi talablardan kelib chiqqan holda eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishga ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda. Bu ishni amalga oshirish uchun oziq-ovqat sanoati bo‘yicha xalqaro standartlarni o‘rganish va faoliyatga tatbiq etish talablari tadbirkorlar hamda agromutaxassislar gardaniga qo‘yilgan dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda.

   Statistik maʼlumotlarga ko‘ra, mamlakatimizda yiliga o‘rtacha 16 million tonnadan ortiq meva-sabzavot, poliz va dukkakli mahsulotlar, 1,5 million tonnaga yaqin go‘sht, 10 million tonnaga yaqin sut ishlab chiqarilmoqda. Biroq ularni sanoat usulida qayta ishlash darajasi o‘rtacha 15-20 foizni tashkil qilmoqda. Bu o‘z-o‘zidan respublikada  agrologistika tizimi yaxshi rivojlanmaganligi va mazkur yo‘nalishda tizimli ishlarning amalga oshirilishi lozimligini tasdiqlaydi. Qolaversa, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va saralash xizmatlari talab darajasida emasligi yetishtirilgan hosilning kamida 30 foizga yaqinining isrof bo‘lishiga olib kelmoqda. Baʼzan yetishtirilgan mahsulotlarni xalqaro standartlarga mos laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazishda ham katta muammolar chiqib qolayotganligi odamni abgor holga soladi. Bir gap bilan aytadigan bo‘lsak, respublikamiz oziq-ovqat sanoati sohasida muammolar yetarlicha.

Mazkur kamchiliklarga o‘rinli yechim topib, bartaraf etishga ko‘makashish, yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish, isteʼmol tovarlarining ommaviy tarzda ishlab chiqarilish samaradorligi va sohadagi mehnat unumdorligini oshirish maqsadida 2020 yil 29 oktyabr kuni O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi  tashkil etilgan.

Joriy yilning 26 may kuni «Hyatt Regency» Tashkent mehmonxonasida tashkilotning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Bojxona qo‘mitasi, Davlat karantin qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, “O‘zbekiston Eksportchilari” uyushmasi vakillari,  15 dan ortiq ishlab chiqarish korxonalari rahbarlari hamda 20 dan ziyod ommaviy axborot vositalari xodimlari: jurnalist va blogerlar ishtirok etdi.

Dastlab, O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi rahbari Bahodir Umirshayxov so‘zga chiqib, tashkilot maqsad-vazifalari, o‘tgan 7 oy davomida amalga oshirgan ishlari haqida taqdimot qildi:

— Uyushma zamonaviy oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi to‘laqonli mexanizatsiyalashga hamda mahalliy miqyosda tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlarini chetga eksport qilishga ko‘maklashadi. O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining asosiy vazifasi oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish, ishlab chiqarish sektorlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, mahalliy tadbirkorlarning xorijiy investorlar bilan shartnomalar tuzishiga ko‘maklashish, qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish, mamlakat oziq-ovqat mahsulotlarining chet davlatlarga katta masshtabdagi ekportini amalga oshirilishini taʼminlashga yordam berish hisoblanadi.

Eʼtiborli jihati, uyushma oziq-ovqat sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish faoliyatini amalga oshiruvchi korxona hamda tashkilotlarni ixtiyoriylik asosida birlashtirgan. Bu oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga bozordagi real vaziyatni hisobga olgan holda ishlab chiqarish hajmlarini mustaqil belgilash, eksportni ko‘paytirish va xorijda milliy brendlarni ilgari surishga ko‘proq erkinlik beradi.»

Taqdimotdan so‘ng, “O‘zbekiston Eksportchilari” uyushmasi rahbari Muxtor Umarovso‘zgachiqib, qaytadan tashkil etilgan Oziq-ovqatsanoati uyushmasining mamlakatimiz eksport salohiyati uchun qay darajada muhim ahamiyatga ega ekanligi, isteʼmoltovarlarini ishlab chiqarish yo‘nalishda qilinadigan ishlar koʻlami haqida nutq so‘zladi:

  • Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni ishlab chiqarishni ilmiy asosda tasdiqlangan me’yorlar bo’yicha yetarli darajadagi va assortimentda tayyorlanish bilan birga iste’mol tovarlari sifatini oshiruvchi aholi salomatligi uchun standart standartlarga muvofiqligi, vaziyat holatlarida zarur bo’lgan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari zaxiralarini ishlab chiqarish va saqlash, hududlarni ta’minlash bo’yicha ovqat mahsulotlarining rivojlangan sanoati, o’rnatish, aholini oziq-ovqat bilan taʼminlashning eng yuqori darajasiga erishib, eksport salohiyatini rivojlantirish Oziq-ovqat sanoati uyushmasining ustuvor vazifalaridan biri, — dedi.

Tadbirni amalga oshirishda axborotni boshqarish boshqaruvi ishtirokidagi uyushma rahbariyati bilan savol-javob amalga oshirildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2019 yil 29 iyuldagi «Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va ovqatlanish-sanoat sanoatini rivojlantirish uchun ishlab chiqariladigan chora-tadbirlarni amalga oshirish to’g’risida» qaror imzolangan edi. Unga asosan, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo’yicha 174 va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish bo’yicha ishlab chiqarishni rivojlantirish bo’yicha 24 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish, meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan tumanlarda mavjud samarasiz bog’la ro’rnida 36 ming gektar intensiv guruhlar tashkil etilishi davom ettirilgandi. Uyushmaning tashkil etilishi bo’yicha qarorlarni qabul qilish amaliyotida keng va muomalada tatbiqet mavjud maʼlum maʼnoda yetakchi kuch bilan birga oladi, desakadashmaymiz!

Bahodir Umirshayxov

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »