Месяц: Апрель 2021

Ukrainada sarimsoqning Ayder nomli yangi turi 2021-yil mart oyida ro’yxatdan o’tkazildi.

Yangi nav yaratilishining asosiy sabablaridan biri mamlakat aholisini 10-12 tonna / g dan yuqori bo’lgan sifatli savdo mahsulotlari bilan ta’minlashdir. Yuqori mahsuldorlik Ayder navining kichraytirilganligi bilan bog’liq bo’lib, u yuqori zichlikka bardosh bera oladi. Mazkur nav bir donasining og’irligi 50 g dan oshadi.

Hozirgi paytga qadar Ayder navi konserva va go’shtni qayta ishlash korxonalari, shuningdek chakana savdo tarmoqlarida sinovdan o’tkazildi.

2020-yilda yangi navning birinchi hosili Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, xususan, Litvaga yetkazib berildi. Yevropalik iste’molchilar ushbu mahsulotning organoleptik xususiyatlari va agrotexnologik ko’rsatkichlari bo’yicha sifatidan qoniqishdi. Bundan tashqari, yangi navning kasallik va zararkunandalarga chidamliligi xaridorlarga juda ma’qul bo’ldi.

Murojaat uchun:
+998997232111
+998712203313

2021-yil 1-maydan 31-dekabrgacha ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari QQS dan ozod qilindi

2021-yil 1-maydan 31-dekabrga qadar bo‘lgan davrda:

• o‘simlik yog‘i, kungaboqar va zig‘ir urug‘i, shuningdek, soya danagi importi;

• o‘simlik yog‘ini ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish bo‘yicha mablag‘lar aylanmasi QQSdan ozod qilinmoqda.

Bundan tashqari:

• kungaboqar va paxta urug‘iga — bojxona qiymatining 30 foizi, biroq 1 kg uchun 0,2 dollardan kam bo‘lmagan miqdorda;

• kungaboqar yog‘iga — 20 foiz, biroq 1 kg uchun 0,2 dollardan kam bo‘lmagan miqdorda;

• paxta yog‘iga — 50 foiz, biroq 1 kg uchun 0,5 dollardan kam bo‘lmagan miqdorda eksport boji joriy etilmoqda.

Mazkur xabar Oliy Majlis Qonunchilik Palatasida “Ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojni ta’minlashning qo‘shimcha choralari to‘g‘risida”gi Qonun loyihasida ko‘rib chiqilib, Oliy Majlis Senati tomonidan ma’qullandi.

Murojaat uchun:
+998997232111
+998712203313

O’zbekistondan Malayziyaga quritilgan mevalar, anjir murabbosi va asal eksport qilindi

O’zbekistonning Kuala-Lumpur shahridagi elchixonasi ko’magida Malayziyaga quritilgan mevalar (bodom, yong’oq, mayiz va o’rik chuqurlari), anjir murabbosi va asal yetkazib berildi.

Tovarlarni yetkazib beruvchi o’zbek eksportchisi hisoblangan Golden Prime Food LLC, importyor esa Malayziyaning Deli Fruits Trading savdo shirkatidir.

Koronavirus pandemiyasi sababli O’zbekiston va Malayziya o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri reyslar yo’qligi tufayli mahsulotlar Kuala-Lumpur shahriga yangi transport koridori — Turkiya orqali olib borildi.

Deli Fruits Trading menejeri Nazatul Shima so’zlariga ko’ra, o’zbek mahsulotlarining qabul qilingan partiyasini sotish Kuala-Lumpur shahri va Malayziyaning Johor shtati savdo tarmoqlarida amalga oshiriladi. Uning aytishiga qaraganda, o’zbek meva-sabzavotlarining navbatdagi partiyasini yuborish may oyiga mo’ljallangan.

Bozorlarda giloslar sotuvga qoyilgan, ammo narxlar o’tgan yilga qaraganda 3 barabar yuqori

O’zbekiston supermarketlarida 2021-yilgi yangi hosilning birinchi shirin gilosi o’tgan yilgi vaqtdagiga nisbatan deyarli bir hafta oldin paydo bo’ldi.

Mazkur holat fevral oyidagi g’ayritabiiy iliq ob-havo tufayli mevalarning erta gullashi va buning natijasida, hosilning katta qismi yo’qolishi ortidan yuzaga keldi.

Hozirda giloslar Makro supermarketlar tarmog’i do’konlarida 100 gramm uchun 19,999 so’mdan, ya’ni 199,990 so’m / kg (kg uchun 19,05 dollar)dan sotilmoqda

Mamlakatimizda bu yilgi birinchi gilos o’tgan yilga qaraganda uch baravar (!) qimmatroq (6-7 dollar bilan taqqoslaganda 19,05 dollar).

Joriy yilgi mavsumda gilos narxining o’tgan yilga nisbatan yuqori bo’lishining asosiy sababi fevral oyi oxiri va mart o’rtalarida sodir bo’lgan sovuq havoning oqibatlaridandir.

Murojaat uchun:
+998997232111
+998712203313

2021-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekistondan qiymati 133,8 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 218,0 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilingan.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga ko’ra, 2021-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekistondan qiymati 133,8 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 218,0 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilingan.

Uch oylik eksport qiymati va tarkibi quydagicha:

  • meva va rezavorlar – 28,8 ming tonna
  • quritilgan meva va rezavorlar – 18,8 ming tonna
  • sabzavotlar – 163,7 ming tonna
  • qalampir – 4,3 ming tonna
  • uzum – 2,0 ming tonna
  • mayiz – 11,6 ming tonna
  • yeryongʻoq – 7,3 ming tonna
  • tarvuz-qovun – 309,8 tonna

Murojaat uchun:
+998997232111
+998712203313

2020/21-yillarda dunyo miqyosida pista ishlab chiqarish hajmi 1 million tonnaga yetishi mumkin

AQSh Qishloq xo’jaligi vazirligi (USDA) ma’lumotlariga ko’ra, 2020/21-yilgi mavsumda dunyo miqyosida pista ishlab chiqarish 985 ming tonnani tashkil etdi. O’tgan mavsumga nisbatan ishlab chiqarishning o’sishi 40% ga yetdi.

Jahonda pista ishlab chiqarilishining ko’payishiga Qo’shma Shtatlar va Turkiyadagi yuqori hosil tufayli erishildi.

AQShda pista ishlab chiqarish 42 foizga o’sib, rekord ko’rsatkich — 476 ming tonnani tashkil etdi. Qo’shma Shtatlarda pista ishlab chiqarishning ko’payishiga tabiat siklidan tashqari, pista ekin maydonlarining tez kengayishi ham ta’sir qilgan.

Eronda esa pista ishlab chiqarish 7 foizga ya’ni 190 ming tonnagachaga kamaydi.

Murojaat uchun:
+998997232111
+998712203313

2021-yilning birinchi choragida Qozog’iston o’zbek sabzavotlari va mevalarining qiymat jihatidan eng yirik importyoriga aylandi.

Ma’lumotlarga ko’ra, 2021-yil yanvar-mart oylarida mazkur qo’shni mamlakatga O’zbekistondan 26,5 million dollarlik 86 ming tonna qishloq xo’jaligi mahsulotlari jo’natilgan.

O’zbekistonning ikkinchi yirik qishloq xo’jaligi mahsulotlari iste’molchisi Rossiya Federatsiyasi bo’lib, ushbu davlatga 39,2 ming tonna sabzavot va mevalar 25,9 million dollarga eksport qilinib, respublikamiz meva eksportida 19,3 ulushga ega bo’ldi.

2021-yilning birinchi choragida Xitoy birinchi marta o’zbek sabzavot va rezavorlarining yirik iste’molchilari safiga kirdi.

Joriy yilning uch oyi davomida 24 ming tonna meva va sabzavot mahsulotlari 20,2 mln dollar narxda Xitoy Xalq Respublikasiga jo’natildi.

Shuningdek, Pokistonga 8,2 ming tonna qishloq xo’jaligi mahsulotlari 12,9 million dollarga (9,6%) eksport qilingan.

2021-yil 1-choragida mamlakatimizda qancha miqdorda meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilindi

O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasining rasmiy ma’lumotlariga ko’ra, 2021-yilning dastlabki uch oyida mamlakatimizda 218 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari 133,8 million dollar miqdorida eksport qilindi (pasayish sur’ati 2020-yilning shu davrga nisbatan 1,9% tashkil etdi).

163,7 ming tonna sabzavot 82,2 million dollarga (qiymatning o’sish sur’ati 2020-yilning shu davriga nisbatan 1,1%), shuningdek 28,9 ming tonna meva va rezavorlar 24,6 million dollarga eksport qilindi(pasayish 2020-yilning shu davriga nisbatan 14,2% tashkil etdi).

2021-yil yanvar-mart oylaridagi eksportning umumiy hajmida meva va sabzavotlarning ulushi 5,6 foizini egalladi.

Murojaat uchun:
+998997232111
+998712203313

Gilos savdosi — katta bozor, shu sababdan Markaziy Osiyoda ham u o’z o’rnini topishi mumkin.

Gilos savdosi — katta bozor, shu sababdan Markaziy Osiyoda ham u o’z o’rnini topishi mumkin. Gilos oldi-sotdisining jahon savdosidagi hajmi 3,7 milliard dollarni tashkil etadi (2019).

Chili shirin gilosning eng yirik eksportchisi hisoblanadi( 35%). Chili Janubiy yarim sharda joylashgan va iste’molchilarining aksariyati Shimoliy yarim sharda yashaydi. Shu sababdan, chililiklar Shimoliy yarim sharga mavsumiy tarzda o’z giloslarini sotishlari mumkin.

Ikkinchi yirik eksportchi Gonkong bo’lib, mazkur davlat gilosning ham eksportchisi, ham yirik importchilari qatoriga kiradi. Gonkong gilos hajmining 2/3 qismini import hamda reeksport qiladi.

Bundan tashqari, gilosning jahon eksportchilari guruhiga AQSh (16%), Turkiya, Ispaniya kiradi. Eng yirik gilos importchilari esa Xitoy (38%), Gonkong (27%), Germaniya, Janubiy Koreya, Rossiya Federatsiyasi hisoblanadi.

Murojaat uchun:
+998997232111
+998712203313

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »