Месяц: Март 2021

MDH davlatlarining shakar bozori konferensiyasi bo’lib o’tdi

MDH davlatlarining shakar bozori konferensiyasi bo’lib o’tdi

Yig’ilishda Markaziy Davlatlar Hamdo’stligi mamlakatlarida shakar bozorining faoliyati, jahon shakar bozoridagi talab va takliflarning muvozanati masalalari ko’rib chiqildi.

Shu bilan birgalikda, mazkur sohani rivojlantirishda mahalliy doiradagi chora-tadbirlarni qo’llab-quvvatlash, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida ichki iste’mol uchun yetarli bo’lgan shakar ishlab chiqarish darajasini ta’minlash ishlarini samarali tashkil etish bo’yicha ham muhokamalar o’tkazildi.

Konferensiya ikki formatda ya’ni Radisson Slavyanskaya mehmonxonasida oflayn tarzda hamda Zoom platformasida videokonferensaloqa rejimida tashkil etildi. Unda O’zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi Bahodir Umrishayxov ham ishtirok etdi.

B. Umirshayxovning ta’kidlashicha, shakarning strategik xususiyatini hisobga olgan holda, mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun ushbu mahsulotni ishlab chiqarish davlat hududida joylashgan bo’lishi kerak.

Yosh Menejer dasturi doirasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandumdan ko’zlangan asosiy maqsad oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish va ishlab chiqarishga qiziquvchi yoshlarni sohadagi faoliyatga jalb qilgan holda, ularga nazariy ilm hamda amaliy tajribani ulashish hisoblanadi.

Memorandum doirasida Yosh Menejer dasturi ishtirokchilaridan eng tashabbuskor 5 nafari tanlab olinib, Oziq-ovqat sanoati uyushmasi ko’magi ostida xalqaro o’quv dasturlarida bepul o’qitiladi.

Oziq-ovqat sanoati bo’yicha ta’lim dasturini samarali yakunlaganlarga xalqaro miqyosda ishlash imkoniyatini taqdim etuvchi maxsus Sertifikat beriladi. Sertifikatni qo’lga kiritganlarga mahalliy doirada 5-10 mln, chet davlatlarda 1500-2000$ maoshlik ish taklif qilinadi.

Murojaat uchun:
+998997232111
+998712203313
@UFIAgr @ufia_uz

O‘zbekiston meva va sabzavotlarni eng ko‘p eksport qilgan davlatlar

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati 86,6 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 131,2 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.

O‘zbekiston meva va sabzavotlarni eng ko‘p eksport qilgan davlatlar:

✅ Qozog‘iston – 16,9 mln.
✅ Rossiya – 16,5 mln.
✅ Xitoy – 13,7 mln.
✅ Qirg‘iziston – 7,7 mln.
✅ Pokiston – 7,5 mln.
✅ Afg‘oniston – 5,2 mln.
✅ Ozarbayjon – 2,8 mln.
✅ Turkiya – 2,1 mln.
✅ Turkmaniston – 1,8 mln.
✅ Ukraina – 1,4 mln.
✅ AQSh – 1,3 mln.
✅ Belarus Respublikasi – 1,2 mln.
✅ Tojikiston – 1,2 mln.
✅ Germaniya – 1,1 mln.
✅ BAA – 1,0 mln.
✅ Iroq – 972,5 ming
✅ Boshqalar – 4,4 mln. AQSh dollari

📲 Murojaat uchun:
+998997232111
+998712203313
@UFIAgr @ufia_uz

INDUS FOOD xalqaro ko’rgazmasi oziq-ovqat sanoati vakillari ishtirok etishdi

Indusfood-2021

INDUS FOOD xalqaro ko’rgazmasi oziq-ovqat sanoati vakillarining hamkorlar bilan ma’lumot almashish va aloqa o’rnatish uchun Janubiy Osiyodagi eng katta platformalaridan biri hisoblanadi.

Shu sababdan, o’z biznesini yangi bosqichga ko’tarish niyatida mazkur ko’rgazmada qatnashayotgan mahalliy ishbilarmon doira vakillari Hindistonlik biznesmenlar bilan B2B uchrashuvlarida ishtirok etishdi.

Qadimdan oziq-ovqat savdosining epitsentri bo’lgan Hindiston bugungi kunda ham zamonaviy oziq-ovqat savdosining asosiy global ishtirokchisi sanaladi.

Ushbu davlat vakillari bilan tashkil etilgan B2B uchrashuvlarida tropik mevalar va turli oziq-ovqat mahsulotlarini import qilish masalalarida O’zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi vakillari hamda mahalliy ishbilarmon doira vakillari muzokaralar olib borishdi va uning natijasi o’laroq, samarali kelishuvlarga erishildi.

Murojaat uchun:
+998997232111
+998712203313
@UFIAgr @ufia_uz

O’zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi Toshkent kimyo-texnologiya institutida o’tkazilgan anjumanda ishtirok etdi

«Oziq-ovqat va ozuqa mahsulotlari ishlab chiqarishda noan’anaviy yo’nalishlar» Respublika ilmiy-texnikaviy anjumanda O’zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi sanoatni rivojlantirish hamda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan to’laqonli ta’minlashning dolzarb masalalari to’grisida nutq so’zladi. Prezentatsiya davomida oziq-ovqat sanoatidagi o’zgarishlar, muammolar va ularning yechimi haqida batafsil to’xtalib o’tildi.

Shuningdek, anjuman mobaynida Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektor va prorektorlari, oziq-ovqat sanoati vakillar va boshqalar mavzu yuzasidan o’z fikrlarini bildirishdi.

Bundan tashqari, Qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlashda innovatsion texnologiyalarning o’rni va mahsulotlar sifatini ta’minlashda zamonaviy yondashuvlar kabi masalalar ham anjuman davomida ko’rib chiqildi.

«Oziq-ovqat sanoati — UzFood 2021» Xalqaro ko’rgazmasi!

Yigirmanchi xalqaro «Oziq-ovqat sanoati — UzFood 2021» ko’rgazmasi Iteca Exhibitions xalqaro ko’rgazma kompaniyasi nomidan joriy yilning 28-30 aprel kunlari «O’zekspomarkaz» MKK da tashkillashtirilmoqda.

2000-yildan buyon o’tkazilayotgan ushbu ko’rgazmada o’zining mahsulotlari bilan 3700 dan ortiq xalqaro korxonalar qatnashadi. Ko’rgazmaga 11500 dan ortiq oziq-ovqat sanoati vakillari hamda soha mutaxassislari tashrif buyurishadi.

UzFood ko’rgazmasining asosiy maqsadi — eskportga yo’naltirilgan mahalliy mahsulotni xalqaro bozorga chiqishiga ko’maklashish. Xususan, eksportni rivojlantirish maqsadida ko’rgazma doirasida «Xaridor dasturi» tashkil qilinmoqda. Ushbu dastur mahalliy tadbirkorlar bilan xorijdan kelgan xaridorlarni davra suhbatlari olib borishlariga imkon yaratishdan iborat.

Ko’rgazmada o’z mahsulotingiz bilan qatnashishni xohlasangiz darhol bizga murojaat qiling!

Qo’shimcha ma’lumotlar uchun +998997232111 raqamiga telefon qilishingiz mumkin.

O’zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi BMTning Oziq-ovqat va Qishloq xo’jaligi tashkiloti O’zbekiston vakolatxonasida (FAO Uzbekistan) Sherzod Umarov bilan ko’rishdi.

Yig’ilish mobaynida uyushma raisi batafsil uyushmaning faoliyati, amalga oshirilishi kutilayotgan rejalar hamda birgalikda qilinishi kerak bo’lgan loyihalar haqida aytib o’tdi. Hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish ham ko’rib chiqildi.

Bundan tashqari, FAO doirasidagi qishloq xo’jalik va oziq-ovqat sanoati sohasiga doir loyihalarni moliyalashtirish masalalari ham dolzarb mavzu sifatida Sherzod Umarov tomonidan aytib o’tildi. O’zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining 2021-2025-yildagi harkatlar strategiyasi ham tomonlar o’rtasida muhokama qilindi.

Sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqarishda texnologik jarayonida bo‘lgan talablar va mahsulotning xavfsizligi

Ovqatga ishlatish uchun asosan sigir sutidan foydalaniladi.  Aholi tomonidan isteʼmol qilinadigan sutning 95 %ga yaqinini sigir suti tashkil etadi. Shu munosabat bilan, asosan sutning shu turi haqida so‘z yuritamiz.

        Sut to‘g‘risida, hozirgi kunga qadar to‘plab kelingan katta hajmdagi ilmiy va amaliy bilimlar odamzod uchun bebaho qiymatga ega bo‘lgan shu boylikni munosib ravishda qadrlashga imkon beradi.

        Zamonaviy ilmiy maʼlumotlarga ko‘ra, sutda 200 dan ortiq har xil tarkibiy qismlar bor va qulay tarzda muvozanatlashgan 20 ta aminokislota, 147 tadan ortiq yog‘ kislotalari, sut qandi yaʼni laktoza, turli xil mineral moddalar, mikroelementlar, hozir maʼlum bo‘lgan vitaminlarning barcha turlari, pigmentlar, fosfatidlar, sterinlar, fermentlar, gormonlar va normal hayot faoliyatini saqlab borish uchun  organizmga zarur bo‘lgan boshqa moddalar shular jumlasidandir.

        Sut mineral moddalar kalsiy, kaliy, natriy, magniy, fosfor, temir va h.k. lar tuzlaridan iborat bo‘ladi. Ularning hammasi kishi organizmi uchun katta ahamiyatga ega. Sutdagi oqsillar, yog‘lar va uglevodlar kishi organizmida  deyarli to‘la hazm bo‘ladi. Bir litr sut taxminan 670 kkal beradi. Sutning tarkibi doim bir xil bo‘lmaydi va ular sigirning nasli va yoshiga, parvarish qilinishi, boqilishi, sog‘ilishi davrining davomiyligiga va boshqa sababiy omillarga bog‘liq bo‘ladi. Bu omillardan eng asosiysi – chorvaning boqilishi va nasli hisoblanadi. Yaxshi boqim sut sog‘imini oshiradi, uning tarkibi va sifatini yaxshilaydi.

        Sut tez buziluvchan mahsulot hisoblanadi. Ko‘pincha, sut bakteriyalar taʼsirida buziladi. Sut kislotasining haqiqiy bakteriyalari (streptokokk, bolgarskaya palochka , atsidofilnaya palochka )  sut kislotasi mahsulotlari tayorlashda qo‘llaniladi. Savdoga keltirilgan sigir suti termik ishlov berilishiga ko‘ra pasterizatsiy, sterilizatsiya qilingan, qaynatib, pishirilgan, tarkibiga ko‘ra esa yog‘i olinmagan (meʼyorlashtirilgan va qayta tiklangan ), seryog‘, yog‘sizlantirilgan oqsil moddali, vitaminlashtirilgan, ionitli, yog‘i olinmay kofe yoki kakao qo‘shilgan holatda bo‘ladi.

        Pasterizatsiya qilingan sut  kasal tug‘diruvchi mikroorganizmlarni yo‘qotish va saqlaganda turg‘unligini oshirish maqsadida 65-85 gradus haroratda termik ishlov berilgan sutdir; yog‘i olinmagan, yog‘sizlantirilgan va seryog‘ sutlar pasterizatsiya qilinadi.

        Sterilizatsiya qilingan sut o‘zining tarkibiga ko‘ra pasterizatsiya qilingan sutdan farq qilmaydi. Sterilizatsiya  jarayoni avtoklavlarda 103-104 dan 118-123 gradus gacha bo‘lgan haroratdagi  bosim bilan o‘tkaziladi; bunda hamma mikroblar va ularning sporalari o‘ladi. Bunday sutni uy sharoitida 10-15 kun saqlash  mumkin bo‘ladi.

        Qaynatib pishirilgan sut yog‘liligi 6 foiz , yog‘i olinmagan sutdan tayyorlanadi. U 80-85 gradus haroratda 4 soat yoki 90-95 gradus haroratda 2-3 soat mobaynida saqlanadi. Meʼyorlashtirilgan sut – tabiiy sutni yog‘sizlantirish yoki qaymoq qo‘shish yo‘li  bilan tarkibidagi yog‘ 3,2 foiz ga yetkazilgan sutdir.

        Pasterizatsiyalangan sut keng assortimentida ishlab chiqilib, o‘zaro kimyoviy tarkibi, pasterizatsiya rejimlari va turli to‘ldiruvchilarni qo‘shilganligi va qo‘shilmaganligi bilan farq qiladi.    Pasterizatsiyalangan sut turlari ko‘pligiga qaramasdan hamma sut turlari uchun bir xil bo‘lgan operatsiyalari mavjud. Pasterlangan sutlarni sifati va oziqaviy to‘laqonligi boshlang‘ich xom ashyo sifati bilan belgilanadi.

        Pasterizatsiyalangan sut ishlab chiqarishda GOST 13264-88 ko‘ra II navdan past bo‘lmagan sut , achchiqligi 19 T  ortiq  bo‘lmagan yog‘siz sut va paxta;  yog‘ligi 30% va achchiqligi 16 T  dan yuqori bo‘lmagan  qaymoq; purkash usulida  quritilgan quruq sut, paxta va qaymoq, quyultirilgan yog‘siz sut va ichimlik suvi ishlatiladi.

  • Yog‘siz sut ishlab chiqarishda quyidagi xom ashyolar ishlatiladi:
  •  Kislotaligi 19 T dan yuqori bo‘lmagan yog‘siz sut;
  •  Purkash usulida olingan  quritilgan yog‘siz sut;
  • Pasterlangan sut olishda foydalaniladigan xom ashyo va asosiy materiallar amaldagi standart va texnik shartlar talablariga mos kelishi kerak.

Pasterizatsiyalangan sut – natural xom ashyodan ishlab chiqarilganda sifat bo‘yicha tanlab olingan sut undagi yog‘ va quruq moddalar miqdorini standart talablariga yetkazish maqsadida normallashtiriladi.

Sterillangan sut – tarkibiga ko‘ra  pasterlangan sutdan farq qilmaydi. Sterillash jarayoni avtoklavlarda 103-104 dan 118-123 gradusgacha bo‘lgan haroratdagi  bosim bilan o‘tkaziladi; bunda hamma mikroblar va ularning sporalari o‘ladi. Bunday sutni uy sharoitida 10-15 kun saqlash  mumkin bo‘ladi.

Meyorlashtirilgan sut – tabiiy sutni yog‘sizlantirish yoki qaymoq qo‘shish yo‘li bilan tarkibidagi yog‘ miqdorini  3,2 foizga yetkazilgan sut.

Qayta tiklangan sut – yog‘i olinmagan yoki yog‘sizlantirilgan quruq sut, shuningdek, qand qo‘shilmay quyultirilgan sutdan tayyorlanadi. Quruq sut suvda eritiladi va oqsillar bukishi uchun qo‘yib turiladi. So‘ngra filtirlanadi, gomogenizatsiyalanadi va sovutiladi. Qayta tiklangan sut tarkibida 3,2 foiz yog‘ bo‘ladi.    

Sutning kimyoviy tarkibi

Yangi sog‘ilgan sutning taʼmi ozgina shirinroq bo‘lib, rangi oq sarg‘ishroq. Sut o‘ziga xos suyuq, bir jinsli issiqlik ishlov berilgach yanada suyuq bo‘ladi, sovutilganda esa jipslashadi. Sut 100, 20 S haroratda qaynaydi, 0,54-0,580 S  haroratda esa muzlaydi.

Sigir sutining kimyoviy tarkibi turli elementlardan tashkil topgan bo‘lib, unda: suv -87,5 %;  quruq moddalar-12,5 %;  shu bilan birga sut yog‘i -3,8 %; oqsil -3,3 % (bulardan: kazein -2,7 albumin-0,5 va globulin 0,1) , sut qandi -4,7%; mineral moddalar -0,7%.

Sutni qabul qilish, qayta ishlash, sutni va sut mahsulotlarini saqlash juda toza sharoitida olib borilishi kerak. Ventilyator nazoratidan  har oylik ma`lumotnomasi bo‘lmagan fermalardan zavod sutni qabul qilmasligi kerak. Hamda unda pasterlangan degan belgi bo‘lishi kerak.

Bolalar uchun sut mahsulotlari ishlab chiqarishi faqat sog‘lom hayvonlari bo‘lgan sutlari ishlatilishi kerak. Qabul qilingan sut  darrov filtrlanib, 4±S gacha sovitilib keyin pasterlanishi kerak. Buning uchun laboratoriya mudiri javobgar hisoblanadi. Pasterlashning natijasida mikrobiologik metod bilan tekshirib boriladi. Pasterlangan sut 4±2 S gacha sovitiladi va kerakli sexlarga yuboriladi. Agar pasterlangan sut 6 soatdan ortiq sig‘imlarda turib qolsa, uni qayta pasterlash kerak. Mahsulot ishlab chiqarish vaqtida xonalarda remont yoki dezinfiksiya qilishi man etiladi.

Texnologik jarayon tugagach mahsulotlarning sifati haqida guvohnoma beriladi. Tayyor mahsulotni saqlash davomida laboratoriya tomonidan har smenada 2-3 marta tekshirib turilishi kerak. Tayyor mahsulot tadqiqotchi, omborchi yoki masterga junatilishi mumkin. Ifloslangan, qadog`i zararlangan, markirovkasi aniq bo‘lmagan, prombirovkasi buzilgan mahsulotlar tarqatilmaydi.

Korxonaning har bir ishchisi shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishi, ish joyining holatiga, texnologik hamda sanitariya talablarga javob berishi kerak. Har bir ishga kiruvchi tibbiy ko‘rikdan o‘tish kerak.

Har bir ishchi tibbiy shaxsiy kitobchasiga ega bo‘lishi kerak. Bu kitobcha sex boshlig‘ida yaʼni masterda saqlanishi kerak. Har bir yangi ishga kiruvchi gigiyenik tayyorlov bo‘yicha o‘qishi va imtixon topshirishi kerak.

2017 il 7 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sut va sut mahsulotlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”gi 474-sonli qaroriga qabul qilindi. Sut va sut mahsulotlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamenti rasmiy eʼlon qilingan kunidan boshlab o‘n sakkiz oy o‘tgandan keyin amalga kiritilishi belgilangan.

Ushbu texnik reglament O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalaga chiqarilgan va oziqaviy maqsadlardan foydalaniladigan sut va sut mahsulotlariga, jumladan xom sut, sut mahsulotlari, sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, tashish va yo‘qotish jarayonlari, sutni qayta ishlash mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan funksional kompanentlarga tegishlidir. Ayni payt texnik reglament talablari jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun keyingi qayta sotish istagisiz ishlab chiqarilgan sut va sut mahsulotlaridan foydalanilib yoki ular asosida tayyorlanadigan pazandalik va qandolat mahsulotlariga, oziqaviy va biologik faol qo‘shimchalar, dori vositalari, hayvonlar uchun ozuqalar va nooziqaviy tovarlarga taalluqli emas.

Sut va sut mahsulotlarini xavfsizligiga bo‘lgan talablar quyidagilar asosida shakllantiriladi:

  • xom ashyo, tayyor sut mahsulotlariga bo‘lgan sanitariya qoidalari, meʼyor va gigiyenik normativlar, veterinariya-sanitariya qoidalari va meʼyorlar;
  • sut va sut mahsulotlarini xavfsizligi bo‘yicha qo‘shimcha talablar;
  • xom ashyo va mahsulotlarni jo‘natish va saqlashga bo‘lgan talablar;
  • ekologik xavfsizligiga bo‘lgan talablar.

O‘zbekiston Respublikasi hududida muomilada bo‘lgan sut va sut mahsulotlari o‘rnatilgan yarog‘lilik muddati doirasida va unda ko‘p muddatda xavfsiz bo‘lishi va texnik reglamentning talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.

Sut va sut mahsulotlarini o‘ralishi mahsulotni barcha yarog‘lilik muddati davomida uni xavfsizligini va muomala jarayonida isteʼmol xususiyatlarini taʼminlashi lozim.

Aytish joizki, texnik reglament talablariga javob bermaydigan sut va sut mahsulotlari O‘zbekiston Respublikasini “Oziq-ovqat mahsulotlarini sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonuni bilan belgilangan, oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligini taʼminlash sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi davlat nazorati organlari qarori bo‘yicha qayta ishlash bo`yicha amalga oshiriladi.

Muallif: Gulpari Uzakova

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »