O‘zbekiston va Pokiston kompaniyalari guruhi o‘rtasida 10 mln. AQSH dollarilik hamkorlik memorandumi imzolandi.

O‘zbekiston va Pokiston kompaniyalari guruhi o‘rtasida 10 mln. AQSH dollarilik hamkorlik memorandumi imzolandi.

O‘zbekistonning «Evergreen Agriculture» kompaniyasi va Pokistonning H.K.M kompaniyalar guruhi o‘rtasida 10 mln. AQSH dollarilik hamkorlik memorandumi imzolandi.

Toshkent shahri imzolangan mazkur memorandum tovar va xizmatlarni O‘zbekistondan boshqa mamlakatlarga eksport qilishni rag‘batlantirishni o‘z ichiga oladi.

Memorandum doirasida tijorat vositachilik operatsiyalarini o‘tkazish, tovarlarni o‘z mablag‘lari hisobiga va konsignatsiya asosida sotib olish, bozor tahlili (tarmoqlar bo‘yicha talab va taklif, daraja, o‘rtacha vaznli narxlar, buyurtma portfeli, boshqa parametrlar)ni yig‘ish, chet elda potensial xaridorlarni qidirish, yuqori texnologiyali va innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish va sotishning hamkorlikda amalga oshirilishiga kelishib olindi.

Ikki tashkilot o‘rtasidagi memorandum O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi ko‘magi bilan imzolandi!

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »