Месяц: Февраль 2021

Penza hududining O’rta Osiyo, Afrika, Sharqiy Yevropa bozorlari bilan aloqalari to’grisida zoom yig’ilishi tashkil etildi!

Yig’ilish davomida Penzadagi eksportni qo’llab-quvvatlash markazi rahbari, «Delovaya Rossiya»ning Samara vakolatxonasi raisi, «Delovaya Rossiya»ning Efiopiya xalq-demokratik Respublikasi biznes elchisi, O’zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi, «Delovaya Rossiya»ning Vengriyadagi biznes elchisi hamda O’zbekistondagi vakili eksportni takomillashtirish to’g’risida nutq so’zladilar.

Bundan tashqari, Penzadagi eksport qiluvchi tadbirkorlarni O’zbekiston bozorlari bilan tanishtirish, sifatli va xavfsiz savdo tizimini ishlab chiqish va O’rta Osiyo, Afrika, Sharqiy Yevropa davlatlarida amalga oshirish to’g’risida ham bahs-munozaralar olib borildi. O’zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi yig’ilish qatnashuvchilarini uyushma faoliyati, oziq-ovqat xavfsizligi bo’yicha qilinayotgan ishlar va kelajakdagi rejalar bilan tanishtirib o’tdi.

O’zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi O’zbekiston Respublikasi Innovatsion Rivojlanish Vazirligi tomonidan tashkillashtirilgan forumda!

O’zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi O’zbekiston Respublikasi Innovatsion Rivojlanish Vazirligi tomonidan tashkillashtirilgan forumda!

Forumda ilmiy tadqiqot institutlari tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy lohiyahalar tasdiqlandi. Ushbu loyihalarga investitsiya ajratilishi ta’kidlab o’tildi. Saralab olingan 60 ga yaqin loyihalar ko’rib chiqilib, ulardan 31 tasi bilan forum davomida shartnoma imzolandi.

Jumladan, tibbiyot, oziq-ovqat, qishloq xo’jaligi sohalarida — dorivor o’simliklarni yetishtirish, muhandislik qurilish institutini tashkil qilish, va boshqa loyihalar ko’rib chiqildi.

«OOO TRADE-VV» kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv!

Ukrainada joylashgan «OOO TRADE-VV» kompaniyasi oziq-ovqat mahsulotlari bazasini shakllantirgan platformadir. Ushbu korxona import va eksport yo’nalishida ham ancha yillardan buyon faoliyat ko’rsatadi. Korxona Ukrainada 18 dan ortiq tarmoqlar va 1000 dan ortiq do’konlar bilan aloqa o’rnatgan. Boshqa davlatlarga go’sht va go’sht mahsulotlari, yog’, un, shakar, don mahsulotlari importi bilan shug’ullanadi.

O’zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi bilan hamkorlik qilishdan asosiy maqsad ikki davlat o’rtasidagi aloqalarni rivojlantirish hamda xo’l meva va sabzavotlar, quruq mevalar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini Ukrainaga importini ta’minlashdan iborat.

Agar siz yuqorida keltirilgan oziq-ovqat mahsulotlarini Ukrainaga eksport qilishga qiziqsangiz darhol biz bilan bog`laning!

O’zbekiston Respublikasi aholisini kambag’allikdan chiqarish bo’yicha oliy ta’lim tizimida amalga oshirilishi zarur bo’lgan ishlar bo’yicha takliflar

Biz bilamizki, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev kecha-yu kunduz bosh qotirib xalqimizni — kambag’allikdan chiqarish yo’llarini izlayotgan bir vaqtlarida biz ham prezidentimiz qanoti ostida ozgina beminnat xizmat qilsak va mana shu xizmatimiz orqali O’zbekiston xalqiga o’z hissamizni qo’shishni istaymiz. Biz ushbu takliflar, fikrlar va rejalarimizni shu yo’nalishga tegishli bo’lgan olim va mansabdor xodimlar bilan va mehnat faxriylari bilan maslahatlashgan holda tayyorladik.  

TAKLIFLAR:

  •  
    1. Har bir viloyat kesimida agrar sohadagi ishlab chiqarish yo’nalishlari bo’yicha texnikumlar tashkil qilish va har bir tashkil etilgan texnikum qoshida dunyo standartlariga raqobatlashadigan ilmiy – ishlab chiqarish laboratoriyalari yoki texnoparklar tashkil qilish. Agrar universitet va tashkil etilgan o’rta talim muassasada issiqxona agronomi fakultetlarini tashkil qilish;
    2. Qishloq va tuman markazlariga, maktablar bilan texnikumlarda tashkil etiladigan laboratoriyadan maktab ta’limi jarayonida maxsus kurslar tashkil etish orqali samarali foydalanishni tashkil qilish. Laboratoriya yerning unumdorligi, kimyoviy tarkibi, qaysi o’g’itlarga talab borligini aniqlash imkonini beradigan jihozlar bilan ta`minlangan bo’lishi kerak. Yuqoridagilarni bajara oladigan tuproqshunos laborantlar agronomlarni universitet va o’rta talim muassasalar tayyorlab berishi kerak;
    3. Har bir viloyatni iqlimini, yerlarning meleorativ ahvoli va hosildorligini o’rganish va yer unumdorligini aniqlash hamda qanday turdagi qishloq xo’jaligi ekinlarini yetishtirish bo’yicha tavsiyalar berish. Muhandis va texnologlar tayyorlovchi bitiruvchi kurslarda ta’lim olayotgan 4-kurs bakalavr va 2-kurs magistrlarni ushbu yo’nalishga jalb qilish;
    4. Qishloq joylarda issiqxonalar tashkil etish va issiqxonada xizmat qiladigan xodimlar, ayollar, kelin va opa-singillarga mehnat daftarchasini yuritishni yo’lga qo’yish. Misol uchun, Surxandaryo viloyatida yil davomida ko’katlar yetishtirish imkoni bor (ukrob, petrushka, aysberk karami, daykon, brokli, brussel karami) va boshqalar. Hozirgi kunda bu o’simliklarga ichki bozorda ham talab o’sib bormoqda va eksport qilish mumkin;
    5. Issiqxonadan qanday foydalanish, nima ekish qanday hosil olishni nazorat qilish. Agrar sohada mutaxassislarni tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari va davlat yoki xususiy farmatsevtik korxonalariga bo`lib berish. O’rtacha xisobda 2so’tix issiqxona uchun 10.000000 so’m kerak bo’ladi 18-20 kg selofan paket 40.0000 so’mdan o’rtacha 80.0000 so’m 2so’tix yerda 2000 dona aysberk karami ekiladi. Taxminiy bahosi (1-pachkasida 5000 urug’ bo’ladi.) 380.000-400.000 so’m Vegetatsiya davri – bahor, kuz davrida 60-65 kun, qish davrida esa 65-85 kun. Demak, bir joydan 3-4 marta hosil olish imkoni bor. 3 marta ekilsa 6000 ta aysberkning 5000 tasi sotilsa o’rtacha 2000 so’mdan baxolansa 5000х2000=10.000.000 so’m bo’ladi. Asosiy xarajatlarimiz issiqxona qurishga 10.000.000 so’m politelin klyonka uchun 800.000 so’m( bu politelin klyonkaga 3-yil ishlatishga kafolat beriladi). Bir marta ekishga 200.000 so’mlik urug’ va 100.000 so’mlik o’g’it harajat qilinadi. Jami 11.100.000 so’m – daromad 10.000.000 so’m. Taxminan 1-yil-u 2 oyda issiqxona o’zini to’liq xarajatlarini oqlaydi. Yuqoridagilarni boshqa ekin turida misol qilib, rediska 5х5 tartibda 1 metr kvadratga 400 dona urug’ ekiladi 20% yo’qotadigan bo’lsak ham 320 dona rediska sotiladi; 1 bog’da 7 dona rediska bo’ladi 320:7=45. 1 bog’ rediska 1500-2000 so’m 45х1500=67500. 2so’tix issiqxonaga 200 m2 joydan 20% yurish uchun yo’lak 200-40=160m2 . 160х67500=10.800.000 so’m. Rediska vegitatsiya davri naviga qarab 28-kundan 45-kungacha 1-yilda qish oylarida 65-70 kungacha. Demak 4-martagacha hosil olish imkonini bor. 10.800.000х4=43.200.000. Yuqoridagi o’simliklarga qish oylarida yetishtirish uchun hech qanday issiqlik manbayi kerak emas. O’z vaqtida Turkiya Respublikasi o’z xalqiga kreditga issiqxona qurib bergan. Hozirgi kunda Turkiya mahsulotlari ekspert bo’yicha dunyoda yetakchilaridan biri. Qozog’iston Respublikasi Shimkent shaxrida “ASAR” turar joy kompleksida har bir uyga issiqxona qurib bergan;
    6. Qishloq joylarida qurilgan uylar va yer uchastkalari har bir 50ta xonadonga artizan suv quvurlari o’rnatish va suv bilan ta’minlash masalasini ko’rib chiqish;
    7. Agrar sohada mutaxassislar tayyorlovchi OTMlari va farmatsevtika sohasi bo’yicha ochilayotgan texnikumlarni tamomlaydigan yosh mutaxassislarni ushbu ishlarga jalb etish. Agrar universiteti va texnikumlar yuqori kurs talabalari amaliyotini shu issiqxona klasterlarida o`tashini ta`minlash. Bu yerda ular klaster agronomlari bilan issiqxonada yetishtiriladigan o`simliklar bilan tanishadi, qaysi o’simliklarni qish oylarida ham yetishtirish mumkin va mumkin emasligini o’rganadi. O’zbekiston iqlimi sharoitida yil davomida 300-320 kun harorat “0” dan yuqori bo’ladi. Bu sharoitda ko`katlar, sabzi, karam, daykon, aysberg karami, brokolli, brussel karami, kashnich, salat bargi, rediska va boshqa mahsulotlar yetishtirish mumkin. Klaster agronomlari ekinlarni ekish rejasini to’g’ri tashkil qilishi kerak va yetishtirilgan hosilni o’zini sotib olib bozorlarga yetkazish, eksport qilish hamda qayta ishlash zarur. Dunyo bozorida sifatli quritilgan ko’katlar narxi juda yuqori. Har bir tumanda ko`kat quritish sexlarini ham tashkil qilish maqsadga muvofiq bo`ladi. Bu sexlar yoz oylarida dorivor o`simliklarni va meva sabzavodlarni quritadi. Shunday o`simliklar borki ularni sifati tushib ketmasligi uchun to’g’ridan to’g’ri quyosh nuri bilan quritib bo’lmaydi. Quritish sexida qo’shimcha ishchi o’rinlar tashkil qilish mumkin T.I.I.I.M.C.H professori G.G.UMAROV va F.T. Instituti jamoasi juda ko’p ilmiy olib borganlar;
    8. Agrar sohadagi oliy ma’lumotli mutahassislarni tayyorlovchi OTMlarida talim olayotgan 4-kurs bakalavrlari va magistrlariga, tayanch doktorantlarga bepul bilim berish bilan bir qatorda shu sohada 5-yil ishlab berish shartnomasini tashkil qilish, har bir berilgan taklif yoki ko’rsatgan foydali xizmat uchun mamlakatimizning qishlog’i yoki shahar tumanlarida bo’lmasin uni rahbarligini tashkil qilish. Issiqxonalarda qishdagi asosiy muammo – bu suv taminoti, shuning uchun yer osti suvlaridan foydalanishimizga to’g’ri keladi. Issiqxonalar tomchilatib sug’oriladi. Bunda asosiy e`tibor suv sifatiga qaratilishi kerak. Zamonaviy filtrlardan foydalaniladi chunki “TOMCHILATIB” sug’orishda suv tarkibidagi tuzlar har-xil loy quyqasi shlanklar teshigini yopib qo’yib ishdan chiqarishi mumkin. Filtrlarni O’zbekiston sharoitida ham ishlab chiqarish mumkin;
    9. Agrar universitet yoki texnikumda har oyni o’rtasida yoki oxirida yerga tushungan yerni tilini bilgan ko’zga ko’ringan ota-bobolar haqiqiy dehqon fidoiy insonlar bilan uzil-kesil seminarlar tashkil qilish;
    10. Shular bilan bir qatorda, asalarichilikni rivojlantirish, yana bir muhim masaladir;
    11. Qishloq xo’jalik vazirligi huzuridagi issiqxona klasterini tashkil qilish bilan bir qatorda, har bir viloyatda omborxona, meva va poliz ekinlarini qayta ishlash, ularni saralashni qattiq nazorat qilishni tashkillashtirishni ham taklif qilamiz;
    12. Uskunalarni bir va ikki dona olib kelgan holda namuna sifatida, agar bor bo’lsa ularni Oliy ta’lim yo’nalishida texnik institutlarga topshirgan holda ularni sonini ko’paytirib, texnik institutlarning 4-kurs va 2-kurs magistrlarni ilmiy ish bilan ta’minlash;
    13. Yuqorida ko’rsatilayotgan talabalarni auditoriyaga qamab o’tirishdan voz kechib, balki 4-kursga chiqqandan so’ng, faqat amaliyot bilan ishlash sharoitini yaratish. Institut tugatgandan so’ng yana 2-3 yil institutga biriktirilgan holda ilmiy ish kichkina bo’lsa ham, biron-bir ishni ko’rsatmaguncha qo’liga diplomini tutqazmasdan turib, o’zi yashab turgan hududda yo’nalishiga qarab ish bilan ta’minlash. Yetishtirayotgan hosilning 20-30% bozor talabiga javob bermaydi. Bu hosilni qayta ishlash mumkin. O’zbekiston Respublikasi o’z vaqtida butun sobiq sovet Respublikalari tomat pastasi, ho’l meva, quruq meva va har-xil konserva mahsulotlari bilan ta`minlagan. Konserva zavodlar oldidagi kilometrlab navbatlar esimizda, hozir esa bizdagi ma`lumotlarga ko’ra tomat pastasi Xitoy, Rossiya, hattoki, Braziliya davlatlaridan olib kelib qadoqlanadi:
    14. Biz bilamizki, bularni hammasi oson ish emas, shuning uchun bizni vaqt kutmaydi. Taklif qilayotgan bu ishning tez orada tashkil qilsak, xalqimiz manfaati yo’lida xizmat qilgan bo’lar edik. Xalqqa kredit o’rniga yillab daromad keltiradigan ish tashkil qilgan bo’lar edik:
    15. Agrar universitet va shu sohadagi yangi tashkil etilgan texnikumlar, Qishloq xo’jalik vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent kimyo-texnologiya instituti va farmatsevtik faoliyat bilan shug’ullanuvchi korxonalar birlashgan holda mavsum boshi va tugashi bilan sessiyalar o’tkazishi va qilingan ish to’g’risida bir-biriga hisob berishini yo’lga qo’yish;
    16. To’g’ri urug’, uskuna tanlash, har bir viloyatda iqlim sharoitiga qarab tarqatish va shu bilan bir qatorda to’g’ri tashkil qilish qog’oz va elektron variantda qolib ketmasligi uchun dispetcher-maslahat xizmatlarini tashkil etish lozim;

Yuqoridagilarni to’g’ri tashkil qilsak, o’ylaymizki ozgina bo’lsada xalqimizni bu kambag’allik botqog’idan olib chiqqan bo’lar edik. Yurtboshimiz aytganlaridek, “Davlat byudjeti o’lchovsiz emas, mablag’larni qattiq tejash, belgilangan maqsad uchun va oqilona ishlatishni ta’minlash zarur. Bu – hammaga ravshan va rad etib bo’lmaydigan haqiqat.”

        Mualliflar: Toshkent kimyo-texnoligiya instituti
“Oziq-ovqat sanoati mashina va jihozlari –
mexanika asoslari” kafedrasi o’qituvchilari tomonidan

        Mardanov Nematullo Rasulovich – katta o`qituvchi
Saparov Bobur Jumaboy o’g’li – o`qituvchi yordamchisi
Begmatov Shohrux Ergash o’g’li – o`qituvchi yordamchisi

«Association for Food Businesses» (ASORPS), «Business Russia», «Azia Invest», «JSC Russian Railway Logistics», «DALREFTRANS» vakillari bilan uchrashuv!

O’zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi Rossiya Federatsiyasidan tashrif buyurgan «ASORPS» bilan birgalikda «Business Russia» (Delovaya Rossiya) biznes vakillari bilan hamkorlik qilish masalalarida suhbat olib bordi.

Uchrashuv davomida O’zbekiston-Rossiya eksport va importdagi muammolar, oziq-ovqat, qishloq xo’jaligi, logistika sohalarini rivojlantirish hamda o’zaro aloqalar o’rnatish xususida so’z yuritildi. «ASORPS» tashkiloti bilan memorandum imzolash shartlari ham ko’rib chiqildi.

Oziq-ovqat sanoatiga doir barcha yangiliklardan xabardor bo’lish uchun uyushma guruhiga a’zo bo’lish tavsiya etiladi:
@UFIAgr

Murojaat uchun:
+998997232111
@ufia_uz

Tadbirkorlar Exim Expo savdo platformasida mahsulotlarini joylashtirishlari mumkin!

Exim Expo savdo platformasi 2013-yildan buyon biznes tadbirlarni tashkillashtirish va B2B uchrashuvlarini o’tkazish bilan shug’ullanadi.

Tadbirkorlar ushbu platformada ro’yhatdan o’tgandan so’ng, MDH davlatlaridan partnerlar topish imkoniga ega bo’ladilar.

Ushbu platforma orqali siz:

  • onlayn platformada o’z kabinetingizga ega bo’lasiz;
  • onlayn stend joylashtira olasiz;
  • B2B uchrashuvlarni amalga oshirish uchun uchrashuvlar belgilay olasiz;
  • mahsulotingizni xarid qiluvchilar bilan muloqot olib bora olasiz;
  • stendga 20 xildagi mahsulotni joylashtirish imkoni;
  • kabinetga 1ta korxonadan 5 kishi kirishi uchun ruxsat;
  • texnik muammolarda yordam;
  • Stendingizni qancha xaridor kuzatganligi to’grisidagi statistika.

Murojaat uchun:
+998997232111

Tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchilar diqqatiga!

Tadbirkorlar kredit olish jarayonida qiyinchiliklarga duch kelganda O’zbekiston Respublikasi Tadbirkorlik faoliyatini qo’llab quvvatlash Davlat jamg’armasiga murojaat qilishlari mumkin. Jamg’arma kafillik hamda kompensatsiya xizmatlarini taklif qiladi.

Kafillik bu — qarz oluvchining tijorat banki oldidagi o’z majburiyatlarini bajarishi uchun javob berish mas’uliyatini tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash davlat jamg’armasiga (jamg’arma) yuklaydigan kafillik shartnomasi.

Jamg’arma tijorat banklarining kreditlari bo’yicha kredit summasining 50 foizigacha (50 foizi ham shu jumlaga kiradi) miqdorda, biroq 8 milliard so’mdan ortiq bo’lmagan miqdorda kafilliklar taqdim etadi.

Kafillik berilganligi uchun jamg’armaga qarz oluvchi tomonidan milliy valyutada kafillik summasining bir foizi miqdorida bir martalik vositachilik haqini to’laydi.

Kompensatsiya bu — tadbirkorlik sub’ektlariga tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar bo’yicha kredit foiz stavkasining bir qismini qoplashdir.

Kompensasiya va kafillik xizmatlari quyidagi maqsadlardan tashqari barcha yo’nalishlarga beriladi:
❌ Ilgari olingan kreditlarni yoki istalgan boshqa qarzdorlikni qaytarish;
❌ Alkogolli va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish;
❌ Savdo-vositachilik tashkilotlari va umumiy ovqatlanish korxonalarining aylanma mablag’larini shakllantirish;
❌ Savdo ob’ektlari va umumiy ovqatlanish ob’ektlari qurilishini moliyalashtirish;
❌ Bankdan tashqari kredit tashkilotlari va lizing kompaniyalarining resurs bazasini shakllantirish;
❌ Tavakkalchilikka asoslangan qimor va boshqa o’yinlarni tashkil etish hamda shu maqsadlar uchun uskunalarni xarid qilish.

Oziq ovqat sanoati

Dunyoning xar bir mamlakati o‘zining saloxiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqqan xolda o‘z xalqini turli tuman xildagi va assortimentdagi oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqaradi va taʼminlaydi.O‘zbekistonda xam qadim-qadimdan zamon va makon talablaridan kelib chiqqan xolda oziq-ovqat maxsulotlari ishlab chiqarilgan xamda xalqimizga uning isteʼmoli uchun tuxfa qilingan.

    Oziq-ovqat maxsulotlari xillari va asartimentlarini tayorlashda va isteʼmolga yo‘naltirishda asosiy xom-ashyo va resurslar bazasi qishloq xo‘jaligida yetishtiriladigan turli xil o‘simlik va xayvon xom-ashyolari va resurslari xisoblanadi.

Keyingi yillarda jaxonda shu qatori O‘zbekistonda xam oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqarish va uning sifati va xavfsizligiga katta axamiyat berilmoqda.Bu borada dunyodagi nufuzli ilmiy-tadqiqot institutlarini labaratoriyalarida xamma oliy taʼlim tasarrufidagi kafedralarni professor-o‘qituvchilari tomonidan xar-xil yo‘nalishdagi ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha nazariy va amaliy ishlar bajarilmoqda. Olingan ijobiy natijalar xalq xo‘jaligida ishlab chiqarishga yo‘naltirilmoqda.

    Oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan o‘simlik (qishloq xo‘jaligi yerlarida yetishtirilgan yoki tabiatda o‘sadigan o‘simliklar va xayvonot organizmlaridan tayyorlangan xom-ashyo va resurslari xamda kimyoviy sintez orqali olingan o‘simlik xayvonot xom-ashyolaridan va minerallardan olinadigan kimyoviy moddalarni analoglari ( o‘xshashliklari ) xisoblanadi.

     Bulardan tashqari oziq-ovqat maxsulotlarini tayyorlashda foydalaniladigan resurslarga suv xayvonlari , suv o‘tlari , mikroorganizmlar (achitqilar, mikroorganizmlar, fermentlar) foydalaniladi.

     Oziq-ovqat maxsulotlari klassifikatsiyasi bo‘yicha quyidagi guruxlarga bo‘linadi va xalq xo‘jaligida maxsus talablar asosida ishlab chiqariladi.

1.        Don, un, non, makaron maxsulotlari;

2.       Meva va sabzavot maxsulotlari;

3.        Qandolat maxsulotlari;

4.       Maza beruvchi maxsulotlar;

5.       Go‘sht va go‘sht maxsulotlari;

6.       Baliq va baliq maxsulotlari;

7.       Sut va sut maxsulotlari;

8.       Oziq-ovqat yog‘lari;

9.       Tuxum va tuxum maxsulotlari;

       Bu maxsulotlarni tayyoorlashda qishloq xo‘jaliklarida yetishtirilgan xom-ashyo resurslariga, ularni tayyorlashga, saqlashga, jo‘natishga, qabul qilib olishga, kalibrlashga, joylashga, va boshqa talablarga qo‘yiladigan standart-normativ davlat tashkilotlari tomonidan reyestrga kiritilgan va tasdiqlangan xujjatlar bo‘yicha xom-ashyolarni sifati va xavfsizligini tasdiqlovchi muvofiqlik va sanitar-gigiyenik sertifikatlarni talablari bo‘yicha qabul qilinadi va ularni ishlab chiqarishga yo‘naltiriladi.

     Bu ishlarni bajarishda qishloq xo‘jalik universitetini va institutini tamomlagan shu soxaga ixtisoslashga oliy maʼlumotli agranom mutaxasislar maʼsul xisoblanadi.

    Keyingi etap oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqarish. Oziq-ovqat maxsulotlarini klasifikatsiya bo‘yicha ular asosan 9 guruxga bo‘lingan. Xar bir guruxga oid oziq-ovqat maxsulotlarini tayyorlash uchun shu soxani bitirgan injener mutaxasislar masʼul bo‘ladi. Soxa mutaxasislari shu yo‘nalishda bo‘ladigan texnologik ishlarni bajaruvchi asbob , uskuna va mexanizmlarni ishlash usullarini, texnik talablarini, sozlash, ulardan unumli foydalanish va tayyorlanadigan maxsulotlarni davlat tomonidan tasdiqlangan normativ-mexanik talablarga mosligini taʼminlash bo‘yicha ishlab chiqarilgan tovarga masʼul xisoblanadilar. Ular ishlab chiqarilgan tovarlarni sifati va xavfsizliktalablari bo‘yicha, saqlash va tashish davridagi uni joylash, (upakovka) , saqlash (xroneniya) va isteʼmolchiga yetkazib berishdagi talablarga maʼsul bo‘ladilar.

O‘zbekistonda bu soxa mutaxasislarni tayyorlovchi oliy dargox Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Buxoro kimyo-texnika instituti va Forg‘ona politexnika instituti “Oziq-ovqat maxsulotlari texnologiyasi”fakultetlari va kafedrasi. Lekin bu oliygoxlarda yuqorida keltirilgan klassifikatiyadagi mutaxasisliklarni faqat baʼzilari tayyorlanadi.(menimchya don, meva, o‘simlik moylari va ichimliklar bo‘yicha mutaxasislar tayyorlanadi, qolgan mutaxasisliklarni men yaxshi bilmayman!

        Oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqaruvchi tashkilotlar ularni isteʼmolchilarga yo‘llashlari ishlab chiqarilgan maxsulotlarni assortiment guruxlari va navlari bo‘yicha davlat tomonidan reyestrga kirgazilgan va tasdiqlangan normativ-texnik standart talablarga mosligi bo‘yicha labaratoriyalarida fizik-kimyoviy va organolentik tekshiruvlarini o‘tkazib, ularni sertifikatlarini taqdim etish lozim. O‘zbekiston Respublikasi Qonun xujjatlarida xar bir isteʼmolchi xarid qilinayotgan tovarlarni sifati va xavfsizligi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni bilishlari lozimligi O‘zbekiston Respublikasini “Isteʼmolchilarni xuquqlarni ximoya qilish “ Qonunida takidlanganidek xar bir isteʼmolchi sifatli tovarlar va maxsulotlar bilan taʼminlanishi zarur. Xar qanday tovarlar guruxlari bo‘yicha standart talablari asosida markirovkalanadi (ishlab chiqarilgan vaqti va saqlash muddati ), shartli belgilar, shtrix kodlar, ishlab chiqarilgan tashkilotni rekvizitlari tashish usullari, shartalari va ishlab chiqarilgan tashkilot isteʼmolchilar oldidagi majburiyatlari (brak yoki sifatsiz maxsulotni xarid qilganlarga summasi qaytariladi yoki tovarni almashtiriladi va hokazolar).

  Oziq-ovqat tovarlari tovarshunosligi fanini nazariy va amaliy fan bo‘lgani uchun ijtimoiy, tabiiy, iqtisodiy, texnik fanlar bilan uzviy ravishda bog‘langan. Tovarlarni taxlil qilishda iqtisodiyot fani “tovar ishlab chiqarish”, “tovarni isteʼmol qiymati”, “tovarga bo‘lgan talab va taklif”, “savdoni xuquqiy va moliyaviy normalari xaqidagi normativ standart va qiymatni shakllanishi to‘g‘risidagi tushunchalarni ijtimoiy mag‘zini ochib beradi”. Oziq-ovqat tovarlarini isteʼmol qiymatiga baxo berishda matematika, kimyo, fizika, biologiya, meditsina, mikrobiologiya, texnik iqtisodiy axborotlar, kompyuter texnikasi va texnologiyasi, savdoda maxsulot sifatini kompleks boshqarish tizimini tashkil etish. Tovarlarni isteʼmol qiymatini o‘lchash mumkin, u baholanadi hamda davr va makon talablariga ko‘ra yangi texnika va texnologiyalarni bunyod etishiga ko‘ra doimo yangilanib, rivojlanib boradi hamda yuqori darajali isteʼmol qiymatga ega bo‘lgan xolda ishlab chiqariladi.

       Oziq-ovqat tovalari tovarshunosligi fani va uning nazariy va amaliy xususiyatlari tovarlarni isteʼmol xususiyatlarni o‘rganish, uni sifati va bahosini belgilovchi omillarni yaʼni xom-ashyo, standartlari va sertifikatlari, tayyorlash texnologiyasi, tovarlar klassifikatsiyasi, turi, navi, upakovkasi, tovar rekvezitlari, ishlab chiqarilgan va saqlash muddati, ishlab chiqarilgan tashkilotni adresi, telefoni ko‘rsatilishi lozim.

        Tovar ishlab chiqarishga sarflanadigan ishchi kuchi qiymati xar bir tovarning normal sharoitda sifatli tovar ishlab chiqarish uchun lozim bo‘lgan ish vaqti bilan bellilanadi. Ishlab chiqarilgan tovarni sifati uni isteʼmol qiymatini belgilaydi. Maxsulotning isteʼmol qiymati ishlab chiqarilgan maxsulot miqdorini ko‘paytirish bilan emas,balki uning sifatini yaxshilash oqibatida ortadi.Tovarlarni sifati ularni talab darajasi shartida isteʼmol qilinsa yoki ishlatilsa isteʼchilarni extiyojlarini qondira olish qobiliyati darajasini ifodalaydi.Mavsumiy tovarlar o‘z mavsumida isteʼmol qilinmasa,o‘z funksiyalarini bajara olmasligi mumkin.

1.       Oziq-ovqat tavarshunosligini asoslari

2.       Oziq-ovqat sanoati va umumiy ovqatlanish korxonalarida oziq-ovqat maxsulotlari, masalliqlar, tayyor taomlar va yarimfabrikalar tayyorlash yordamida (qaynatish, qo‘vurish, dimlash) taomlar tasyozlashda bo‘ladigan o‘zgarishlar.

      Umumiy ovqatlanish (uy sharoitida , oshxona, kafe, reseoranlar va jamoat joylarida , sayillarda va boshqalar) ni asosiy maqsadi axolini (isteʼmolchilarni)yuqori sifatli , turli xil assortimentdagi pishiririlgan tayyoor taomlar va yarimfabrikalar bilan taʼminlash.

      Buning uchun isteʼmolchilarga turli assortimentdagi taom tayyorlashni turli usullari yordamida ovqatlar strukturasi va sifatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlari umumiy ovqatlanish korxonalariga katta masʼuliyat va ishlab chiqarilgan korxonalari orasida yuqori raqobatdoshlikni talab etadi.

     Tayyorlanadigan taomlarning turlari va ularni retseplarida foydalaniladigan masalliqlarni  xillari va miqdori , tayyor taomning sof og‘irligi va isteʼmolchi bu taomni isteʼmol qilganda uni organizmi oladigan quvvati (kolloriya) katta axamiyatga ega.

     Ovqat qaayerda tayyorlanishidan qatʼiy nazar talabga isteʼmolchilar talablarini qondirish uchun ovqat tayyorlovchi pazanda sifatli, lazzatli xilma-xil taomlarni moxirlik bilan pishira bilishlari xamda pazandalik sanʼatinig eng moxir uslublarini namoyish etishlari lozim.

Dunyodagi xar bir xalqni taomlarining xillari, ularni tayyorlash texnologiyasi o‘ziga bo‘lib , ularning barchasi xushxo‘r va lazzatli bo‘ladi. Turli xalqlarning taomlari va uni tayyorlash texnologiyasi bilan tanishish,kerak bo‘lsa undan o‘z maxoratini oshirishda foydalanish, o‘zimiz unga yangi ko‘rinish va mazasini o‘zgartirishimiz xam mumkin.

      Aʼlo sifatli ovqatlar tayyorlab nozik didli isteʼmolchilarni talabini qondirish uchun yuqori pazandalik sanʼati maxoratiga va oshpazlik ko‘nikmasiga ega bo‘lishlik talab etiladi.

      Turli tuman sifatli taom tayyorlash uchun turli tuman sifatli masalliqlarni bo‘lishi talab etiladi. Oziq-ovqat maxsulotlarini tayyorlashda foydalaniladigan masalliqlar -tovarlarni yetishtirish, ko‘paytirish, tayyorlashqishloq xo‘jaligi bilan chambarchas bog‘liqdir. Bunda o‘simlikshunoslik va chorvachilikni va u bilan bog‘liq bo‘lgan sanoat tarmoqlarini roli nixoyatda katta. Oziq-ovqat maxsulotlari sifati asosan xom-ashyoga, qayta ishlash texnologiyasiga, maxsulot tarkibidagi kimyoviy moddalarni sifat va miqdor ko‘rsatgichlariga, saqlash, o‘rash-joylash va tashish shartlariga bog‘liq. Foydalaniladigan xom-ashyoko‘pincha tayyorlangan maxsulotlarni fizik-kimyoviy va lazzatli xususiyatlarini belgilab beradi.Bulardan tashqari  sifatsiz xom-ashyo maxsulotda bir qancha nuqsonlarni paydo bo‘lishiga sababchi bo‘ladi(ko‘karib kapan bug‘doy donidan olingan undan sifatli non tayyorlab bo‘lmaydi va x.k.). Ovqat tayyorlashda ishlatiladigan masalliqlarni (maxsulotlarni) tarkibi xususiyatlari va sifat ko‘rsatgichlari ularni o‘stiradigan va yetishtiriladigan sharoitlarga bog‘liq. Ovqat tayyorlashda ratsepturani va texnalagik talablarni buzishi tayyorlangan ovqatni sifatini ancha o‘zgartirishiga yoki uni saqlash vaqtida buzilishiga xam sabab bo‘lishi mumkin.

Shuning uchun oshpaz masalliqlarda bo‘ladigan ayrim nuqson va kamchiliklar oldini olish uchun foydalaniladigan maxsulotlarning xususiyatlarini xamda nuqsonlarni xosil qiluvchi sabablarini xam bilishi lozim.Tayyorlangan ovqatning oziqalik qiymati ishlatilgan masalliqlarning (xom-ashyo) kimyoviy tarkibiga va kishi organizmida o‘zlashtirish darajasiga bo‘g‘liqdir.Ovqat inson organizmida ro‘y beradigan xayot protsesslari uchun zarur bo‘lgan issiqlik energiyaga bo‘lgan extiyojlarini(oqil, yog‘ va uglevodlar) qondira olishi zarur.Shu bilan bir vaqtda inson tana to‘qimalarini tiklash uchun manba (suv, mineral va organik moddalar,fermentlar va boshqalar) xamda inson tanasida yuz beradigan biokatolizatorlar reaksiyalar uchun energiya berishi xam kerak.Bu moddalardan tashqari inson organizmiga vitaminlar,garmonlar,organik tuzlar va boshqa elementlar xam zarurdir.Agar shu moddalar yetishmasa organizm og‘ir kasalliklarga duchor bo‘lishi mumkin.Tayyorlangan ovqatning tarkibiy qismi xazm qilishi bir qancha sabablarga bog‘liqdir.Tanavvul qilinayotgan taomning tashqi ko‘rinishiga,ovqatlanish tartibiga, organik kislotalar va lazzatli moddalarga,ichaklardagi  mikrofloracha,fermentlarga,fgoltizmgatabis xolatiga (yoshi,jinsi,jismoniy xolati va boshqalar) va yana bir qancha boshqa shart-sharoitlarga bog‘liqdir. Ovqat tayyorlashda foydalaniladigan maxsulotlarning kimyoviy tarkibi turli-tuman bo‘ladi, shu sababli ularni oziqalik qiymati xam bir xil emas.Baʼzi ovqatlarda inson organizmi uchun kerakli barcha moddalar bo‘ladi,baʼzilarida inson tanasi to‘qimalarini tuzilishi uchun zarurbo‘ladigan moddalar, baʼzilarida kishiga kuch-quvvat beradigan yoki ayrim organlarga taʼsir etuvchi moddalarbo‘lishi mumkin.(bolalar,sog‘lom yoshlar,sportchilar,keksalar,diyetikxar xil ovqatlar).Bu esa ovqatlanishni to‘g‘ri uyuushtirish va maqsadga yo‘naltirilgan taom uchun unga tanlab olingan tegishli va sifatli maxsulotlarni kiritish yo‘li bilan erishish mumkin.Ovqatning asosiy tarkibiy qismlari-oqsillar,yog‘lar,uglevodlar inson organizmiga kirishi bilan murakkab biokatalizatorlik reaksiyalari orqali oksidlanib issiqlik chiqaradi. Bu esa inson organizmida ro‘y beradigan barcha biokimyoviy protsesslar uchun issiqlik manbai bo‘ladi.Olimlarni o‘rganishi bo‘yicha 1g oqsil organizmda oksidlanib 4,1 kkal ,uglevod 3,9 kkal,yog‘ esa 9,3 kkalissiqlik beradi.Shu tartibda, oziq ovqatning ximiyaviy tarkibini bilgandan so‘ngorganizmda u qancha kaloriya issiqlik chiqarishini aniqlash mumkin.

Xar xil ixtisoslikdamexnat qiladigan xodimlar uchun bulgilangan ovqatlarning to‘yishligi bir xil emas.Jismoniy mexnat bilan bog‘liq bo‘lmagan kishilar 2800-3000 kam kaloriya sarflaydi.Og‘ir mexnat bilan band bo‘lgan kishilarga esa 4500-5000 kaloriya talab qiladi. RF meditsina FA maʼlumotlariga ko‘ra katta yoshdagi kishilar organizmi uchun eng qulay ovqatlanish miqdori tarkibidagi oqsillarni bir kunlik kaleriyasi-14% , yog‘lar-30% va uglevodlar-56% tashkil etishi lozim.Agarda bir kundagi ovqatlanish kuchi 3000 kaloriya deb olinsa,unda oqsillarmiqdori 100 g ,yog‘lar 103 va uglevodlar 400 g bo‘lishi lozim.Agar bir kunlik ovqatlanish kaloriyasi 3500 kaleriyagacha oshirilsa u xolda oqsillar-120 g , yog‘lar-115 g va uglevodlar-480 g tashkil etadi.Bu ko‘rsatgichlar organizmni oqsillarga bo‘lgan extiyojini kishining yoshiga qarab o‘zgarib turadi.O‘sayotgan yosh organizm uchun ko‘proq oqsillar zarur bo‘ladi.            

Mualliflar: TDIU professori ximik-biolog Salixov S.A
O’zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi Umirshayxov B.B

O’zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining yuridik xizmatlari

Uyushma o’z a’zolari uchun quyidagi yuridik xizmatlarni amalga oshiradi:

— Uyushma aʼzolariga xorijiy hamkorlar bilan tuziladigan shartnomalarning amaldagi qonunchilikka rioya qilinganligi va aʼzoning manfaatlariga zid bo‘lmasligi haqida maslahat berish;

— Uyushma aʼzosining davlat, jamoat va nodavlat tashkilotlari bilan munosabatlarida yuzaga kelgan muammoli holatlar bo‘yicha huquqiy maslahat berish, muammoni hal qilishda amaliy yordam ko‘rsatish;

— Mahsulotlarni eksport qilishda transportda tashish xarajatlarini davlat byudjeti hisobidan qisman kompensatsiya qilish uchun subsidiya berilishi bo‘yicha huquqiy maslahat berish, davlat byudjetidan ajratiladigan subsidiyani olishda amaliy yordam ko‘rsatish va boshqa kichik turdagi yuridik xizmatlar.

Uyushmaga a’zo bo’lish uchun biz bilan bog’laning:
+998997232111
@ufia_uz
@ufia_bot

«HALOL» Sertifikatini qo’lga kiritmoqchi bo’lgan tadbirkorlar diqqatiga!

“Halol” sertifikatlashtirish — xom-ashyo, qo‘shimchalar, ziravorlar, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, ishlab chiqarish ob’ektlari (sex), ishlab chiqarish vositalari (jixozlar), biznesni boshqarish va ko‘rsatilayotgan xizmatlarni “Halol” standarti talablariga muvofiqligini tasdiqlashga oid faoliyat hisoblanadi.

O’zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi Xalqaro Islom biznes assotsiatsiyasi ko’magida sizning mahsulotingiz halol standartlarga muvofiq amalga oshirilishini tasdiqlaydigan «Halol» Sertifikatini olishni kafolatlaydi.

Sertifikat haqida batafsil ma’lumotga ega bo’lishni istasangiz darhol bizga murojaat qiling:
+998997232111
@ufia_uz

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »