Месяц: Сентябрь 2021

Karam eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 7,1 ming tonnaga oshgan.

Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2021 yilning 7 oyida O‘zbekiston 15 ta xorijiy mamlakatlarga qiymati 16,9 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 90,8 ming tonna karam eksport qilgan.

Karam eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 7,1 ming tonnaga oshgan.

O‘zbekiston eng ko‘p karam eksport qilgan davlatlar:

• Qozog‘iston – 59,1 ming tonna

• Rossiya – 20,8 ming tonna

• Ukraina – 5,0 ming tonna

• Belarus – 2,8 ming tonna

• Qirg‘iz R. – 1,9 ming tonna

2021 yilning 7 oyida eng ko‘p karam eksport qilgan hududlar:

— Toshkent viloyati – 32,4 ming tonna

— Xorazm viloyati – 10,3 ming tonna

— Surxondaryo viloyati – 7,0 ming tonna

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlari importi

Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston 11 ta xorijiy davlatdan qiymati 2,5 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 643,9 tonna muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarini import qilgan.

Muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlari importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 102,9 tonnaga oshgan.

O‘tgan 7 oy mobaynida import qilingan muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarinining eng katta ulushiga ega bo‘lgan davlatlar:

— Rossiya – 329,2 tonna

— Qozog‘iston – 225,9 tonna

— Belorus – 43,1 tonna

— Fransiya – 26,4 tonna

— Litva – 16,5 tonna

— Polsha – 2,0 tonna

— Ispaniya – 0,5 tonna

— Germaniya – 0,1 tonna

— Italiya – 0,1 tonna

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Bugun «International Hotel Tashkent» mehmonxonasida anjumanning birinchi kuniga start berildi.

2021 yil 8-10 sentyabr kunlari poytaxtimiz Toshkent shahrida qishloq xo‘jaligi biznesi vakillari uchun Ipak yo‘li mintaqasidagi eng yirik tadbirlardan biri — «Osiyo don va moy» konferensiyasi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi.

Bugun «International Hotel Tashkent» mehmonxonasida anjumanning birinchi kuniga start berildi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash, savdo, logistika, sarmoya, texnologiya, moliya bilan shug‘ullanadigan 20 dan ortiq mamlakatdan konferensiyada ishtirok etish uchun vakillar taklif qilingan.

Uchrashuvda «Markaziy Osiyo logistika va infratuzilmasi: muammolar va yangi istiqbollar», «O‘zbekiston agrosanoat majmuasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish» kabi bir qancha dolzarb mavzularning muhokama etilishi kun tartibiga kiritilgan.

Ayni damda «Osiyo don va moy» konferensiyasida O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi Bahodir Umirshayxov ham ishtirok etib, muhokamalarda o‘z fikrlarini bildirib o‘tmoqda.

Murojaat uchun:
+998997232111

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »