Biz haqimizda

O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi 

         Yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish, isteʼmol tovarlarining ommaviy tarzda ishlab chiqarilish samaradorligi va sohadagi mehnat unumdorligini oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 09.09.2020-yildagi PQ 4821-sonli qarorining amaliyotga tadbiq etilishiga ko‘maklashish hamda eksport-import faoliyati bilan shug‘ullanuvchi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni mazkur qarorning ijrosini taʼminlashga kengroq jalb etish maqsadida O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi tashkil etilgan.
       Uyushma Adliya vazirligi tomonidan №242-reestr tartib raqami bilan 2020-yil 29-oktabr kuni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Mazkur tashkilot zamonaviy oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasini to‘laqonli mexanizatsiyalash hamda mahalliy miqyosda tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlarini chetga eksport qilishga ko‘maklashadi.
     O`zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi bugungi kunda 2500 dan ortiq korxonalarni qamrab oladi.

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »