Musulmonlar orasida Ramazon oyi nima uchun muqaddas sanaladi?

Musulmonlar orasida Ramazon oyi nima uchun muqaddas sanaladi?

Ramazon taqvimi

Negaki, Islom dinida aynan shu oyda Alloh Muhammad (s.a.v)ga Qurʼonni vahiy qila boshlagan, deb talqin etiladi. Ushbu oy davomida musulmonlarga roʻza tutish buyurilgan. Ramazon hijriy yil hisobining 9-oyi hisoblanadi.

Kitoblarda yozilishicha, ramazon arablarda islomdan avvalgi 4 muqaddas oydan biri ya’ni dastlab, yoz fasliga toʻgʻri kelgan. Islom dini joriy etilishi arafasida Makkada ramazon oyida yaxshi amallar qilish (tahannus) anʼana boʻlgan. Ramazon oyining 27-kuniga oʻtar kechasi Muhammad (s.a.v)ga Qurʼon nozil qilingan.

Ramazon oyida roʻza tutish hijraning 2-yili joriy etilgan. Ramazon oyining ilk kunini ham yorug’ yuz bilan qarshi olish arafasida turibmiz, beadad shukurlar bo’lsin!

Ro’za turishni niyat qilganlarga Allohning o’zi kuch-quvvat, sabr-u qanoat ato etsin!

🙏 Qalbingizni doimo Islom nuri yoritib tursin, azizlar!

Hurmat bilan O’zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi jamoasi…

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »