Месяц: Май 2021

Bahodir Umirshayxov: respublikamiz oziq-ovqat sanoati sohasida muammolar yetarlicha

O’zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi

Har qanday mamlakatda iqtisodiyotning muhim sektori bo‘lgan, davlat hayotidagi barcha sohalarning eng aktual bo‘laklaridan biri hisoblangan oziq-ovqat sanoati mahsulotlarini tayyorlash va eksportini ko‘paytirish borasida davlat dasturi doirasida bugungi kunda ko‘plab masalalarni hal qilishga kirishilgan. Jumladan, hozirda jahon bozoridagi talablardan kelib chiqqan holda eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishga ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda. Bu ishni amalga oshirish uchun oziq-ovqat sanoati bo‘yicha xalqaro standartlarni o‘rganish va faoliyatga tatbiq etish talablari tadbirkorlar hamda agromutaxassislar gardaniga qo‘yilgan dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda.

   Statistik maʼlumotlarga ko‘ra, mamlakatimizda yiliga o‘rtacha 16 million tonnadan ortiq meva-sabzavot, poliz va dukkakli mahsulotlar, 1,5 million tonnaga yaqin go‘sht, 10 million tonnaga yaqin sut ishlab chiqarilmoqda. Biroq ularni sanoat usulida qayta ishlash darajasi o‘rtacha 15-20 foizni tashkil qilmoqda. Bu o‘z-o‘zidan respublikada  agrologistika tizimi yaxshi rivojlanmaganligi va mazkur yo‘nalishda tizimli ishlarning amalga oshirilishi lozimligini tasdiqlaydi. Qolaversa, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va saralash xizmatlari talab darajasida emasligi yetishtirilgan hosilning kamida 30 foizga yaqinining isrof bo‘lishiga olib kelmoqda. Baʼzan yetishtirilgan mahsulotlarni xalqaro standartlarga mos laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazishda ham katta muammolar chiqib qolayotganligi odamni abgor holga soladi. Bir gap bilan aytadigan bo‘lsak, respublikamiz oziq-ovqat sanoati sohasida muammolar yetarlicha.

Mazkur kamchiliklarga o‘rinli yechim topib, bartaraf etishga ko‘makashish, yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish, isteʼmol tovarlarining ommaviy tarzda ishlab chiqarilish samaradorligi va sohadagi mehnat unumdorligini oshirish maqsadida 2020 yil 29 oktyabr kuni O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi  tashkil etilgan.

Joriy yilning 26 may kuni «Hyatt Regency» Tashkent mehmonxonasida tashkilotning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Bojxona qo‘mitasi, Davlat karantin qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, “O‘zbekiston Eksportchilari” uyushmasi vakillari,  15 dan ortiq ishlab chiqarish korxonalari rahbarlari hamda 20 dan ziyod ommaviy axborot vositalari xodimlari: jurnalist va blogerlar ishtirok etdi.

Dastlab, O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi rahbari Bahodir Umirshayxov so‘zga chiqib, tashkilot maqsad-vazifalari, o‘tgan 7 oy davomida amalga oshirgan ishlari haqida taqdimot qildi:

— Uyushma zamonaviy oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi to‘laqonli mexanizatsiyalashga hamda mahalliy miqyosda tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlarini chetga eksport qilishga ko‘maklashadi. O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining asosiy vazifasi oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish, ishlab chiqarish sektorlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, mahalliy tadbirkorlarning xorijiy investorlar bilan shartnomalar tuzishiga ko‘maklashish, qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish, mamlakat oziq-ovqat mahsulotlarining chet davlatlarga katta masshtabdagi ekportini amalga oshirilishini taʼminlashga yordam berish hisoblanadi.

Eʼtiborli jihati, uyushma oziq-ovqat sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish faoliyatini amalga oshiruvchi korxona hamda tashkilotlarni ixtiyoriylik asosida birlashtirgan. Bu oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga bozordagi real vaziyatni hisobga olgan holda ishlab chiqarish hajmlarini mustaqil belgilash, eksportni ko‘paytirish va xorijda milliy brendlarni ilgari surishga ko‘proq erkinlik beradi.»

Taqdimotdan so‘ng, “O‘zbekiston Eksportchilari” uyushmasi rahbari Muxtor Umarovso‘zgachiqib, qaytadan tashkil etilgan Oziq-ovqatsanoati uyushmasining mamlakatimiz eksport salohiyati uchun qay darajada muhim ahamiyatga ega ekanligi, isteʼmoltovarlarini ishlab chiqarish yo‘nalishda qilinadigan ishlar koʻlami haqida nutq so‘zladi:

  • Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni ishlab chiqarishni ilmiy asosda tasdiqlangan me’yorlar bo’yicha yetarli darajadagi va assortimentda tayyorlanish bilan birga iste’mol tovarlari sifatini oshiruvchi aholi salomatligi uchun standart standartlarga muvofiqligi, vaziyat holatlarida zarur bo’lgan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari zaxiralarini ishlab chiqarish va saqlash, hududlarni ta’minlash bo’yicha ovqat mahsulotlarining rivojlangan sanoati, o’rnatish, aholini oziq-ovqat bilan taʼminlashning eng yuqori darajasiga erishib, eksport salohiyatini rivojlantirish Oziq-ovqat sanoati uyushmasining ustuvor vazifalaridan biri, — dedi.

Tadbirni amalga oshirishda axborotni boshqarish boshqaruvi ishtirokidagi uyushma rahbariyati bilan savol-javob amalga oshirildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2019 yil 29 iyuldagi «Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va ovqatlanish-sanoat sanoatini rivojlantirish uchun ishlab chiqariladigan chora-tadbirlarni amalga oshirish to’g’risida» qaror imzolangan edi. Unga asosan, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo’yicha 174 va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish bo’yicha ishlab chiqarishni rivojlantirish bo’yicha 24 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish, meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan tumanlarda mavjud samarasiz bog’la ro’rnida 36 ming gektar intensiv guruhlar tashkil etilishi davom ettirilgandi. Uyushmaning tashkil etilishi bo’yicha qarorlarni qabul qilish amaliyotida keng va muomalada tatbiqet mavjud maʼlum maʼnoda yetakchi kuch bilan birga oladi, desakadashmaymiz!

Bahodir Umirshayxov

26-may. «Hyatt Regency Tashkent» mehmonxonasi

Soat 10:10 da O’zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasining rasmiy ochilish marosimi hamda uning doirasida tashkil etilayotgan press-konferensiya dasturiga start berildi.

Ayni damda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Agrar, suv xojaligi masalalari va ekologiya qomitasi raisi Tadjiyev Baxodir Sadullayevich oziq-ovqat sanoatining mamlakat aholisi salomatligi uchun ahamiyati haqida o’z fikrlarini bildirib o’tmoqdalar!

Oziq-ovqat sanoati uyushmasi rasmiy ochilish marosimi!

Qadrli kuzatuvchilar,
26-may sanasida Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida O’zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasining rasmiy ochilish marosimi bo’lib o’tadi.

Tadbirda uyushmaning tashkil etilganidan buyon(29.10.2020) yetti oylik faoliyati davomida amalga oshirgan ishlari, kelgusida rejalashtirgan maqsad va vazifalari haqida so’z boradi.

Shuningdek, bugungi kunda oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish, ishlab chiqarish, qayta ishlash hamda eksport qilishda davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, sohada yuzaga kelayotgan masalalar va ularga yechim bo’lgan tendensiyalar mavzulariga alohida to’xtalib o’tiladi.

Marosimda turli vazirlik, qo’mita, agentlik va xalqaro tashkilotlar vakillarining ishtiroki rejalashtirilgan.

📲 Agarda sizda ham ushbu tadbirda qatnashish istagi bo’lsa, quyidagi raqamlarga murojaat qiling:

+998997232111
+998712203313

Ramazon Hayiti muborak bo’lsin!

Assalomu alaykum aziz yurtdoshlar! Barchangizni muborak Ramazon hayiti bilan samimiy qutlaymiz!

Fazilatli kechgan ulug‘ oyni g‘animat bilib tutgan ro‘zangiz, o‘qigan Qur‘oningiz Qiyomat kunida sizga shafoatchi bo‘lsin.

Amalga oshirgan ibodatlaringiz maqbul bo’lsin, Yaratgan taqvoingiz va ilmingizni ziyoda qilsin!

Oilangizga tinchlik-totuvlik, ishlaringizga baraka, o’zingizga sihat-salomatlik tilaymiz!

Kelgusi Ramazonlarga ham har birimizni omonlikda yetkazsin!

Hurmat bilan O’zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi jamoasi…

Dukkakli o’simliklar chiqindisidan daromad topish imkoniyati!

Endilikda yetishtirgan dukkakli mahsulotingiz chiqindisidan ham daromad olish imkoniyati mavjud!

Qadrli tadbirkorlar! Agarda siz o’z yer va tomorqangizda dukkakli o’simliklar, soya, makkajo’xori va paxta yetishtiradigan bo’lsangiz, ularning hosilidan chiqadigan chiqindilarni ham sotishingiz mumkin.

Ayni paytda O’zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasiga chorva uchun ozuqa ishlab chiqarishga yuqorida ta’kidlanganidek mahsulotlarni qayta ishlash bo’yicha hamkorlik qilishga buyurtmalar kelib tushmoqda.

Mahsulot chiqindilaridan ham daromad topish imkoniyatini qo’ldan boy bermang!

Hamkorlik qilmoqchi bo’lsangiz, quyidagi manzilga murojaat qiling:
+998903558677

O’zbekistonning qaysi hududi qancha pomidor eksportini amalga oshiradi?

Davlat statistika qo‘mitasida keltirilishicha, joriy yilning 1-choragida xorijiy davlatlarga pomidor eksport qilgan hududlar va eksport miqdori quyidagicha:

  • Toshkent viloyati – 5,2 ming tonna;
  • Buxoro viloyati – 3,7 ming tonna;
  • Sirdaryo viloyati – 3,1 ming tonna;
  • Xorazm viloyati – 2,3 ming tonna;
  • Surxondaryo viloyati – 1,6 ming tonna;
  • Andijon viloyati – 838,6 tonna;
  • Farg‘ona viloyati – 830,1 tonna;
  • Qashqadaryo viloyati – 723,4 tonna;
  • Navoiy viloyati – 547,3 tonna;
  • Namangan viloyati – 523,5 tonna;
  • Toshkent shahri – 510,5 tonna;
  • Jizzax viloyati – 362,2 tonna;
  • Samarqand viloyati – 268,2 tonna;
  • Qoraqalpog‘iston R. – 157,1 tonna.

Murojaat uchun:
+998997232111
+998712203313

2021-yil birinchi choragida mamlakatimizda sabzavot yetishtirish 5% ga oshdi!

sabzavot

Joriy yilning birinchi choragida O’zbekistonda 65 721 tonna sabzavot yetishtirildi, bu o’tgan yilning shu davriga nisbatan 5% ga ko’p hisoblanadi.

Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra, yetishtirilgan sabzavotlarning asosiy qismi dehqon xo’jaliklari (67,3 %) va qishloq xo’jaligi tashkilotlariga (20,8 %) to’g’ri keladi.

Shaxsiy fermer xo’jaliklarining ulushi atigi 11,9 %ni egallaydi.

Birinchi chorakda navbati bilan 19 346 tonna va 13 808 tonna sabzavot yetishtirishga muvaffaq bo’lgan Surxondaryo va Toshkent viloyatlari ko’rsatkichlarda mintaqalar nuqtai nazaridan sezilarli darajada yetakchilik ko’rsatmoqda.

Dastlabki ikki mintaqadan ancha orqada qolgan bo’lsa-da, beshta yetakchi hududlar qatoriga Buxoro (4994 tonna), Andijon (3809) va Qashqadaryo (3202) viloyatlari kirdi.

Qoraqalpog’iston Respublikasi (617) va Jizzax viloyatida (984) shu paytga qadar 1000 tonnadan kam sabzavot yetishtirildi.

Tojikistonning issiqxonalarda yil boshidan buyon 534,6 tonnadan ortiq pomidor yig’ildi.

Tojikistonda joriy yil may oyi boshiga qadar issiqxonalardan 534,6 tonnadan ortiq pomidor, 102,4 tonna bodring va 283 tonnadan ortiq boshqa sabzavot turlari yig’ib olindi.

Tojikiston Qishloq xo’jaligi vazirligi o’simliklarni yetishtirish departamentining tezkor ma’lumotlariga ko’ra, mamlakatda issiqxona sabzavotlari qariyb 86 gektar maydonda o’sadi.

Tojikistonda mazkur yil boshidan beri doimiy issiqxonalarda sabzavot ekish 85,1 gektar maydonda amalga oshirilgan.

Pomidorlar 53,2 gektar maydonda, bodring 15 gektar maydonda o’stiriladi, qolgan issiqxonalarni boshqa sabzavot turlari egallaydi.

Ayni paytda Tojikistonning markaziy qism bozorlaridagi pomidorning bir kilogrammi naviga qarab 15 dan 20 somoniygacha (1,33 — 1,75 dollar) narxda sotilmoqda.

Murojaat uchun:
+998997232111
+998712203313

O’zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi a’zolari uchun yana bir bepul ko’rgazma!

Qadrli tadbirkorlar!

Turkiyaning SOFUAR xalqaro ko’rgazma kompaniyasi tomonidan 2021-yil 10-iyundan 12-iyungacha O’zbekistonda ishbilarmon doira vakillarini bir joyga to’playdigan uchrashuv o’tkazish rejalashtirilmoqda.

Bu AGRO-PACK UZBEKISTAN xalqaro ko’rgazmasi bo’lib, unda oziq-ovqat texnologiyalari, qadoqlash va issiqxona uskunalari taqdimotlari bo’lib o’tadi.

Mazkur tadbir O’zbekistonda ikkinchi marta tashkil etilmoqda. Ko’rgazma doirasida o’zbek va turk tadbirkorlari o’rtasida B2B shaklida uchrashuvlar bo’lib o’tadi. Ko’rgazmada Turkiyaning turli uskunalarni ishlab chiqaradigan 30 ta yetakchi kompaniyasi ishtirok etadi.

Ko’rgazmada ishtirok etish narxi:
25-40 million so’m.

O’zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi a’zolari uchun ko’rgazmada ishtirok etish mutlaqo bepul!

Ko’rgazmada qatnashish istagida bo’lganlar, quyidagi raqamga murojaat qiling:

+998712203313
+998997232211

Eron 2020-yilda 800 million dollarlik meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qildi.

2021-yil mart oyi oxiriga kelib Eron 743 ming tonna yangi pishgan olma eksport qildi. Bundan tashqari, mart oyida eksport o’tgan yilga nisbatan 157 ming tonna yuqori bo’ldi!

Taqqoslash uchun, Ukraina 2021-yil martgacha Eronga qaraganda o’rtacha 4 baravar kam olma eksport qildi.

Aprel-iyul oylarida Erondan olma eksporti 180-220 ming tonna, mavsum davomida esa uning umumiy hajmi 950 ming tonnani tashkil etadi.

Avvalgi mavsumda Erondan olma sotib oluvchi asosiy bozorlar Iroq, Rossiya va Afg’oniston edi. 2020-yil avgustidan 2021-yil martigacha bo’lgan davrda Eron olma eksportining 73%i ushbu uch mamlakatga to’g’ri keldi. Erondan yana 29 foiz olma Hindiston, Birlashgan Arab Amirliklari va Qozog’istonga yetkazib berildi.

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »