Месяц: Июль 2021

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi hamda O‘zbekiston oziq-ovqat sanoat uyushmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

#memorandum

#oliy_ta‘lim

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi hamda O‘zbekiston oziq-ovqat sanoat uyushmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandum o‘z ichiga Oziq-ovqat sanoati sohasida o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlash, ularning kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish hamda ishlab chiqarish va taʼlim integratsiyasini taʼminlashni qamrab oladi.

Hamkorlik doirasida professional taʼlim tizimida oziq-ovqat sanoati sohasiga tegishli kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha o‘quv-meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqish va takomillashtirish yuzasidan takliflar berish, dual taʼlim tamoyillari asosida kadrlar tayyorlash dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha ish beruvchi tashkilotlar va taʼlim muassasalari hamkorligini taʼminlashga kelishib olindi.

Shuningdek, mazkur sohada faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar mutaxassislarini yaratilayotgan o‘quv meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqishga jalb qilish belgilandi.

«Ҳиндистон-МДҲ Озиқ-овқат ва ичимликлар» онлайн кўргазмаси бўлиб ўтади.

26-28 iyul kunlari «Hindiston-MDH Oziq-ovqat va ichimliklar» onlayn ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Unda MDH davlatlari Armaniston, Ozarbayjon, Belorussiya, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Ukraina, O‘zbekistondan vakillar ishtirok etishi kutilmoqda.

Virtual ko‘rgazmada qandolatchilik, go‘sht, parrandachilik, dengiz, sut mahsulotlari, quruq mevalar, meva va sabzavotlar, alkogolsiz ichimliklar, yog‘ va moyli urug‘lar, pulslar, don, shakar va un, ziravorlar, choy, kofe, sharob va spirtli ichimliklar ishlab chiqaruvchilar, distribyutorlar, eksportchi-importchilar, supermarketlar tarmoqlari xodimlari qatnashishlari mumkin!

Onlayn ko‘rgazmada ishtirok etishni xohlasangiz, quyidagi raqamga murojaat eting:

@babdurakhmanov

+998985775353

O‘zbekiston va Pokiston kompaniyalari guruhi o‘rtasida 10 mln. AQSH dollarilik hamkorlik memorandumi imzolandi.

O‘zbekistonning «Evergreen Agriculture» kompaniyasi va Pokistonning H.K.M kompaniyalar guruhi o‘rtasida 10 mln. AQSH dollarilik hamkorlik memorandumi imzolandi.

Toshkent shahri imzolangan mazkur memorandum tovar va xizmatlarni O‘zbekistondan boshqa mamlakatlarga eksport qilishni rag‘batlantirishni o‘z ichiga oladi.

Memorandum doirasida tijorat vositachilik operatsiyalarini o‘tkazish, tovarlarni o‘z mablag‘lari hisobiga va konsignatsiya asosida sotib olish, bozor tahlili (tarmoqlar bo‘yicha talab va taklif, daraja, o‘rtacha vaznli narxlar, buyurtma portfeli, boshqa parametrlar)ni yig‘ish, chet elda potensial xaridorlarni qidirish, yuqori texnologiyali va innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish va sotishning hamkorlikda amalga oshirilishiga kelishib olindi.

Ikki tashkilot o‘rtasidagi memorandum O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi ko‘magi bilan imzolandi!

Oziq-ovqat mahsulotlarini minimal-maximal narxlari

Hududiy-markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalariga ko‘ra alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari:

🥩 Suyakli mol go‘shti (1 kg) ➖ 45000 – 68000 so‘m

🍗 Qo‘y go‘shti (1 kg) ➖ 52000 – 80000 so‘m

🥔 Kartoshka (1 kg) ➖ 1500 – 5000 so‘m

🧅 Piyoz (1 kg) ➖ 800 – 3500 so‘m

🥕 Sabzi (1 kg) ➖ 3000 – 10000 so‘m

🥚 Tuxum (10 dona) ➖ 5000 – 14000 so‘m

🍚 Guruch (1 kg) ➖ 5000 – 18000 so‘m

🌻 O‘simlik yog‘i (1 l) ➖ 14000 – 24000 so‘m

🍚 Shakar (1 kg) ➖ 7500 – 9000 so‘m

Manba: stat.uz

O‘z ishlab chiqargan mahsulotingizni muvaffaqiyatli tarzda xorijga eksport qilishni xohlaysizmi?

Unda Oziq-ovqat sanoati uyushmasining «Eksport xizmatlari» aynan siz uchun!

Xizmat o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:

— Xorijiy davlatlardan kelgan savdo takliflarini tadbirkorga taqdim etish;

— Eksport sug‘urta polisini subsidiya bilan olishda ko‘maklashish;

— Logistika xarajatlarini 50% gacha subsidiyasi bilan olib berish.

O‘z biznesingizni yana bir karra yuqori pog‘onaga ko‘tarish vaqti keldi!

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

+998985775353

O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi va Gollandiyaning Alltech-Coppens kompaniyasi o‘rtasida video-muloqot bo‘lib o‘tdi.

Unda Belgiyaning Akvakultura va Artemiya maʼlumotlar markazi bilan O‘zbekiston Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda belgiyalik yetakchi veterinar Mr. Bram Meersmanning O‘zbekiston Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti jamoasi uchun mamlakatimizda uchraydigan baliq kasalliklari va ularning oldini olish yo‘llari haqidagi darslarini davom ettirishi maʼlum qilindi.

Muloqotning natijasi o‘laroq, mamlakatimizda Akvakultura (baliqchilik) yo‘nalishida bilim beradigan oliy taʼlim muassasalari va akvakultura sohasida dunyoda yetakchi hisoblangan Vageningen (Wageningen, Germany) uninversiteti talabalari o‘rtasida malaka hamda tajriba almashishni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Latviya ELBI kompaniyasi O’zbekistonda 3 ming tonna qovun sotib olishni rejalashtirmoqda

O‘zbekistonning Riga shahridagi elchixonasi ko‘magi bilan “ELBI” kompaniyasi tomonidan Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida o‘zbek fermerlari yetishtirgan katta miqdordagi poliz mahsulotlarini Latviyaga yetkazib berish tashkil qilindi.

2020 yil oxirida Latviya o‘zbek qovunlarini sotib olish bo‘yicha eng yirik importchilarning beshtaligiga kirdi. Joriy yilda ELBI kompaniyasi O‘zbekistondan 400 tonna karam va 400 tonna piyoz import qildi. 2021 yil oxiriga qadar Latviyaning ELBI kompaniyasi 3 ming tonnagacha o‘zbek qovunini xarid qilishni rejalashtirmoqda.

Maʼlumot uchun, Latviyaning “ELBI” kompaniyasi 1992 yilda tashkil topgan bo‘lib, meva-sabzavot mahsulotlarini Yevropa bozoriga yirik import qiluvchilardan biri hisoblanadi. Mazkur tashkilot Riga va Latviya, Estoniya va Litvaning boshqa hududlaridagi do‘konlar, supermarketlarga ekspeditsiya olib boradi.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »