Месяц: Июнь 2021

Malayziya Palma yog‘i Kengashi(MPOC) bilan video-konferensiya bo‘lib o‘tdi

O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi, Malayziya Palma yog‘i Kengashi(MPOC) hamda O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi o‘rtasida videokonferensiya tashkil etildi.

Masofaviy muloqot davomida Malayziyadan O‘zbekistonga palma yog‘i importi hajmini oshirish, mavjud kamchiliklarga hamkorlikda yechim topish masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda uyushma xodimlari tomonidan mamlakatimizdagi qishloq xo‘jaligi ekinlarini xalqaro sifat standartlari asosida qayta ishlash hajmini oshirish, shuningdek, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida batafsil maʼlumot berildi.

Tadbirning samarasi o‘laroq, Malayziya palma yog‘i Kengashi vakillari va uning aʼzolarini O‘zbekistonda tashkil etiladigan B2B uchrashuvlari, ko‘rgazmalarga jalb etishga kelishib olindi.

Video-konferensiya O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi yordamida tashkil etildi. Ko‘mak uchun Oziq-ovqat sanoati uyushmasi jamoasi elchi janoblari Ravshan Usmonovga o‘z samimiy minnatdorchiligini bildirib o‘tadi.

Davra suhbati

Qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 iyundagi «Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-6240-son Farmoniga binoan Texnik jihatdan tartibga solish agentligi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

12 iyun kuni Oziq-ovqat sanoati uyushmasida mazkur tashkilot direktori Dilshod Sattorov bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Uning taʼkidlashicha, qandolatchilik mahsulotlariga yangi davlat standartlari joriy etilgan.

2021 yil 1 sentyabrdan yangi standart talablari bo‘yicha isteʼmol bozorlarini nazorat qilish boshlanadi.

Ishlab chiqarish jarayonini yangi standartlarga moslashtirishni tadbirkorlarga tushuntirish maqsadida 17 iyun kuni yig‘ilish bo‘lib o‘tadi.

Unda ishtirok etishga barchani taklif etamiz!
Manzil: Metrologiya ilmiy-tadqiqot instituti

Ushbu turdagi tadbirlar iyun oyi davomida go‘sht va sut mahsulotlari, quruq meva ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar uchun ham o‘tkaziladi. Uchrashuv xabarlari rasmiy kanallarimizda eʼlon qilib boriladi.

O’z yetishtirgan oziq-ovqat mahsulotlaringizni chet elga eksport qilishni istaysizmi?

Yoki bo’lmasam, ishlab chiqarayotgan mahsulotlaringizga Halol, GlobalG.A.P. kabi xalqaro sifat sertifikatlarini olishni-chi, xohlaysizmi?

Bu niyatlaringizni muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirishda O’zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi sizga eng yaqin ko’makchidir!

Taklif etiladigan xizmatlar:

  • standartlashtirish va sertifikatlash;
  • buxgalteriya, audit, soliq;
  • eksport-import;
  • marketing;
  • brending;
  • bojxona xizmatlari;
  • xorijiy ko’rgazmalarda ishtirok etishni ta’minlash;
  • biznesni rivojlantirish va mutaxassislar malakasini oshirish.

O’zOSU: halol mehnat, mo’l rizq, xalq farovonligi!

Murojaat uchun:
+998997232111
+998712203313

Qadrli tadbirkorlar!

Oziq-ovqat sanoati sohasida faoliyat yurituvchi kadrlarni tayyorlash va ularning bilim, ko’nikma, malakalarini oshirish rejalarini ishlab chiqish maqsadida maxsus davra suhbatini o’tkazish rejalashtirilmoqda.

Uchrashuv O’zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi hamda Germaniya Xalqaro Hamkorlik jamiyati hamjihatligida tashkil etilmoqda.

Yig’ilishda oziq-ovqat sanoati sohasida dual ta’lim tizimi yo’lga qo’yish bo’yicha maxsus dastur — PECA(Markaziy Osiyoda kasbiy ta’lim) loyihasining taqdimoti bo’lib o’tishi kun tartibidan o’rin olgan.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, mazkur davra suhbatida siz ham ishtirok etib, yo’lga qo’yilmoqchi bo’lgan yangi loyiha borasida o’z fikr va mulohazalaringizni bildirishingiz mumkin.

O’tkazilish vaqti: 2021-yil 9-iyun, chorshanba

Manzil: Toshkent shahri

Uchrashuvda qatnashmoqchi bo’lsangiz, quyidagi raqamlarga murojaat qiling:
+998997232111
+998712203313

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »