Latviya ELBI kompaniyasi O’zbekistonda 3 ming tonna qovun sotib olishni rejalashtirmoqda

Latviya ELBI kompaniyasi O’zbekistonda 3 ming tonna qovun sotib olishni rejalashtirmoqda

O‘zbekistonning Riga shahridagi elchixonasi ko‘magi bilan “ELBI” kompaniyasi tomonidan Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida o‘zbek fermerlari yetishtirgan katta miqdordagi poliz mahsulotlarini Latviyaga yetkazib berish tashkil qilindi.

2020 yil oxirida Latviya o‘zbek qovunlarini sotib olish bo‘yicha eng yirik importchilarning beshtaligiga kirdi. Joriy yilda ELBI kompaniyasi O‘zbekistondan 400 tonna karam va 400 tonna piyoz import qildi. 2021 yil oxiriga qadar Latviyaning ELBI kompaniyasi 3 ming tonnagacha o‘zbek qovunini xarid qilishni rejalashtirmoqda.

Maʼlumot uchun, Latviyaning “ELBI” kompaniyasi 1992 yilda tashkil topgan bo‘lib, meva-sabzavot mahsulotlarini Yevropa bozoriga yirik import qiluvchilardan biri hisoblanadi. Mazkur tashkilot Riga va Latviya, Estoniya va Litvaning boshqa hududlaridagi do‘konlar, supermarketlarga ekspeditsiya olib boradi.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »