Месяц: Январь 2021

Prezident farmoni loyihasi keng jamoatchilik muhokamasiga taqdim etish maqsadida anjuman bo’lib o’tdi.

«Yoshlarni qo’llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash» yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to’g’risidagi Prezident farmoni loyihasi keng jamoatchilik muhokamasiga taqdim etish maqsadida anjuman bo’lib o’tdi.

Joriy yilning 26-yanvar kuni «Yuksalish» umumilliy harakati tomonidan biznes hamjamiyati vakillari ishtirokida jamoatchilik muhokamasiga bag’ishlangan seminar tashkil etildi. Seminarda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo’yicha vakili, O’zbekiston eksportchilari uyushmasi a’zolari, O’zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi xodimlari, Tadbirkorlar, Davlat dasturi doirasida islohotlarni amalga oshirishning ustuvor yo’nalishlari yuzasidan o’z taklif va mulohazalarini bildirishdi, hamda Oliy Majlis palatalari, barcha vazirlik va idoralar, xorijiy tashkilotlar ekspertlari, jamoatchilik vakilllarining yuzdan ortiq taklif va fikr-mulohazalari muhokama qilindi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkillashtirilgan seminar tafsiloti.

O’zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi hamda Uzdavkarantin xodimi Xorazm viloyatida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkillashtirilgan seminarda qatnashdi.

Tuman hokimlari, tadbirkorlar, va mahsulotlar yetishtiruvchi mutaxassislar ishtirok etgan seminarda hamma uchun oziq-ovqat xavfsizligi nuqtai-nazaridan va aholining yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanish imkoniyatlari, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishda muhim ahamiyatga ega bo’lgan eksport-import masalalari hamda Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti (FAO) ga aloqador barcha muammolarni yechimlari ko’rib chiqildi.


O‘zbekiston Respublikasi va Saudiya Arabistoni delegatsiyasi o‘rtasida biznes forumi tashkil etildi

Biznes forumdagi ishtirok

Buxoro shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Saudiya Arabistoni delegatsiyasi o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida biznes forum bo’lib o’tdi.

Biznes forumda iqtisodiyotning neft-gaz, kimyo, farmatsevtika, sog‘liqni saqlash, qurilish, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, mehmonxona, axborot-texnologiyalar va savdo tarmoqlari vakillari ishtirok etdi.

Saudiya Аrabistoni Investitsyalar vaziri Khalid Аl-Falih boshchiligidagi delegatsiyaning Buhoro shahrida bo’lgan biznes forum uchrashuvi yakunlandi.

Mazkur uchrashuvda “B2B” muzokaralarni samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek forumga taklif etilgan ikki mamlakat tadbirkorlari oʼrtasida hamkorlik kelishuvlariga erishildi va forum doirasida turli muzokaralar oʼtkazildi. Biznes forumga O’zbekiston eksportchilari uyushmasi raisi Muxtor Umarov hamda O’zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi Bahodir Umirshayxov Uzdavkarantin xodimi Muslimbek Xalilov qatnashishdi.

Germaniyaning Xalqaro Hamkorlik Jamiyati (GIZ) GmbH bilan oziq-ovqat sohasida mutaxassis kadrlarni tayyorlash bo’yicha memorandum imzolandi!

Germaniya Xalqaro Hamkorlik jamiyati (GIZ) GmbH O’zbekistonda iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot Federal vazirligi (BMZ), shuningdek, tashqi va ichki ishlar vazirligi kabi boshqa federal idoralar buyurtmasi bo’yicha loyihalarni amalga oshirmoqda. O’zbekistonda GIZ Davlat byurosi 1992-yildan boshlab Toshkentda faoliyat yuritadi. Filiallari Andijon, Surxondaryo viloyatlari hamda Qoraqalpog`iston Respublikasida joylashgan.

Xalqaro hamkorlik doirasida GIZ iqtisodiyot, sog’liqni saqlash, ta’lim, tabiiy resurslarni muhofaza qilish, shuningdek, ijtimoiy va madaniy integratsiyalarni rivojlantirish sohasidagi islohotlarni qo’llab-quvvatlaydi. O’zbekiston-Germaniya hamkorligining asosiy nuqtasi barqaror iqtisodiy rivojlanishga ko’maklashish va sog’liqni saqlash sohasidir. Bundan tashqari, xususiy iqtisodiyotni rivojlantirish orqali iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish va agrar sektorni takomillashtirshni o`z oldiga maqsad qilgan.

Bugungi uchrashuvda O`zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi Germaniya Xalqaro Hamkorlik jamiyati (GIZ) GmbH bilan yangi ish o’rinlarini yaratish, yurtimiz hududlarida mutaxassislar malakasini oshirish va ta’lim dasturlari orqali yetuk kadrlar yetkazib berish masalalari muhokama qilindi.

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »