Mamlakatimizda bulg‘or qalampirining yuqori mahsuldor bo‘lgan yangi navi yaratildi.

Mamlakatimizda bulg‘or qalampirining yuqori mahsuldor bo‘lgan yangi navi yaratildi.

Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimi Bahodir Ibrohimovning so‘zlariga ko‘ra, bu nav duragay navga kirmaydi. Mazkur nav shirin qalampirning eksportga mo‘ljallangan navi hisoblanadi.

Bulg‘or qalampirining “Zumrad» navi uzoq muddat davomida bir davlatdan ikkinchi davlatga tashish hamda omborxolarda saqlash uchun chidamli va yaroqli sanaladi.

Shuningdek, mazkur nav boshqa navlarga qaraganda yuqori hosildorlikka ega yaʼni gektariga 60 tonnagacha hosil olish mumkin. “Zumrad” navining meva berish davri qishki sovuq boshlanishigacha davom etadi.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »