День: 05.10.2021

O‘zbekiston 2021 yilning yanvar-avgust oylarida 21 ta xorijiy davlatdan qiymati 26,5 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 19,8 ming tonna choy import qilgan.

Choy importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 464,5 tonnaga kamaygan.

2021 yilning 8 oyida O‘zbekiston choy mahsulotini eng ko‘p import qilgan davlatlar:

• Xitoy – 15,6 ming tonna

• Keniya – 1,6 ming tonna

• Eron – 640,7 tonna

• Hindiston – 425,5 tonna

• Indoneziya – 417,2 tonna

• Vyetnam – 326,1 tonna

• Shri-Lanka – 318,5 tonna

• Rossiya – 289,2 tonna

• BAA – 168,7 tonna

• Qozog‘iston – 16,2 tonna

• Turkiya – 12,6 tonna

• Ozarbayjon – 7,9 tonna

• Ukraina – 3 tonna

• Germaniya – 1,2 tonna

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Hindistonda har yili tashkil etiladigan oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha eng yirik tadbir – «INDUS FOOD — 2022» ga start berildi!

«INDUS FOOD — 2022» ko‘rgazmasi Hindistonning eng yirik savdo tadbirlaridan biri bo‘lib, unda bu yili 700 dan ziyod hind ishlab chiqaruvchilari o‘z mahsulotlarini namoyish etishadi.

Shuningdek, ko‘rgazmaga 80 mamlakatdan 1300 dan ortiq oziq-ovqat sanoati sohasi vakillari: ishlab chiqaruvchilar, distribyutorlar, global xaridorlar kelishi kutilmoqda.

Ayni paytda O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi tomonidan ushbu xalqaro ko‘rgazmaga boradigan tadbirkorlar ro‘yxati shakllantirilmoqda.

Sizda ham mazkur yirik tadbirda ishtirok etish istagi bo‘lsa, quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin:

+998 98 577 53 53

O‘zbekiston 2021 yilning yanvar-avgust oylarida qiymati 2,6 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan 2,5 ming tonna sarimsoqpiyoz eksport qildi.

Sarimsoqpiyoz eksporti o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 765,7 tonnaga oshgan. 2021 yilning 8 oyida O‘zbekiston sarimsoqpiyoz eksport qilgan asosiy davlatlar:

• Rossiya – 1,3 ming tonna

• Qozog‘iston – 625 tonna

• Qirg‘iz R. – 326 tonna

• Ukraina – 190 tonna

• Turkmaniston – 70 tonna

• Mongoliya – 36 tonna

• Belarus – 16 tonna

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »