O’zbekiston Respublikasi aholisini kambag’allikdan chiqarish bo’yicha oliy ta’lim tizimida amalga oshirilishi zarur bo’lgan ishlar bo’yicha takliflar

O’zbekiston Respublikasi aholisini kambag’allikdan chiqarish bo’yicha oliy ta’lim tizimida amalga oshirilishi zarur bo’lgan ishlar bo’yicha takliflar

Biz bilamizki, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev kecha-yu kunduz bosh qotirib xalqimizni — kambag’allikdan chiqarish yo’llarini izlayotgan bir vaqtlarida biz ham prezidentimiz qanoti ostida ozgina beminnat xizmat qilsak va mana shu xizmatimiz orqali O’zbekiston xalqiga o’z hissamizni qo’shishni istaymiz. Biz ushbu takliflar, fikrlar va rejalarimizni shu yo’nalishga tegishli bo’lgan olim va mansabdor xodimlar bilan va mehnat faxriylari bilan maslahatlashgan holda tayyorladik.  

TAKLIFLAR:

  •  
    1. Har bir viloyat kesimida agrar sohadagi ishlab chiqarish yo’nalishlari bo’yicha texnikumlar tashkil qilish va har bir tashkil etilgan texnikum qoshida dunyo standartlariga raqobatlashadigan ilmiy – ishlab chiqarish laboratoriyalari yoki texnoparklar tashkil qilish. Agrar universitet va tashkil etilgan o’rta talim muassasada issiqxona agronomi fakultetlarini tashkil qilish;
    2. Qishloq va tuman markazlariga, maktablar bilan texnikumlarda tashkil etiladigan laboratoriyadan maktab ta’limi jarayonida maxsus kurslar tashkil etish orqali samarali foydalanishni tashkil qilish. Laboratoriya yerning unumdorligi, kimyoviy tarkibi, qaysi o’g’itlarga talab borligini aniqlash imkonini beradigan jihozlar bilan ta`minlangan bo’lishi kerak. Yuqoridagilarni bajara oladigan tuproqshunos laborantlar agronomlarni universitet va o’rta talim muassasalar tayyorlab berishi kerak;
    3. Har bir viloyatni iqlimini, yerlarning meleorativ ahvoli va hosildorligini o’rganish va yer unumdorligini aniqlash hamda qanday turdagi qishloq xo’jaligi ekinlarini yetishtirish bo’yicha tavsiyalar berish. Muhandis va texnologlar tayyorlovchi bitiruvchi kurslarda ta’lim olayotgan 4-kurs bakalavr va 2-kurs magistrlarni ushbu yo’nalishga jalb qilish;
    4. Qishloq joylarda issiqxonalar tashkil etish va issiqxonada xizmat qiladigan xodimlar, ayollar, kelin va opa-singillarga mehnat daftarchasini yuritishni yo’lga qo’yish. Misol uchun, Surxandaryo viloyatida yil davomida ko’katlar yetishtirish imkoni bor (ukrob, petrushka, aysberk karami, daykon, brokli, brussel karami) va boshqalar. Hozirgi kunda bu o’simliklarga ichki bozorda ham talab o’sib bormoqda va eksport qilish mumkin;
    5. Issiqxonadan qanday foydalanish, nima ekish qanday hosil olishni nazorat qilish. Agrar sohada mutaxassislarni tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari va davlat yoki xususiy farmatsevtik korxonalariga bo`lib berish. O’rtacha xisobda 2so’tix issiqxona uchun 10.000000 so’m kerak bo’ladi 18-20 kg selofan paket 40.0000 so’mdan o’rtacha 80.0000 so’m 2so’tix yerda 2000 dona aysberk karami ekiladi. Taxminiy bahosi (1-pachkasida 5000 urug’ bo’ladi.) 380.000-400.000 so’m Vegetatsiya davri – bahor, kuz davrida 60-65 kun, qish davrida esa 65-85 kun. Demak, bir joydan 3-4 marta hosil olish imkoni bor. 3 marta ekilsa 6000 ta aysberkning 5000 tasi sotilsa o’rtacha 2000 so’mdan baxolansa 5000х2000=10.000.000 so’m bo’ladi. Asosiy xarajatlarimiz issiqxona qurishga 10.000.000 so’m politelin klyonka uchun 800.000 so’m( bu politelin klyonkaga 3-yil ishlatishga kafolat beriladi). Bir marta ekishga 200.000 so’mlik urug’ va 100.000 so’mlik o’g’it harajat qilinadi. Jami 11.100.000 so’m – daromad 10.000.000 so’m. Taxminan 1-yil-u 2 oyda issiqxona o’zini to’liq xarajatlarini oqlaydi. Yuqoridagilarni boshqa ekin turida misol qilib, rediska 5х5 tartibda 1 metr kvadratga 400 dona urug’ ekiladi 20% yo’qotadigan bo’lsak ham 320 dona rediska sotiladi; 1 bog’da 7 dona rediska bo’ladi 320:7=45. 1 bog’ rediska 1500-2000 so’m 45х1500=67500. 2so’tix issiqxonaga 200 m2 joydan 20% yurish uchun yo’lak 200-40=160m2 . 160х67500=10.800.000 so’m. Rediska vegitatsiya davri naviga qarab 28-kundan 45-kungacha 1-yilda qish oylarida 65-70 kungacha. Demak 4-martagacha hosil olish imkonini bor. 10.800.000х4=43.200.000. Yuqoridagi o’simliklarga qish oylarida yetishtirish uchun hech qanday issiqlik manbayi kerak emas. O’z vaqtida Turkiya Respublikasi o’z xalqiga kreditga issiqxona qurib bergan. Hozirgi kunda Turkiya mahsulotlari ekspert bo’yicha dunyoda yetakchilaridan biri. Qozog’iston Respublikasi Shimkent shaxrida “ASAR” turar joy kompleksida har bir uyga issiqxona qurib bergan;
    6. Qishloq joylarida qurilgan uylar va yer uchastkalari har bir 50ta xonadonga artizan suv quvurlari o’rnatish va suv bilan ta’minlash masalasini ko’rib chiqish;
    7. Agrar sohada mutaxassislar tayyorlovchi OTMlari va farmatsevtika sohasi bo’yicha ochilayotgan texnikumlarni tamomlaydigan yosh mutaxassislarni ushbu ishlarga jalb etish. Agrar universiteti va texnikumlar yuqori kurs talabalari amaliyotini shu issiqxona klasterlarida o`tashini ta`minlash. Bu yerda ular klaster agronomlari bilan issiqxonada yetishtiriladigan o`simliklar bilan tanishadi, qaysi o’simliklarni qish oylarida ham yetishtirish mumkin va mumkin emasligini o’rganadi. O’zbekiston iqlimi sharoitida yil davomida 300-320 kun harorat “0” dan yuqori bo’ladi. Bu sharoitda ko`katlar, sabzi, karam, daykon, aysberg karami, brokolli, brussel karami, kashnich, salat bargi, rediska va boshqa mahsulotlar yetishtirish mumkin. Klaster agronomlari ekinlarni ekish rejasini to’g’ri tashkil qilishi kerak va yetishtirilgan hosilni o’zini sotib olib bozorlarga yetkazish, eksport qilish hamda qayta ishlash zarur. Dunyo bozorida sifatli quritilgan ko’katlar narxi juda yuqori. Har bir tumanda ko`kat quritish sexlarini ham tashkil qilish maqsadga muvofiq bo`ladi. Bu sexlar yoz oylarida dorivor o`simliklarni va meva sabzavodlarni quritadi. Shunday o`simliklar borki ularni sifati tushib ketmasligi uchun to’g’ridan to’g’ri quyosh nuri bilan quritib bo’lmaydi. Quritish sexida qo’shimcha ishchi o’rinlar tashkil qilish mumkin T.I.I.I.M.C.H professori G.G.UMAROV va F.T. Instituti jamoasi juda ko’p ilmiy olib borganlar;
    8. Agrar sohadagi oliy ma’lumotli mutahassislarni tayyorlovchi OTMlarida talim olayotgan 4-kurs bakalavrlari va magistrlariga, tayanch doktorantlarga bepul bilim berish bilan bir qatorda shu sohada 5-yil ishlab berish shartnomasini tashkil qilish, har bir berilgan taklif yoki ko’rsatgan foydali xizmat uchun mamlakatimizning qishlog’i yoki shahar tumanlarida bo’lmasin uni rahbarligini tashkil qilish. Issiqxonalarda qishdagi asosiy muammo – bu suv taminoti, shuning uchun yer osti suvlaridan foydalanishimizga to’g’ri keladi. Issiqxonalar tomchilatib sug’oriladi. Bunda asosiy e`tibor suv sifatiga qaratilishi kerak. Zamonaviy filtrlardan foydalaniladi chunki “TOMCHILATIB” sug’orishda suv tarkibidagi tuzlar har-xil loy quyqasi shlanklar teshigini yopib qo’yib ishdan chiqarishi mumkin. Filtrlarni O’zbekiston sharoitida ham ishlab chiqarish mumkin;
    9. Agrar universitet yoki texnikumda har oyni o’rtasida yoki oxirida yerga tushungan yerni tilini bilgan ko’zga ko’ringan ota-bobolar haqiqiy dehqon fidoiy insonlar bilan uzil-kesil seminarlar tashkil qilish;
    10. Shular bilan bir qatorda, asalarichilikni rivojlantirish, yana bir muhim masaladir;
    11. Qishloq xo’jalik vazirligi huzuridagi issiqxona klasterini tashkil qilish bilan bir qatorda, har bir viloyatda omborxona, meva va poliz ekinlarini qayta ishlash, ularni saralashni qattiq nazorat qilishni tashkillashtirishni ham taklif qilamiz;
    12. Uskunalarni bir va ikki dona olib kelgan holda namuna sifatida, agar bor bo’lsa ularni Oliy ta’lim yo’nalishida texnik institutlarga topshirgan holda ularni sonini ko’paytirib, texnik institutlarning 4-kurs va 2-kurs magistrlarni ilmiy ish bilan ta’minlash;
    13. Yuqorida ko’rsatilayotgan talabalarni auditoriyaga qamab o’tirishdan voz kechib, balki 4-kursga chiqqandan so’ng, faqat amaliyot bilan ishlash sharoitini yaratish. Institut tugatgandan so’ng yana 2-3 yil institutga biriktirilgan holda ilmiy ish kichkina bo’lsa ham, biron-bir ishni ko’rsatmaguncha qo’liga diplomini tutqazmasdan turib, o’zi yashab turgan hududda yo’nalishiga qarab ish bilan ta’minlash. Yetishtirayotgan hosilning 20-30% bozor talabiga javob bermaydi. Bu hosilni qayta ishlash mumkin. O’zbekiston Respublikasi o’z vaqtida butun sobiq sovet Respublikalari tomat pastasi, ho’l meva, quruq meva va har-xil konserva mahsulotlari bilan ta`minlagan. Konserva zavodlar oldidagi kilometrlab navbatlar esimizda, hozir esa bizdagi ma`lumotlarga ko’ra tomat pastasi Xitoy, Rossiya, hattoki, Braziliya davlatlaridan olib kelib qadoqlanadi:
    14. Biz bilamizki, bularni hammasi oson ish emas, shuning uchun bizni vaqt kutmaydi. Taklif qilayotgan bu ishning tez orada tashkil qilsak, xalqimiz manfaati yo’lida xizmat qilgan bo’lar edik. Xalqqa kredit o’rniga yillab daromad keltiradigan ish tashkil qilgan bo’lar edik:
    15. Agrar universitet va shu sohadagi yangi tashkil etilgan texnikumlar, Qishloq xo’jalik vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent kimyo-texnologiya instituti va farmatsevtik faoliyat bilan shug’ullanuvchi korxonalar birlashgan holda mavsum boshi va tugashi bilan sessiyalar o’tkazishi va qilingan ish to’g’risida bir-biriga hisob berishini yo’lga qo’yish;
    16. To’g’ri urug’, uskuna tanlash, har bir viloyatda iqlim sharoitiga qarab tarqatish va shu bilan bir qatorda to’g’ri tashkil qilish qog’oz va elektron variantda qolib ketmasligi uchun dispetcher-maslahat xizmatlarini tashkil etish lozim;

Yuqoridagilarni to’g’ri tashkil qilsak, o’ylaymizki ozgina bo’lsada xalqimizni bu kambag’allik botqog’idan olib chiqqan bo’lar edik. Yurtboshimiz aytganlaridek, “Davlat byudjeti o’lchovsiz emas, mablag’larni qattiq tejash, belgilangan maqsad uchun va oqilona ishlatishni ta’minlash zarur. Bu – hammaga ravshan va rad etib bo’lmaydigan haqiqat.”

        Mualliflar: Toshkent kimyo-texnoligiya instituti
“Oziq-ovqat sanoati mashina va jihozlari –
mexanika asoslari” kafedrasi o’qituvchilari tomonidan

        Mardanov Nematullo Rasulovich – katta o`qituvchi
Saparov Bobur Jumaboy o’g’li – o`qituvchi yordamchisi
Begmatov Shohrux Ergash o’g’li – o`qituvchi yordamchisi

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »