Tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchilar diqqatiga!

Tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchilar diqqatiga!

Tadbirkorlar kredit olish jarayonida qiyinchiliklarga duch kelganda O’zbekiston Respublikasi Tadbirkorlik faoliyatini qo’llab quvvatlash Davlat jamg’armasiga murojaat qilishlari mumkin. Jamg’arma kafillik hamda kompensatsiya xizmatlarini taklif qiladi.

Kafillik bu — qarz oluvchining tijorat banki oldidagi o’z majburiyatlarini bajarishi uchun javob berish mas’uliyatini tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash davlat jamg’armasiga (jamg’arma) yuklaydigan kafillik shartnomasi.

Jamg’arma tijorat banklarining kreditlari bo’yicha kredit summasining 50 foizigacha (50 foizi ham shu jumlaga kiradi) miqdorda, biroq 8 milliard so’mdan ortiq bo’lmagan miqdorda kafilliklar taqdim etadi.

Kafillik berilganligi uchun jamg’armaga qarz oluvchi tomonidan milliy valyutada kafillik summasining bir foizi miqdorida bir martalik vositachilik haqini to’laydi.

Kompensatsiya bu — tadbirkorlik sub’ektlariga tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar bo’yicha kredit foiz stavkasining bir qismini qoplashdir.

Kompensasiya va kafillik xizmatlari quyidagi maqsadlardan tashqari barcha yo’nalishlarga beriladi:
❌ Ilgari olingan kreditlarni yoki istalgan boshqa qarzdorlikni qaytarish;
❌ Alkogolli va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish;
❌ Savdo-vositachilik tashkilotlari va umumiy ovqatlanish korxonalarining aylanma mablag’larini shakllantirish;
❌ Savdo ob’ektlari va umumiy ovqatlanish ob’ektlari qurilishini moliyalashtirish;
❌ Bankdan tashqari kredit tashkilotlari va lizing kompaniyalarining resurs bazasini shakllantirish;
❌ Tavakkalchilikka asoslangan qimor va boshqa o’yinlarni tashkil etish hamda shu maqsadlar uchun uskunalarni xarid qilish.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »