«OOO TRADE-VV» kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv!

«OOO TRADE-VV» kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv!

Ukrainada joylashgan «OOO TRADE-VV» kompaniyasi oziq-ovqat mahsulotlari bazasini shakllantirgan platformadir. Ushbu korxona import va eksport yo’nalishida ham ancha yillardan buyon faoliyat ko’rsatadi. Korxona Ukrainada 18 dan ortiq tarmoqlar va 1000 dan ortiq do’konlar bilan aloqa o’rnatgan. Boshqa davlatlarga go’sht va go’sht mahsulotlari, yog’, un, shakar, don mahsulotlari importi bilan shug’ullanadi.

O’zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi bilan hamkorlik qilishdan asosiy maqsad ikki davlat o’rtasidagi aloqalarni rivojlantirish hamda xo’l meva va sabzavotlar, quruq mevalar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini Ukrainaga importini ta’minlashdan iborat.

Agar siz yuqorida keltirilgan oziq-ovqat mahsulotlarini Ukrainaga eksport qilishga qiziqsangiz darhol biz bilan bog`laning!

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »