O’zbekistondan Ukraina, Belorusiya va Rossiyaga ertapishar karam eksporti ko’payishi mumkin.

Kartoshka va piyoz kabi mahsulotlar bilan bir qatorda ertapishar karam – O’zbekistonda yerdan yig’iladigan yilning birinchi yangi ekinidir. 2021-yilda ertapishar karam mart oyining ikkinchi yarmida mamlakatimizning dehqon bozorlari-yu, supermarketlarida paydo bo’ldi va ko’plab savdo do’konlarida o’tgan yilgi karam hosilining o’rnini bosdi.

2021-yil 16-aprel holatiga ko’ra, ertapishar karam Toshkentdagi supermarketlarda 4500-5000 so’m / kg ($ 0.43-0.48) narxlarida sotilmoqda va narx ikki haftadan beri shu miqdorda saqlanib kelinmoqda.

Ertapishar karamni O’zbekistondan Ukraina, Belorusiya va Rossiyaga eksport qilish hozirda qizg’in sur’atlarda ketmoqda va uning narxi qadoqlash turi (sumka yoki qutilar)ga qarab 0,32 dollar / kg dan 0,43 dollargacha (0,7-1,7 kg kalibrda) baholanmoqda.

Murojaat uchun:
+998997232111
+998712203313

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »