Рубрика:E’lonlar

Qadrli tadbirkorlar!

2021 yil 23 noyabr kuni «O‘zbekiston: savdoni moliyalashtirish — 2021» to‘rtinchi yillik xalqaro onlayn konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.

Unda hozirgi iqtisodiy vaziyat, pandemiya vaqtida eksport-import faoliyatida qanday o‘zgarishlar yuz berganligi, korporatsiyalarning savdoni moliyalashtirish uchun qanday alternativalarni tanlashi ko‘proq samara berishi kabi mavzularda uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.

Konferensiya Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Jahon jamg‘arma va chakana bank instituti ko‘magi ostida tashkillashtirilmoqda.

Onlayn konferensiyada ishtirok etish orqali o‘z biznesingiz moliyaviy rejalarini zamon talabiga ko‘ra avvaldan belgilash bo‘yicha qimmatbaho maʼlumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin!

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

O‘z ishlab chiqargan mahsulotingizni muvaffaqiyatli tarzda xorijga eksport qilishni xohlaysizmi?

Unda Oziq-ovqat sanoati uyushmasining «Eksport xizmatlari» aynan siz uchun!

Xizmat o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:

— Xorijiy davlatlardan kelgan savdo takliflarini tadbirkorga taqdim etish;

— Eksport sug‘urta polisini subsidiya bilan olishda ko‘maklashish;

— Logistika xarajatlarini 50% gacha subsidiyasi bilan olib berish.

O‘z biznesingizni yana bir karra yuqori pog‘onaga ko‘tarish vaqti keldi!

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

+998985775353

Qadrli tadbirkorlar!

O‘zbekiston hamda Pokiston o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy

xamkorlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida 14-15 iyul kunlari Toshkent shahrida ikki davlat ishbilarmon doiralari o‘rtasida biznes-forum o‘tkazish rejalashtirilgan.

Mazkur biznes-forumda Pokistondan kariyb 100 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Biznes-forum davomida tadbirkorlar tomonidan B2B uchrashuvlarida savdo va investitsiyaviy

shartnomalarni imzolash xam belgilangan.

Agarda siz Pokiston tadbirkorlari bilan hamkorlikda investitsiyaviy loyihalari amalga oshirmoqchi bo‘lsangiz, forumda ishtirok etish orqali ikki tomonlama manfaatli shartnomalar imzolashingiz mumkin.

O‘zbekiston-Pokiston biznes-forumida qatnashmoqchi bo‘lsangiz, quyidagi raqamlarga murojaat eting:

+998997232111

+998712203313

Bojxona xizmati

Hurmatli tadbirkorlar!

O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi 5 iyul sanasidan 5 avgust sanasiga qadar Bojxona sohasiga doir xizmatlarni 15% chegirma asosida taqdim etadi!

Xizmat o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:

— Bojxona chegaralarida hujjatlarini rasmiylashtirishga amaliy yordam berish;

— Mahsulot va xomashyo kodlari hamda davlat to‘lovlarini aniqlashtirishda ko‘maklashish.

Bojxona xizmatlaridan chegirma asosida foydalanishni istrasangiz, quyidagi raqamlarga murojaat eting:

+998997232111

+998712203313

Qadrli tadbirkorlar!

Oziq-ovqat sanoati sohasida faoliyat yurituvchi kadrlarni tayyorlash va ularning bilim, ko’nikma, malakalarini oshirish rejalarini ishlab chiqish maqsadida maxsus davra suhbatini o’tkazish rejalashtirilmoqda.

Uchrashuv O’zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi hamda Germaniya Xalqaro Hamkorlik jamiyati hamjihatligida tashkil etilmoqda.

Yig’ilishda oziq-ovqat sanoati sohasida dual ta’lim tizimi yo’lga qo’yish bo’yicha maxsus dastur — PECA(Markaziy Osiyoda kasbiy ta’lim) loyihasining taqdimoti bo’lib o’tishi kun tartibidan o’rin olgan.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, mazkur davra suhbatida siz ham ishtirok etib, yo’lga qo’yilmoqchi bo’lgan yangi loyiha borasida o’z fikr va mulohazalaringizni bildirishingiz mumkin.

O’tkazilish vaqti: 2021-yil 9-iyun, chorshanba

Manzil: Toshkent shahri

Uchrashuvda qatnashmoqchi bo’lsangiz, quyidagi raqamlarga murojaat qiling:
+998997232111
+998712203313

Oziq-ovqat sanoati uyushmasi rasmiy ochilish marosimi!

Qadrli kuzatuvchilar,
26-may sanasida Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida O’zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasining rasmiy ochilish marosimi bo’lib o’tadi.

Tadbirda uyushmaning tashkil etilganidan buyon(29.10.2020) yetti oylik faoliyati davomida amalga oshirgan ishlari, kelgusida rejalashtirgan maqsad va vazifalari haqida so’z boradi.

Shuningdek, bugungi kunda oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish, ishlab chiqarish, qayta ishlash hamda eksport qilishda davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, sohada yuzaga kelayotgan masalalar va ularga yechim bo’lgan tendensiyalar mavzulariga alohida to’xtalib o’tiladi.

Marosimda turli vazirlik, qo’mita, agentlik va xalqaro tashkilotlar vakillarining ishtiroki rejalashtirilgan.

📲 Agarda sizda ham ushbu tadbirda qatnashish istagi bo’lsa, quyidagi raqamlarga murojaat qiling:

+998997232111
+998712203313

O’zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi a’zolari uchun yana bir bepul ko’rgazma!

Qadrli tadbirkorlar!

Turkiyaning SOFUAR xalqaro ko’rgazma kompaniyasi tomonidan 2021-yil 10-iyundan 12-iyungacha O’zbekistonda ishbilarmon doira vakillarini bir joyga to’playdigan uchrashuv o’tkazish rejalashtirilmoqda.

Bu AGRO-PACK UZBEKISTAN xalqaro ko’rgazmasi bo’lib, unda oziq-ovqat texnologiyalari, qadoqlash va issiqxona uskunalari taqdimotlari bo’lib o’tadi.

Mazkur tadbir O’zbekistonda ikkinchi marta tashkil etilmoqda. Ko’rgazma doirasida o’zbek va turk tadbirkorlari o’rtasida B2B shaklida uchrashuvlar bo’lib o’tadi. Ko’rgazmada Turkiyaning turli uskunalarni ishlab chiqaradigan 30 ta yetakchi kompaniyasi ishtirok etadi.

Ko’rgazmada ishtirok etish narxi:
25-40 million so’m.

O’zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi a’zolari uchun ko’rgazmada ishtirok etish mutlaqo bepul!

Ko’rgazmada qatnashish istagida bo’lganlar, quyidagi raqamga murojaat qiling:

+998712203313
+998997232211

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi xodimlari tomonidan joylarda o‘simlik yog‘i narxlari bo’yicha monitoring ishlari o’tkazildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi: Kungaboqar yog‘i — 18-21 ming; Paxta yog‘i — 13-18 ming so‘m;

Navoiy viloyati: Kungaboqar yog‘i — 17-24 ming; Paxta yog‘i — 15-20 ming;

Qashqadaryo viloyati: Kungaboqar yog‘i — 18-20 ming; Paxta yog‘i — 17-20 ming;

Surxondaryo viloyati: Kungaboqar yog‘i — 19-22 ming; Paxta yog‘i — 16-18 ming;

Jizzax viloyati: Kungaboqar yog‘i — 19-21 ming; Paxta yog‘i — 15-19 ming;

Samarqand viloyati: Kungaboqar yog‘i — 18-26 ming; Paxta yog‘i — 14-22 ming;

Farg‘ona viloyati: Kungaboqar yog‘i — 18,5-25 ming; Paxta yog‘i — 14-19 ming;

Namangan viloyati: Kungaboqar yog‘i — 18-22 ming; Paxta yog‘i — 16,5-18ming;

Andijon viloyati: Kungaboqar yog‘i — 18-23 ming; Paxta yog‘i — 12-20 ming;

Buxoro viloyati: Kungaboqar yog‘i — 17-22 ming; Paxta yog‘i — 18-23 ming;

Toshkent shahri: Kungaboqar yog‘i — 18-22 ming; Paxta yog‘i — 16-20 ming;

Xorazm viloyati: Kungaboqar yog‘i — 17-22 ming; Paxta yog‘i — 14-17 ming;

Toshkent viloyati: Kungaboqar yog‘i — 17-25 ming; Paxta yog‘i — 14-20 ming.

Murojaat uchun:
+998997232111
+998712203313

USAID tashkiloti tomonidan bog`dorchilik mahsulotlari bo`yicha «Raqobatdoshlik, savdo va ish o’rinlarini yaratish» (CTJ) loyihasi

USAID tashkiloti tomonidan bog’dorchilik mahsulotlari qadoqlash va eksportini targ’ib qilish bo’yicha «Raqobatdoshlik, savdo va ish o’rinlarini yaratish» (CTJ) loyihasi tashkil etilmoqda.

Loyiha 2021-yil 8-19 aprel kunlari virtual tarzda bo’lib o’tadi. Unda ishtirok etmoqchi bo’lganlar quyidagi link orqali ro’yxatdan o’tishlari mumkin:
https: //docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSc9htjr6jkrFllE_-F2DqyJvFaBsS9Xj5mQIhIVyMZt1hv0aQ/viewform

Virtual mashg’ulotlar kunlari va mavzulari:

• 8-aprel: Olmani eksport qilish;

• 12-aprel: Issiqxona sabzavotlarini eksport qilish;

• 14-aprel: Yong’oq va quritilgan mevalarni eksport qilish;

• 16-aprel: Yangi gilos va boshqa mevalarni eksport qilish;

• 19-aprel: Uzumni eksport qilish.

Onlayn tadbirlar 13:00 — 15:00 (Ashxobod, Dushanbe va Toshkent vaqti) hamda 14:00 — 16:00 da (Bishkek va Nur-Sulton vaqti bilan)o’tkaziladi.

Murojaat uchun:
+998997232111
+998712203313

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »