Месяц: Июль 2019

Qishloq Xo‘jaligi Vazirligi bilan uchrashuv

2019-yil 8-iyul kuni O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligida vazirligida “Qandolatchilikni rivojlantirish uyushmasi” raisi M.Umarov xamrohligidagi kelgan Turkiyalik investorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvda O‘zbekistonda organik o‘g‘itlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha investitsiya kiritish loyihasi muhokama qilindi.

Malayziyaning Malakka savdo sanoat palatasi delegatsiyasi bilan uchrashuv

2019-yil 8-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Savdo sanoat palatasining majlislar zalida Malayziyaning Malakka savdo sanoat palatasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvda “Qandolatchilikni rivojlantirish uyushmasi raisi M.Umarov so‘zga chiqib, ishonchli va foydali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Mozori-Sharifda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi

2019-yilning 30-iyun – 1-iyul kunlari Afg‘oniston Mozori-Sharif shahrida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan uy-ro‘zg‘or buyumlari va oziq-ovqat mahsulotlarini ko`rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu ko‘rgazmaning ishtirokchilaridan biri, Qadolatchilikni Rivojlantirish Uyushmasi raisi M.M. Umarov va rais o‘rinbosari B.B. Umirshayxov bo‘lishdi. Shuningdek ko‘rgazmaga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazari N.A. Aripov tashrif buyurdi.

Biz «Sladus products», «Mavis global», «Fayz Foundation», «Class food», «Zebiniso ona» va boshqa qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlarini namoyish qildik.

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »