RUZ TRADER – Rossiya tijorat-taqsimot markazi hamda O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi!

Oziq-ovqat sanoati uyushmasidan Bahodir Umirshayxov va RUZ TRADER tashkiloti tomonidan Mixail Panchenkov vakilligida imzolangan memorandum ikki mamlakat biznes tuzilmalari o‘rtasida yana-da yaqin savdo-iqtisodiy aloqalarni o‘rnatishni nazarda tutadi.

Memorandum doirasida ikki davlat tadbirkorlarining savdo va investitsiya faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, mamlakatlarning iqtisodiyot va tashqi savdo, tashqi iqtisodiy aloqalar sohasidagi qonunchilik, qoidalari to‘g‘risida o‘zaro manfaatli maʼlumotlar almashinuvi yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Shuningdek,O‘zbekiston-Rossiya ishbilarmon doira vakillari o‘rtasida yarmarka, ko‘rgazma, seminar, simpozium hamda konferensiyalar o‘tkazishni tashkillashtirish belgilangan.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

+998985775353

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »