Industrial zonalar

«Navoiy» erkin iqtisodiy-industrial zonasi

Viloyatda jahon standartlariga javob beradigan va jahon bozorlarida talab qilinadigan mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydigan, zamonaviy yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy investitsiyalarni, birinchi galda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, Navoiy viloyatining sanoat salohiyatini, ishlab chiqarish, transport-tranzit va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 2 dekabrda PF-4059-sonli Farmoni qabul qilindi.

Mazkur farmonga ko‘ra «Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zona hududida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining asosiy yo‘nalishi — zamonaviy xorijiy yuqori unumli asbob-uskunalar va texnika, texnologik liniyalar va modullar, innovatsiya texnologiyalarini joriy etish hisobiga yuqori texnologiyali, jahon bozorlarida raqobatbardosh mahsulotlarni keng ko‘lamda ishlab chiqarishdan iborat etib belgilandi.

«Angren» maхsus industrial zonasi

TOSHKENT VILOYATI — Maydoni  – 15,3 ming kv.km

Aholi soni –  2628,7 ming kishi
Tuman va shaharlar soni – 18 ta
Yirik korxonalar – 87 ta
Kichik korxonalar – 3000dan ortiq

Jahon bozorida raqobatbardosh va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlarni zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish;
 To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish borasida qulay shart-sharoitlar yaratish;
 Mineral xom-ashyo resurslarini yanada chuqurroq qayta ishlash bo‘yicha yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish;
 Maxsus industrial zona va respublika korxonalari o‘rtasida mustahkam kooperatsion aloqalar o‘rnatish hamda mahalliy xom-ashyolar negizida yuksak texnologiyali mahsulot ishlab chiqarishni mahalliylashtirish.

 INVESTITSION LOYIHALAR BO‘YICHA BERILADIGAN SOLIQ IMTIYOZLARI:

  • 300 ming AQSh dollaridan 3 mln. AQSh dollarigacha –   3 yil muddatga;
  •  3 mln. AQSh dollaridan 10 mln. AQSh dollarigacha –     5 yil muddatga;
  •  10 mln. AQSh dollaridan ortiq bo‘lganda –                     7 yil muddatga.

«Jizzax» maхsus industrial zonasi

Manzili: Jizzax shahri, Sharof Rashidov shoh ko‘chasi, 64-uy

Tel.: 8 (372) 226-72-56

Elektron manzil: said.cm@mail.ru

Jizzax MIZni tashkil etish bo‘yicha huqqkiy-normativ hujjatlar.

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »