2021 yilning yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 1 191,5 ming tonna go‘sht (tirik vaznda) yetishtirilgan

Xo‘jalik toifalari orasida go‘sht yetishtirishning eng katta hajmi 1 102,7 ming tonna yoki umumiy yetishtirish hajmidan 92,5 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida qayd etildi.

? Go‘sht yetishtirishning umumiy hajmiga nisbatan eng yuqori ulush Toshkent viloyatiga (12,3 %) to‘g‘ri keldi. Shu bilan birga, eng past ulush Sirdaryo viloyatida (2,8 %) kuzatildi.

Manba: stat.uz

? Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

2021 yilning yanvar – iyun oylarida mamlakatimizda 45 497 tonna uzum yetishtirilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar – iyun oylarida mamlakatimizda 45 497 tonna uzum yetishtirilgan.

Uzum yetishtirishda o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda o‘sish surʼati 105,1 %ni tashkil qildi, uning yuqori hajmlari 24 ming tonna yoki umumiy yetishtirish hajmidan 52,7 % i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida qayd etildi.

Uzum yetishtirishning umumiy hajmiga nisbatan eng yuqori ulushga ega bo‘lgan hududlar quyidagilar:

Surxondaryo viloyati – 30,1 %

Qashqadaryo viloyati – 13,9 %

Namangan viloyati – 11,8 %

Buxoro viloyati – 11,4 %

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Mamlakatimizda bulg‘or qalampirining yuqori mahsuldor bo‘lgan yangi navi yaratildi.

Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimi Bahodir Ibrohimovning so‘zlariga ko‘ra, bu nav duragay navga kirmaydi. Mazkur nav shirin qalampirning eksportga mo‘ljallangan navi hisoblanadi.

Bulg‘or qalampirining “Zumrad» navi uzoq muddat davomida bir davlatdan ikkinchi davlatga tashish hamda omborxolarda saqlash uchun chidamli va yaroqli sanaladi.

Shuningdek, mazkur nav boshqa navlarga qaraganda yuqori hosildorlikka ega yaʼni gektariga 60 tonnagacha hosil olish mumkin. “Zumrad” navining meva berish davri qishki sovuq boshlanishigacha davom etadi.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Uzum va shaftoli/nektarin O‘zbekistondan yangi meva va sabzavotlarni eksport qilishdagi transport so‘rovlari reytingida yetakchi o‘rinni egalladi.

So‘nggi 10 kun ichida uzum va shaftoli/nektarin O‘zbekistondan yangi meva va sabzavotlarni eksport qilishdagi transport so‘rovlari reytingida yetakchi o‘rinni egalladi.

Eksportchilar va logistika xizmatlari bozori ishtirokchilarining maʼlumotlariga ko‘ra, yangi meva va sabzavotlarni tashqi bozorga jo‘natish uchun avtotransport vositalariga bo‘lgan umumiy so‘rovlarning 70 foizga yaqini ikkita mahsulot yaʼni uzum va shaftoli/nektaringa to‘g‘ri keladi.

So‘rovlarning 40-50 foizini uzum, taxminan 20-30 foizini shaftolbga bo‘lgan talab tashkil etadi. Shunga ko‘ra, mamlakatimiz meva va sabzavotlar eksportida ayni paytda birinchi o‘rinni uzum, ikkinchi o‘rinni shaftoli va nektarinlar egallab turibdi, desak, adashmaymiz.

Malumot uchun, uzum Rossiya, Ukraina, Belorussiya va Qozog‘istonga jo‘natiladi. Shaftoli va nektarinlar esa Rossiya, Belorussiyaga, Ukraina va Polshaga eksport qilinadi.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

O’zbekiston 8,9 ming tonna shaftoli eksport qildi

Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2021 yilning 6 oyida xorijga qiymati 7,1 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 8,9 ming tonna shaftoli eksport qilgan.

Shaftoli eksporti o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 6,5 ming tonnaga kamaygan.

2021 yilning 6 oyi davomida O‘zbekiston shaftoli eksport qilgan davlatlar:

– Qozog‘iston – 4,1 ming tonna

– Rossiya – 4,1 ming tonna

– Qirg‘iz R. – 748,3 tonna

– Belarus – 6,7 tonna

– Ukraina – 5,9 tonna

– BAA – 2,1 tonna

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Hindiston Savdoni rag‘batlantirish Kengashi hamda O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Hamkorlik O‘zbek-Hind tadbirkorlari orasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yana-da mustahkamlash, hamjihatlikda oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar ishlab chiqish va ularni amaliyotga tatbiq etish yo‘lga qo‘yildi.

Taʼkidlash joizki, O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamda investitsiya sohalaridagi aloqalarni rivojlantirish uchun ulkan salohiyat mavjud. Hindiston O‘zbekistonda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va boshqa keng turdagi mollar uchun keng isteʼmol salohiyatiga ega.

Mazkur hamkorlik memorandumi ikki davlat o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik aloqalarini yana bir yangi pog‘onaga olib chiqishiga ishonchimiz komil!

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Qadrli tadbirkorlar!

2021 yil 23 noyabr kuni «O‘zbekiston: savdoni moliyalashtirish – 2021» to‘rtinchi yillik xalqaro onlayn konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.

Unda hozirgi iqtisodiy vaziyat, pandemiya vaqtida eksport-import faoliyatida qanday o‘zgarishlar yuz berganligi, korporatsiyalarning savdoni moliyalashtirish uchun qanday alternativalarni tanlashi ko‘proq samara berishi kabi mavzularda uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.

Konferensiya Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Jahon jamg‘arma va chakana bank instituti ko‘magi ostida tashkillashtirilmoqda.

Onlayn konferensiyada ishtirok etish orqali o‘z biznesingiz moliyaviy rejalarini zamon talabiga ko‘ra avvaldan belgilash bo‘yicha qimmatbaho maʼlumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin!

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »