Kodeks Alimentarius haqida bilasizmi?

Kodeks Alimentarius haqida bilasizmi?

Kodeks Alimentarius ( lotincha  “Codex Alimentarius”  — Oziq-ovqat kodeksi) — FAO / JSST Xalqaro oziq-ovqat standartlari va qoidalari kodeksini amalga oshirish bo’yicha  Xalqaro komissiya tomonidan qabul qilingan oziq-ovqat mahsulotlarining standartlari to’plami hisoblanadi. Kodeks standartlari asosiy oziq-ovqat mahsulotlari, qayta ishlangan ovqatlar, shuningdek, qayta ishlanmagan oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablarni o’z ichiga oladi.

KODEKS ALIMENTARIUS xalqaro standartlari, ko’rsatmalari, qoidalari oziq-ovqat xavfsizligi va sifatini ta’minlashga yordam beradi, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlarining adolatli savdosini rivojlantirishga ko’maklashadi. Kodeks yordamida iste’molchilar sotib olgan oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi va sifatiga ishonch hosil qilishlari, import qiluvchilar buyurtma qilingan oziq-ovqat mahsulotlarining talab xususiyatlariga mos kelishiga amin bo’lishlari mumkin.Bir so’z bilan aytganda, Kodeks alimentarius har bir inson uchun hamma joyda xavfsiz va sifatli oziq-ovqat kafolati sanaladi.

Hozirda 215 ta tashkilot (hukumatlararo, nohukumat va BMT organlari) ushbu kodeksning kuzatuvchisi maqomiga ega hisoblanadi. 2012-yilda mazkur kodeks komissiyasi tarkibiga 186 mamlakat qatorida Yevropa Ittifoqi ham kirgan.

Tarixi

Kodeks Alimentarius komissiyasi 1963-yilda farmatsevtika sanoati ta’siri ostida tashkil etilgan.  Kodeks FAO konferensiyasining 1961-yildagi o’n birinchi sessiyasi va Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining o’n oltinchi assambleyasida qabul qilingan qarorlarga muvofiq tuzilgan. Biroq Kodeks Alimentarius nomining tarixiy ildizlari “Alimentarius Austriacus Codexdan” olingan sanaladi(bu 1897-yildan 1911-yilgacha bo’lgan davrda Avstriya-Vengriya imperiyasida ishlab chiqarilgan ko’plab oziq-ovqat mahsulotlarining standartlari va tavsiflari to’plamining nomi). 

Qo’llanish doirasi

Kodeks barcha oziq-ovqat mahsulotlari: ham qayta ishlangan, ham xomashyo mahsulotlarini tartibga soladi. Ushbu kodeks mahsulotlarning ayrim turlari uchun standartlardan tashqari mahsulotni etiketkalash, oziq-ovqat gigiyenasi, qo’shimchalari, xavfsizligi, biotexnologiyasini o’rganish qoidalarini tartibga soluvchi umumiy standartlarni o’z ichiga oladi.

Kodeks bir nechta tillarda nashr etilgan: ingliz, fransuz, ispan. Kodeksga kiritilgan ba’zi standartlar rus va arab tillarida ham mavjud; ba’zi standartlar xitoy tiliga tarjima qilingan. 

Kodeks quyidagilarni tartibga soladi:

  • oziq-ovqat mahsulotlarini markalash (umumiy qoidalar, ovqatlanish bo’yicha korsatmalar, dastur ko’rsatmalari);
  • oziq-ovqat qo’shimchalari (asosiy standartlar, foydalanish qoidalari, oziq-ovqatda ishlatiladigan kimyoviy moddalarga talablar);
  • oziq-ovqatning ifloslanishi (umumiy talablar, oziq-ovqat mahsulotlarining radionuklidlar , alfa hamda boshqa mikotoksinlar bilan ifloslanishining chegara darajasi va boshqalar);
  • pestitsidlar va veterinariya dori-darmonlarining oziq-ovqat tarkibidagi ruxsat etilgan maksimal darajasi;
  • biotexnologik xatarlarni baholash yo’llari;
  • oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi gigiyenik talablar;
  • tahlil qilish usullari va namunalarni tanlash.

Kodeks doirasida ushbu turdagi oziq-ovqat mahsulotlari uchun maxsus standartlar mavjud:

  • Go’sht va go’sht mahsulotlari;
  • Baliq va baliq mahsulotlari;
  • Sut va sut mahsulotlari;
  • Maxsus parhezlar uchun oziq-ovqat, shu jumladan, chaqaloqlar va bolalar uchun oziq-ovqat mahsulotlari retsepti;
  • Yangi va qayta ishlangan sabzavotlar, mevalar, sharbatlar;
  • Donli va dukkakli ekinlar hamda ulardan olinadigan mahsulotlar;
  • Yog’lar va yog’ mahsulotlari;
  • Turli xil oziq-ovqat mahsulotlari (shokolad, shakar, asal, mineral suv va boshqalar).

Iste’molchilarning sog’lig’ini himoya qilish

Aholining oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog’liq tashvishlari, ko’pincha, Kodeksni global muhokamalar markaziga aylantiradi. Veterinariya dori vositalari, zararkunandalarga qarshi vositalar, oziq-ovqat qo’shimchalari va ifloslantiruvchi moddalar — bu Kodeks yig’ilishlarida muhokama qilinadgan ba’zi mavzular hisoblanadi. Kodeks standartlari mustaqil xalqaro xatarlarni baholash organlari yoki FAO va JSST tomonidan tashkil etilgan maxsus konsultatsiyalar orqali taqdim etilgan ishonchli ilmiy dalillarga asoslangan sanaladi.

Savdodagi to’siqlarni olib tashlash

Butunjahon savdo tashkilotining “Sanitariya va fitosanitariya chora-tadbirlari to’g’risida”gi bitimi(SPS) da keltirilishicha, oziq-ovqat xavfsizligi bo’yicha Kodeks standartlariga havola qilish Kodeksning savdo ziddiyatlarini hal qilishda muhim ro’l o’ynaganligini ko’rsatadi. 1963-yilda tashkil etilganidan beri Kodeks tizimi yangi muammolarga javoban ochiq va ishtirokchan shaklda rivojlanib kelmoqda. 

Kodeks standartlarining mohiyati

Kodeks standartlari va tegishli matnlarida iste’molchiga asl mahsulotni aralashmalarsiz, yuqori sifatli, tabiiy tarzda tayyorlashga doir talablar mavjud. Har qanday oziq-ovqat mahsuloti yoki mahsulot guruhi uchun kodeks standarti Kodeks tovar standartlari formatiga muvofiq ishlab chiqilishi va shunga mos tarzda unda keltirilgan bo’limlarni o’z ichiga olishi kerak.

Kodeks standartlarini qayta ko’rib chiqish

Kodeks Alimentarius komissiyasi va uning yordamchi organlari, agar kerak bo’lsa, Kodeks standartlari va tegishli matnlariga hozirgi ilmiy bilimlarga va boshqa tegishli ma’lumotlarga muvofiqlashtirish uchun o’zgartirishlar kiritishi yoki bekor mumkin. Huqiqiy jihatdan Kodeks Alimentarius komissiyasining har bir a’zosi mavjud bo’lgan Kodeks standartlariga yoki tegishli matnlarga o’zgartirishlar kiritishni talab qilishi mumkin bo’lgan yangi ilmiy va boshqa tegishli ma’lumotlarni aniqlash hamda tegishli Qo’mitaga taqdim etish uchun javobgardir.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »