Рубрика:Maqolalar

Kodeks Alimentarius haqida bilasizmi?

Kodeks Alimentarius ( lotincha  “Codex Alimentarius”  — Oziq-ovqat kodeksi) — FAO / JSST Xalqaro oziq-ovqat standartlari va qoidalari kodeksini amalga oshirish bo’yicha  Xalqaro komissiya tomonidan qabul qilingan oziq-ovqat mahsulotlarining standartlari to’plami hisoblanadi. Kodeks standartlari asosiy oziq-ovqat mahsulotlari, qayta ishlangan ovqatlar, shuningdek, qayta ishlanmagan oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablarni o’z ichiga oladi.

KODEKS ALIMENTARIUS xalqaro standartlari, ko’rsatmalari, qoidalari oziq-ovqat xavfsizligi va sifatini ta’minlashga yordam beradi, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlarining adolatli savdosini rivojlantirishga ko’maklashadi. Kodeks yordamida iste’molchilar sotib olgan oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi va sifatiga ishonch hosil qilishlari, import qiluvchilar buyurtma qilingan oziq-ovqat mahsulotlarining talab xususiyatlariga mos kelishiga amin bo’lishlari mumkin.Bir so’z bilan aytganda, Kodeks alimentarius har bir inson uchun hamma joyda xavfsiz va sifatli oziq-ovqat kafolati sanaladi.

Hozirda 215 ta tashkilot (hukumatlararo, nohukumat va BMT organlari) ushbu kodeksning kuzatuvchisi maqomiga ega hisoblanadi. 2012-yilda mazkur kodeks komissiyasi tarkibiga 186 mamlakat qatorida Yevropa Ittifoqi ham kirgan.

Tarixi

Kodeks Alimentarius komissiyasi 1963-yilda farmatsevtika sanoati ta’siri ostida tashkil etilgan.  Kodeks FAO konferensiyasining 1961-yildagi o’n birinchi sessiyasi va Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining o’n oltinchi assambleyasida qabul qilingan qarorlarga muvofiq tuzilgan. Biroq Kodeks Alimentarius nomining tarixiy ildizlari “Alimentarius Austriacus Codexdan” olingan sanaladi(bu 1897-yildan 1911-yilgacha bo’lgan davrda Avstriya-Vengriya imperiyasida ishlab chiqarilgan ko’plab oziq-ovqat mahsulotlarining standartlari va tavsiflari to’plamining nomi). 

Qo’llanish doirasi

Kodeks barcha oziq-ovqat mahsulotlari: ham qayta ishlangan, ham xomashyo mahsulotlarini tartibga soladi. Ushbu kodeks mahsulotlarning ayrim turlari uchun standartlardan tashqari mahsulotni etiketkalash, oziq-ovqat gigiyenasi, qo’shimchalari, xavfsizligi, biotexnologiyasini o’rganish qoidalarini tartibga soluvchi umumiy standartlarni o’z ichiga oladi.

Kodeks bir nechta tillarda nashr etilgan: ingliz, fransuz, ispan. Kodeksga kiritilgan ba’zi standartlar rus va arab tillarida ham mavjud; ba’zi standartlar xitoy tiliga tarjima qilingan. 

Kodeks quyidagilarni tartibga soladi:

  • oziq-ovqat mahsulotlarini markalash (umumiy qoidalar, ovqatlanish bo’yicha korsatmalar, dastur ko’rsatmalari);
  • oziq-ovqat qo’shimchalari (asosiy standartlar, foydalanish qoidalari, oziq-ovqatda ishlatiladigan kimyoviy moddalarga talablar);
  • oziq-ovqatning ifloslanishi (umumiy talablar, oziq-ovqat mahsulotlarining radionuklidlar , alfa hamda boshqa mikotoksinlar bilan ifloslanishining chegara darajasi va boshqalar);
  • pestitsidlar va veterinariya dori-darmonlarining oziq-ovqat tarkibidagi ruxsat etilgan maksimal darajasi;
  • biotexnologik xatarlarni baholash yo’llari;
  • oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi gigiyenik talablar;
  • tahlil qilish usullari va namunalarni tanlash.

Kodeks doirasida ushbu turdagi oziq-ovqat mahsulotlari uchun maxsus standartlar mavjud:

  • Go’sht va go’sht mahsulotlari;
  • Baliq va baliq mahsulotlari;
  • Sut va sut mahsulotlari;
  • Maxsus parhezlar uchun oziq-ovqat, shu jumladan, chaqaloqlar va bolalar uchun oziq-ovqat mahsulotlari retsepti;
  • Yangi va qayta ishlangan sabzavotlar, mevalar, sharbatlar;
  • Donli va dukkakli ekinlar hamda ulardan olinadigan mahsulotlar;
  • Yog’lar va yog’ mahsulotlari;
  • Turli xil oziq-ovqat mahsulotlari (shokolad, shakar, asal, mineral suv va boshqalar).

Iste’molchilarning sog’lig’ini himoya qilish

Aholining oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog’liq tashvishlari, ko’pincha, Kodeksni global muhokamalar markaziga aylantiradi. Veterinariya dori vositalari, zararkunandalarga qarshi vositalar, oziq-ovqat qo’shimchalari va ifloslantiruvchi moddalar — bu Kodeks yig’ilishlarida muhokama qilinadgan ba’zi mavzular hisoblanadi. Kodeks standartlari mustaqil xalqaro xatarlarni baholash organlari yoki FAO va JSST tomonidan tashkil etilgan maxsus konsultatsiyalar orqali taqdim etilgan ishonchli ilmiy dalillarga asoslangan sanaladi.

Savdodagi to’siqlarni olib tashlash

Butunjahon savdo tashkilotining “Sanitariya va fitosanitariya chora-tadbirlari to’g’risida”gi bitimi(SPS) da keltirilishicha, oziq-ovqat xavfsizligi bo’yicha Kodeks standartlariga havola qilish Kodeksning savdo ziddiyatlarini hal qilishda muhim ro’l o’ynaganligini ko’rsatadi. 1963-yilda tashkil etilganidan beri Kodeks tizimi yangi muammolarga javoban ochiq va ishtirokchan shaklda rivojlanib kelmoqda. 

Kodeks standartlarining mohiyati

Kodeks standartlari va tegishli matnlarida iste’molchiga asl mahsulotni aralashmalarsiz, yuqori sifatli, tabiiy tarzda tayyorlashga doir talablar mavjud. Har qanday oziq-ovqat mahsuloti yoki mahsulot guruhi uchun kodeks standarti Kodeks tovar standartlari formatiga muvofiq ishlab chiqilishi va shunga mos tarzda unda keltirilgan bo’limlarni o’z ichiga olishi kerak.

Kodeks standartlarini qayta ko’rib chiqish

Kodeks Alimentarius komissiyasi va uning yordamchi organlari, agar kerak bo’lsa, Kodeks standartlari va tegishli matnlariga hozirgi ilmiy bilimlarga va boshqa tegishli ma’lumotlarga muvofiqlashtirish uchun o’zgartirishlar kiritishi yoki bekor mumkin. Huqiqiy jihatdan Kodeks Alimentarius komissiyasining har bir a’zosi mavjud bo’lgan Kodeks standartlariga yoki tegishli matnlarga o’zgartirishlar kiritishni talab qilishi mumkin bo’lgan yangi ilmiy va boshqa tegishli ma’lumotlarni aniqlash hamda tegishli Qo’mitaga taqdim etish uchun javobgardir.

Bahodir Umirshayxov: respublikamiz oziq-ovqat sanoati sohasida muammolar yetarlicha

O’zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi

Har qanday mamlakatda iqtisodiyotning muhim sektori bo‘lgan, davlat hayotidagi barcha sohalarning eng aktual bo‘laklaridan biri hisoblangan oziq-ovqat sanoati mahsulotlarini tayyorlash va eksportini ko‘paytirish borasida davlat dasturi doirasida bugungi kunda ko‘plab masalalarni hal qilishga kirishilgan. Jumladan, hozirda jahon bozoridagi talablardan kelib chiqqan holda eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishga ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda. Bu ishni amalga oshirish uchun oziq-ovqat sanoati bo‘yicha xalqaro standartlarni o‘rganish va faoliyatga tatbiq etish talablari tadbirkorlar hamda agromutaxassislar gardaniga qo‘yilgan dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda.

   Statistik maʼlumotlarga ko‘ra, mamlakatimizda yiliga o‘rtacha 16 million tonnadan ortiq meva-sabzavot, poliz va dukkakli mahsulotlar, 1,5 million tonnaga yaqin go‘sht, 10 million tonnaga yaqin sut ishlab chiqarilmoqda. Biroq ularni sanoat usulida qayta ishlash darajasi o‘rtacha 15-20 foizni tashkil qilmoqda. Bu o‘z-o‘zidan respublikada  agrologistika tizimi yaxshi rivojlanmaganligi va mazkur yo‘nalishda tizimli ishlarning amalga oshirilishi lozimligini tasdiqlaydi. Qolaversa, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va saralash xizmatlari talab darajasida emasligi yetishtirilgan hosilning kamida 30 foizga yaqinining isrof bo‘lishiga olib kelmoqda. Baʼzan yetishtirilgan mahsulotlarni xalqaro standartlarga mos laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazishda ham katta muammolar chiqib qolayotganligi odamni abgor holga soladi. Bir gap bilan aytadigan bo‘lsak, respublikamiz oziq-ovqat sanoati sohasida muammolar yetarlicha.

Mazkur kamchiliklarga o‘rinli yechim topib, bartaraf etishga ko‘makashish, yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish, isteʼmol tovarlarining ommaviy tarzda ishlab chiqarilish samaradorligi va sohadagi mehnat unumdorligini oshirish maqsadida 2020 yil 29 oktyabr kuni O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi  tashkil etilgan.

Joriy yilning 26 may kuni «Hyatt Regency» Tashkent mehmonxonasida tashkilotning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Bojxona qo‘mitasi, Davlat karantin qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, “O‘zbekiston Eksportchilari” uyushmasi vakillari,  15 dan ortiq ishlab chiqarish korxonalari rahbarlari hamda 20 dan ziyod ommaviy axborot vositalari xodimlari: jurnalist va blogerlar ishtirok etdi.

Dastlab, O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi rahbari Bahodir Umirshayxov so‘zga chiqib, tashkilot maqsad-vazifalari, o‘tgan 7 oy davomida amalga oshirgan ishlari haqida taqdimot qildi:

— Uyushma zamonaviy oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi to‘laqonli mexanizatsiyalashga hamda mahalliy miqyosda tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlarini chetga eksport qilishga ko‘maklashadi. O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining asosiy vazifasi oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish, ishlab chiqarish sektorlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, mahalliy tadbirkorlarning xorijiy investorlar bilan shartnomalar tuzishiga ko‘maklashish, qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish, mamlakat oziq-ovqat mahsulotlarining chet davlatlarga katta masshtabdagi ekportini amalga oshirilishini taʼminlashga yordam berish hisoblanadi.

Eʼtiborli jihati, uyushma oziq-ovqat sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish faoliyatini amalga oshiruvchi korxona hamda tashkilotlarni ixtiyoriylik asosida birlashtirgan. Bu oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga bozordagi real vaziyatni hisobga olgan holda ishlab chiqarish hajmlarini mustaqil belgilash, eksportni ko‘paytirish va xorijda milliy brendlarni ilgari surishga ko‘proq erkinlik beradi.»

Taqdimotdan so‘ng, “O‘zbekiston Eksportchilari” uyushmasi rahbari Muxtor Umarovso‘zgachiqib, qaytadan tashkil etilgan Oziq-ovqatsanoati uyushmasining mamlakatimiz eksport salohiyati uchun qay darajada muhim ahamiyatga ega ekanligi, isteʼmoltovarlarini ishlab chiqarish yo‘nalishda qilinadigan ishlar koʻlami haqida nutq so‘zladi:

  • Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni ishlab chiqarishni ilmiy asosda tasdiqlangan me’yorlar bo’yicha yetarli darajadagi va assortimentda tayyorlanish bilan birga iste’mol tovarlari sifatini oshiruvchi aholi salomatligi uchun standart standartlarga muvofiqligi, vaziyat holatlarida zarur bo’lgan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari zaxiralarini ishlab chiqarish va saqlash, hududlarni ta’minlash bo’yicha ovqat mahsulotlarining rivojlangan sanoati, o’rnatish, aholini oziq-ovqat bilan taʼminlashning eng yuqori darajasiga erishib, eksport salohiyatini rivojlantirish Oziq-ovqat sanoati uyushmasining ustuvor vazifalaridan biri, — dedi.

Tadbirni amalga oshirishda axborotni boshqarish boshqaruvi ishtirokidagi uyushma rahbariyati bilan savol-javob amalga oshirildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2019 yil 29 iyuldagi «Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va ovqatlanish-sanoat sanoatini rivojlantirish uchun ishlab chiqariladigan chora-tadbirlarni amalga oshirish to’g’risida» qaror imzolangan edi. Unga asosan, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo’yicha 174 va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish bo’yicha ishlab chiqarishni rivojlantirish bo’yicha 24 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish, meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan tumanlarda mavjud samarasiz bog’la ro’rnida 36 ming gektar intensiv guruhlar tashkil etilishi davom ettirilgandi. Uyushmaning tashkil etilishi bo’yicha qarorlarni qabul qilish amaliyotida keng va muomalada tatbiqet mavjud maʼlum maʼnoda yetakchi kuch bilan birga oladi, desakadashmaymiz!

Bahodir Umirshayxov

Sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqarishda texnologik jarayonida bo‘lgan talablar va mahsulotning xavfsizligi

Ovqatga ishlatish uchun asosan sigir sutidan foydalaniladi.  Aholi tomonidan isteʼmol qilinadigan sutning 95 %ga yaqinini sigir suti tashkil etadi. Shu munosabat bilan, asosan sutning shu turi haqida so‘z yuritamiz.

        Sut to‘g‘risida, hozirgi kunga qadar to‘plab kelingan katta hajmdagi ilmiy va amaliy bilimlar odamzod uchun bebaho qiymatga ega bo‘lgan shu boylikni munosib ravishda qadrlashga imkon beradi.

        Zamonaviy ilmiy maʼlumotlarga ko‘ra, sutda 200 dan ortiq har xil tarkibiy qismlar bor va qulay tarzda muvozanatlashgan 20 ta aminokislota, 147 tadan ortiq yog‘ kislotalari, sut qandi yaʼni laktoza, turli xil mineral moddalar, mikroelementlar, hozir maʼlum bo‘lgan vitaminlarning barcha turlari, pigmentlar, fosfatidlar, sterinlar, fermentlar, gormonlar va normal hayot faoliyatini saqlab borish uchun  organizmga zarur bo‘lgan boshqa moddalar shular jumlasidandir.

        Sut mineral moddalar kalsiy, kaliy, natriy, magniy, fosfor, temir va h.k. lar tuzlaridan iborat bo‘ladi. Ularning hammasi kishi organizmi uchun katta ahamiyatga ega. Sutdagi oqsillar, yog‘lar va uglevodlar kishi organizmida  deyarli to‘la hazm bo‘ladi. Bir litr sut taxminan 670 kkal beradi. Sutning tarkibi doim bir xil bo‘lmaydi va ular sigirning nasli va yoshiga, parvarish qilinishi, boqilishi, sog‘ilishi davrining davomiyligiga va boshqa sababiy omillarga bog‘liq bo‘ladi. Bu omillardan eng asosiysi – chorvaning boqilishi va nasli hisoblanadi. Yaxshi boqim sut sog‘imini oshiradi, uning tarkibi va sifatini yaxshilaydi.

        Sut tez buziluvchan mahsulot hisoblanadi. Ko‘pincha, sut bakteriyalar taʼsirida buziladi. Sut kislotasining haqiqiy bakteriyalari (streptokokk, bolgarskaya palochka , atsidofilnaya palochka )  sut kislotasi mahsulotlari tayorlashda qo‘llaniladi. Savdoga keltirilgan sigir suti termik ishlov berilishiga ko‘ra pasterizatsiy, sterilizatsiya qilingan, qaynatib, pishirilgan, tarkibiga ko‘ra esa yog‘i olinmagan (meʼyorlashtirilgan va qayta tiklangan ), seryog‘, yog‘sizlantirilgan oqsil moddali, vitaminlashtirilgan, ionitli, yog‘i olinmay kofe yoki kakao qo‘shilgan holatda bo‘ladi.

        Pasterizatsiya qilingan sut  kasal tug‘diruvchi mikroorganizmlarni yo‘qotish va saqlaganda turg‘unligini oshirish maqsadida 65-85 gradus haroratda termik ishlov berilgan sutdir; yog‘i olinmagan, yog‘sizlantirilgan va seryog‘ sutlar pasterizatsiya qilinadi.

        Sterilizatsiya qilingan sut o‘zining tarkibiga ko‘ra pasterizatsiya qilingan sutdan farq qilmaydi. Sterilizatsiya  jarayoni avtoklavlarda 103-104 dan 118-123 gradus gacha bo‘lgan haroratdagi  bosim bilan o‘tkaziladi; bunda hamma mikroblar va ularning sporalari o‘ladi. Bunday sutni uy sharoitida 10-15 kun saqlash  mumkin bo‘ladi.

        Qaynatib pishirilgan sut yog‘liligi 6 foiz , yog‘i olinmagan sutdan tayyorlanadi. U 80-85 gradus haroratda 4 soat yoki 90-95 gradus haroratda 2-3 soat mobaynida saqlanadi. Meʼyorlashtirilgan sut – tabiiy sutni yog‘sizlantirish yoki qaymoq qo‘shish yo‘li  bilan tarkibidagi yog‘ 3,2 foiz ga yetkazilgan sutdir.

        Pasterizatsiyalangan sut keng assortimentida ishlab chiqilib, o‘zaro kimyoviy tarkibi, pasterizatsiya rejimlari va turli to‘ldiruvchilarni qo‘shilganligi va qo‘shilmaganligi bilan farq qiladi.    Pasterizatsiyalangan sut turlari ko‘pligiga qaramasdan hamma sut turlari uchun bir xil bo‘lgan operatsiyalari mavjud. Pasterlangan sutlarni sifati va oziqaviy to‘laqonligi boshlang‘ich xom ashyo sifati bilan belgilanadi.

        Pasterizatsiyalangan sut ishlab chiqarishda GOST 13264-88 ko‘ra II navdan past bo‘lmagan sut , achchiqligi 19 T  ortiq  bo‘lmagan yog‘siz sut va paxta;  yog‘ligi 30% va achchiqligi 16 T  dan yuqori bo‘lmagan  qaymoq; purkash usulida  quritilgan quruq sut, paxta va qaymoq, quyultirilgan yog‘siz sut va ichimlik suvi ishlatiladi.

  • Yog‘siz sut ishlab chiqarishda quyidagi xom ashyolar ishlatiladi:
  •  Kislotaligi 19 T dan yuqori bo‘lmagan yog‘siz sut;
  •  Purkash usulida olingan  quritilgan yog‘siz sut;
  • Pasterlangan sut olishda foydalaniladigan xom ashyo va asosiy materiallar amaldagi standart va texnik shartlar talablariga mos kelishi kerak.

Pasterizatsiyalangan sut – natural xom ashyodan ishlab chiqarilganda sifat bo‘yicha tanlab olingan sut undagi yog‘ va quruq moddalar miqdorini standart talablariga yetkazish maqsadida normallashtiriladi.

Sterillangan sut – tarkibiga ko‘ra  pasterlangan sutdan farq qilmaydi. Sterillash jarayoni avtoklavlarda 103-104 dan 118-123 gradusgacha bo‘lgan haroratdagi  bosim bilan o‘tkaziladi; bunda hamma mikroblar va ularning sporalari o‘ladi. Bunday sutni uy sharoitida 10-15 kun saqlash  mumkin bo‘ladi.

Meyorlashtirilgan sut – tabiiy sutni yog‘sizlantirish yoki qaymoq qo‘shish yo‘li bilan tarkibidagi yog‘ miqdorini  3,2 foizga yetkazilgan sut.

Qayta tiklangan sut – yog‘i olinmagan yoki yog‘sizlantirilgan quruq sut, shuningdek, qand qo‘shilmay quyultirilgan sutdan tayyorlanadi. Quruq sut suvda eritiladi va oqsillar bukishi uchun qo‘yib turiladi. So‘ngra filtirlanadi, gomogenizatsiyalanadi va sovutiladi. Qayta tiklangan sut tarkibida 3,2 foiz yog‘ bo‘ladi.    

Sutning kimyoviy tarkibi

Yangi sog‘ilgan sutning taʼmi ozgina shirinroq bo‘lib, rangi oq sarg‘ishroq. Sut o‘ziga xos suyuq, bir jinsli issiqlik ishlov berilgach yanada suyuq bo‘ladi, sovutilganda esa jipslashadi. Sut 100, 20 S haroratda qaynaydi, 0,54-0,580 S  haroratda esa muzlaydi.

Sigir sutining kimyoviy tarkibi turli elementlardan tashkil topgan bo‘lib, unda: suv -87,5 %;  quruq moddalar-12,5 %;  shu bilan birga sut yog‘i -3,8 %; oqsil -3,3 % (bulardan: kazein -2,7 albumin-0,5 va globulin 0,1) , sut qandi -4,7%; mineral moddalar -0,7%.

Sutni qabul qilish, qayta ishlash, sutni va sut mahsulotlarini saqlash juda toza sharoitida olib borilishi kerak. Ventilyator nazoratidan  har oylik ma`lumotnomasi bo‘lmagan fermalardan zavod sutni qabul qilmasligi kerak. Hamda unda pasterlangan degan belgi bo‘lishi kerak.

Bolalar uchun sut mahsulotlari ishlab chiqarishi faqat sog‘lom hayvonlari bo‘lgan sutlari ishlatilishi kerak. Qabul qilingan sut  darrov filtrlanib, 4±S gacha sovitilib keyin pasterlanishi kerak. Buning uchun laboratoriya mudiri javobgar hisoblanadi. Pasterlashning natijasida mikrobiologik metod bilan tekshirib boriladi. Pasterlangan sut 4±2 S gacha sovitiladi va kerakli sexlarga yuboriladi. Agar pasterlangan sut 6 soatdan ortiq sig‘imlarda turib qolsa, uni qayta pasterlash kerak. Mahsulot ishlab chiqarish vaqtida xonalarda remont yoki dezinfiksiya qilishi man etiladi.

Texnologik jarayon tugagach mahsulotlarning sifati haqida guvohnoma beriladi. Tayyor mahsulotni saqlash davomida laboratoriya tomonidan har smenada 2-3 marta tekshirib turilishi kerak. Tayyor mahsulot tadqiqotchi, omborchi yoki masterga junatilishi mumkin. Ifloslangan, qadog`i zararlangan, markirovkasi aniq bo‘lmagan, prombirovkasi buzilgan mahsulotlar tarqatilmaydi.

Korxonaning har bir ishchisi shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishi, ish joyining holatiga, texnologik hamda sanitariya talablarga javob berishi kerak. Har bir ishga kiruvchi tibbiy ko‘rikdan o‘tish kerak.

Har bir ishchi tibbiy shaxsiy kitobchasiga ega bo‘lishi kerak. Bu kitobcha sex boshlig‘ida yaʼni masterda saqlanishi kerak. Har bir yangi ishga kiruvchi gigiyenik tayyorlov bo‘yicha o‘qishi va imtixon topshirishi kerak.

2017 il 7 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sut va sut mahsulotlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida”gi 474-sonli qaroriga qabul qilindi. Sut va sut mahsulotlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamenti rasmiy eʼlon qilingan kunidan boshlab o‘n sakkiz oy o‘tgandan keyin amalga kiritilishi belgilangan.

Ushbu texnik reglament O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalaga chiqarilgan va oziqaviy maqsadlardan foydalaniladigan sut va sut mahsulotlariga, jumladan xom sut, sut mahsulotlari, sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, tashish va yo‘qotish jarayonlari, sutni qayta ishlash mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan funksional kompanentlarga tegishlidir. Ayni payt texnik reglament talablari jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun keyingi qayta sotish istagisiz ishlab chiqarilgan sut va sut mahsulotlaridan foydalanilib yoki ular asosida tayyorlanadigan pazandalik va qandolat mahsulotlariga, oziqaviy va biologik faol qo‘shimchalar, dori vositalari, hayvonlar uchun ozuqalar va nooziqaviy tovarlarga taalluqli emas.

Sut va sut mahsulotlarini xavfsizligiga bo‘lgan talablar quyidagilar asosida shakllantiriladi:

  • xom ashyo, tayyor sut mahsulotlariga bo‘lgan sanitariya qoidalari, meʼyor va gigiyenik normativlar, veterinariya-sanitariya qoidalari va meʼyorlar;
  • sut va sut mahsulotlarini xavfsizligi bo‘yicha qo‘shimcha talablar;
  • xom ashyo va mahsulotlarni jo‘natish va saqlashga bo‘lgan talablar;
  • ekologik xavfsizligiga bo‘lgan talablar.

O‘zbekiston Respublikasi hududida muomilada bo‘lgan sut va sut mahsulotlari o‘rnatilgan yarog‘lilik muddati doirasida va unda ko‘p muddatda xavfsiz bo‘lishi va texnik reglamentning talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.

Sut va sut mahsulotlarini o‘ralishi mahsulotni barcha yarog‘lilik muddati davomida uni xavfsizligini va muomala jarayonida isteʼmol xususiyatlarini taʼminlashi lozim.

Aytish joizki, texnik reglament talablariga javob bermaydigan sut va sut mahsulotlari O‘zbekiston Respublikasini “Oziq-ovqat mahsulotlarini sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonuni bilan belgilangan, oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligini taʼminlash sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi davlat nazorati organlari qarori bo‘yicha qayta ishlash bo`yicha amalga oshiriladi.

Muallif: Gulpari Uzakova

O’zbekiston Respublikasi aholisini kambag’allikdan chiqarish bo’yicha oliy ta’lim tizimida amalga oshirilishi zarur bo’lgan ishlar bo’yicha takliflar

Biz bilamizki, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev kecha-yu kunduz bosh qotirib xalqimizni — kambag’allikdan chiqarish yo’llarini izlayotgan bir vaqtlarida biz ham prezidentimiz qanoti ostida ozgina beminnat xizmat qilsak va mana shu xizmatimiz orqali O’zbekiston xalqiga o’z hissamizni qo’shishni istaymiz. Biz ushbu takliflar, fikrlar va rejalarimizni shu yo’nalishga tegishli bo’lgan olim va mansabdor xodimlar bilan va mehnat faxriylari bilan maslahatlashgan holda tayyorladik.  

TAKLIFLAR:

  •  
    1. Har bir viloyat kesimida agrar sohadagi ishlab chiqarish yo’nalishlari bo’yicha texnikumlar tashkil qilish va har bir tashkil etilgan texnikum qoshida dunyo standartlariga raqobatlashadigan ilmiy – ishlab chiqarish laboratoriyalari yoki texnoparklar tashkil qilish. Agrar universitet va tashkil etilgan o’rta talim muassasada issiqxona agronomi fakultetlarini tashkil qilish;
    2. Qishloq va tuman markazlariga, maktablar bilan texnikumlarda tashkil etiladigan laboratoriyadan maktab ta’limi jarayonida maxsus kurslar tashkil etish orqali samarali foydalanishni tashkil qilish. Laboratoriya yerning unumdorligi, kimyoviy tarkibi, qaysi o’g’itlarga talab borligini aniqlash imkonini beradigan jihozlar bilan ta`minlangan bo’lishi kerak. Yuqoridagilarni bajara oladigan tuproqshunos laborantlar agronomlarni universitet va o’rta talim muassasalar tayyorlab berishi kerak;
    3. Har bir viloyatni iqlimini, yerlarning meleorativ ahvoli va hosildorligini o’rganish va yer unumdorligini aniqlash hamda qanday turdagi qishloq xo’jaligi ekinlarini yetishtirish bo’yicha tavsiyalar berish. Muhandis va texnologlar tayyorlovchi bitiruvchi kurslarda ta’lim olayotgan 4-kurs bakalavr va 2-kurs magistrlarni ushbu yo’nalishga jalb qilish;
    4. Qishloq joylarda issiqxonalar tashkil etish va issiqxonada xizmat qiladigan xodimlar, ayollar, kelin va opa-singillarga mehnat daftarchasini yuritishni yo’lga qo’yish. Misol uchun, Surxandaryo viloyatida yil davomida ko’katlar yetishtirish imkoni bor (ukrob, petrushka, aysberk karami, daykon, brokli, brussel karami) va boshqalar. Hozirgi kunda bu o’simliklarga ichki bozorda ham talab o’sib bormoqda va eksport qilish mumkin;
    5. Issiqxonadan qanday foydalanish, nima ekish qanday hosil olishni nazorat qilish. Agrar sohada mutaxassislarni tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari va davlat yoki xususiy farmatsevtik korxonalariga bo`lib berish. O’rtacha xisobda 2so’tix issiqxona uchun 10.000000 so’m kerak bo’ladi 18-20 kg selofan paket 40.0000 so’mdan o’rtacha 80.0000 so’m 2so’tix yerda 2000 dona aysberk karami ekiladi. Taxminiy bahosi (1-pachkasida 5000 urug’ bo’ladi.) 380.000-400.000 so’m Vegetatsiya davri – bahor, kuz davrida 60-65 kun, qish davrida esa 65-85 kun. Demak, bir joydan 3-4 marta hosil olish imkoni bor. 3 marta ekilsa 6000 ta aysberkning 5000 tasi sotilsa o’rtacha 2000 so’mdan baxolansa 5000х2000=10.000.000 so’m bo’ladi. Asosiy xarajatlarimiz issiqxona qurishga 10.000.000 so’m politelin klyonka uchun 800.000 so’m( bu politelin klyonkaga 3-yil ishlatishga kafolat beriladi). Bir marta ekishga 200.000 so’mlik urug’ va 100.000 so’mlik o’g’it harajat qilinadi. Jami 11.100.000 so’m – daromad 10.000.000 so’m. Taxminan 1-yil-u 2 oyda issiqxona o’zini to’liq xarajatlarini oqlaydi. Yuqoridagilarni boshqa ekin turida misol qilib, rediska 5х5 tartibda 1 metr kvadratga 400 dona urug’ ekiladi 20% yo’qotadigan bo’lsak ham 320 dona rediska sotiladi; 1 bog’da 7 dona rediska bo’ladi 320:7=45. 1 bog’ rediska 1500-2000 so’m 45х1500=67500. 2so’tix issiqxonaga 200 m2 joydan 20% yurish uchun yo’lak 200-40=160m2 . 160х67500=10.800.000 so’m. Rediska vegitatsiya davri naviga qarab 28-kundan 45-kungacha 1-yilda qish oylarida 65-70 kungacha. Demak 4-martagacha hosil olish imkonini bor. 10.800.000х4=43.200.000. Yuqoridagi o’simliklarga qish oylarida yetishtirish uchun hech qanday issiqlik manbayi kerak emas. O’z vaqtida Turkiya Respublikasi o’z xalqiga kreditga issiqxona qurib bergan. Hozirgi kunda Turkiya mahsulotlari ekspert bo’yicha dunyoda yetakchilaridan biri. Qozog’iston Respublikasi Shimkent shaxrida “ASAR” turar joy kompleksida har bir uyga issiqxona qurib bergan;
    6. Qishloq joylarida qurilgan uylar va yer uchastkalari har bir 50ta xonadonga artizan suv quvurlari o’rnatish va suv bilan ta’minlash masalasini ko’rib chiqish;
    7. Agrar sohada mutaxassislar tayyorlovchi OTMlari va farmatsevtika sohasi bo’yicha ochilayotgan texnikumlarni tamomlaydigan yosh mutaxassislarni ushbu ishlarga jalb etish. Agrar universiteti va texnikumlar yuqori kurs talabalari amaliyotini shu issiqxona klasterlarida o`tashini ta`minlash. Bu yerda ular klaster agronomlari bilan issiqxonada yetishtiriladigan o`simliklar bilan tanishadi, qaysi o’simliklarni qish oylarida ham yetishtirish mumkin va mumkin emasligini o’rganadi. O’zbekiston iqlimi sharoitida yil davomida 300-320 kun harorat “0” dan yuqori bo’ladi. Bu sharoitda ko`katlar, sabzi, karam, daykon, aysberg karami, brokolli, brussel karami, kashnich, salat bargi, rediska va boshqa mahsulotlar yetishtirish mumkin. Klaster agronomlari ekinlarni ekish rejasini to’g’ri tashkil qilishi kerak va yetishtirilgan hosilni o’zini sotib olib bozorlarga yetkazish, eksport qilish hamda qayta ishlash zarur. Dunyo bozorida sifatli quritilgan ko’katlar narxi juda yuqori. Har bir tumanda ko`kat quritish sexlarini ham tashkil qilish maqsadga muvofiq bo`ladi. Bu sexlar yoz oylarida dorivor o`simliklarni va meva sabzavodlarni quritadi. Shunday o`simliklar borki ularni sifati tushib ketmasligi uchun to’g’ridan to’g’ri quyosh nuri bilan quritib bo’lmaydi. Quritish sexida qo’shimcha ishchi o’rinlar tashkil qilish mumkin T.I.I.I.M.C.H professori G.G.UMAROV va F.T. Instituti jamoasi juda ko’p ilmiy olib borganlar;
    8. Agrar sohadagi oliy ma’lumotli mutahassislarni tayyorlovchi OTMlarida talim olayotgan 4-kurs bakalavrlari va magistrlariga, tayanch doktorantlarga bepul bilim berish bilan bir qatorda shu sohada 5-yil ishlab berish shartnomasini tashkil qilish, har bir berilgan taklif yoki ko’rsatgan foydali xizmat uchun mamlakatimizning qishlog’i yoki shahar tumanlarida bo’lmasin uni rahbarligini tashkil qilish. Issiqxonalarda qishdagi asosiy muammo – bu suv taminoti, shuning uchun yer osti suvlaridan foydalanishimizga to’g’ri keladi. Issiqxonalar tomchilatib sug’oriladi. Bunda asosiy e`tibor suv sifatiga qaratilishi kerak. Zamonaviy filtrlardan foydalaniladi chunki “TOMCHILATIB” sug’orishda suv tarkibidagi tuzlar har-xil loy quyqasi shlanklar teshigini yopib qo’yib ishdan chiqarishi mumkin. Filtrlarni O’zbekiston sharoitida ham ishlab chiqarish mumkin;
    9. Agrar universitet yoki texnikumda har oyni o’rtasida yoki oxirida yerga tushungan yerni tilini bilgan ko’zga ko’ringan ota-bobolar haqiqiy dehqon fidoiy insonlar bilan uzil-kesil seminarlar tashkil qilish;
    10. Shular bilan bir qatorda, asalarichilikni rivojlantirish, yana bir muhim masaladir;
    11. Qishloq xo’jalik vazirligi huzuridagi issiqxona klasterini tashkil qilish bilan bir qatorda, har bir viloyatda omborxona, meva va poliz ekinlarini qayta ishlash, ularni saralashni qattiq nazorat qilishni tashkillashtirishni ham taklif qilamiz;
    12. Uskunalarni bir va ikki dona olib kelgan holda namuna sifatida, agar bor bo’lsa ularni Oliy ta’lim yo’nalishida texnik institutlarga topshirgan holda ularni sonini ko’paytirib, texnik institutlarning 4-kurs va 2-kurs magistrlarni ilmiy ish bilan ta’minlash;
    13. Yuqorida ko’rsatilayotgan talabalarni auditoriyaga qamab o’tirishdan voz kechib, balki 4-kursga chiqqandan so’ng, faqat amaliyot bilan ishlash sharoitini yaratish. Institut tugatgandan so’ng yana 2-3 yil institutga biriktirilgan holda ilmiy ish kichkina bo’lsa ham, biron-bir ishni ko’rsatmaguncha qo’liga diplomini tutqazmasdan turib, o’zi yashab turgan hududda yo’nalishiga qarab ish bilan ta’minlash. Yetishtirayotgan hosilning 20-30% bozor talabiga javob bermaydi. Bu hosilni qayta ishlash mumkin. O’zbekiston Respublikasi o’z vaqtida butun sobiq sovet Respublikalari tomat pastasi, ho’l meva, quruq meva va har-xil konserva mahsulotlari bilan ta`minlagan. Konserva zavodlar oldidagi kilometrlab navbatlar esimizda, hozir esa bizdagi ma`lumotlarga ko’ra tomat pastasi Xitoy, Rossiya, hattoki, Braziliya davlatlaridan olib kelib qadoqlanadi:
    14. Biz bilamizki, bularni hammasi oson ish emas, shuning uchun bizni vaqt kutmaydi. Taklif qilayotgan bu ishning tez orada tashkil qilsak, xalqimiz manfaati yo’lida xizmat qilgan bo’lar edik. Xalqqa kredit o’rniga yillab daromad keltiradigan ish tashkil qilgan bo’lar edik:
    15. Agrar universitet va shu sohadagi yangi tashkil etilgan texnikumlar, Qishloq xo’jalik vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent kimyo-texnologiya instituti va farmatsevtik faoliyat bilan shug’ullanuvchi korxonalar birlashgan holda mavsum boshi va tugashi bilan sessiyalar o’tkazishi va qilingan ish to’g’risida bir-biriga hisob berishini yo’lga qo’yish;
    16. To’g’ri urug’, uskuna tanlash, har bir viloyatda iqlim sharoitiga qarab tarqatish va shu bilan bir qatorda to’g’ri tashkil qilish qog’oz va elektron variantda qolib ketmasligi uchun dispetcher-maslahat xizmatlarini tashkil etish lozim;

Yuqoridagilarni to’g’ri tashkil qilsak, o’ylaymizki ozgina bo’lsada xalqimizni bu kambag’allik botqog’idan olib chiqqan bo’lar edik. Yurtboshimiz aytganlaridek, “Davlat byudjeti o’lchovsiz emas, mablag’larni qattiq tejash, belgilangan maqsad uchun va oqilona ishlatishni ta’minlash zarur. Bu – hammaga ravshan va rad etib bo’lmaydigan haqiqat.”

        Mualliflar: Toshkent kimyo-texnoligiya instituti
“Oziq-ovqat sanoati mashina va jihozlari –
mexanika asoslari” kafedrasi o’qituvchilari tomonidan

        Mardanov Nematullo Rasulovich – katta o`qituvchi
Saparov Bobur Jumaboy o’g’li – o`qituvchi yordamchisi
Begmatov Shohrux Ergash o’g’li – o`qituvchi yordamchisi

Oziq ovqat sanoati

Dunyoning xar bir mamlakati o‘zining saloxiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqqan xolda o‘z xalqini turli tuman xildagi va assortimentdagi oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqaradi va taʼminlaydi.O‘zbekistonda xam qadim-qadimdan zamon va makon talablaridan kelib chiqqan xolda oziq-ovqat maxsulotlari ishlab chiqarilgan xamda xalqimizga uning isteʼmoli uchun tuxfa qilingan.

    Oziq-ovqat maxsulotlari xillari va asartimentlarini tayorlashda va isteʼmolga yo‘naltirishda asosiy xom-ashyo va resurslar bazasi qishloq xo‘jaligida yetishtiriladigan turli xil o‘simlik va xayvon xom-ashyolari va resurslari xisoblanadi.

Keyingi yillarda jaxonda shu qatori O‘zbekistonda xam oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqarish va uning sifati va xavfsizligiga katta axamiyat berilmoqda.Bu borada dunyodagi nufuzli ilmiy-tadqiqot institutlarini labaratoriyalarida xamma oliy taʼlim tasarrufidagi kafedralarni professor-o‘qituvchilari tomonidan xar-xil yo‘nalishdagi ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha nazariy va amaliy ishlar bajarilmoqda. Olingan ijobiy natijalar xalq xo‘jaligida ishlab chiqarishga yo‘naltirilmoqda.

    Oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqarishda foydalaniladigan o‘simlik (qishloq xo‘jaligi yerlarida yetishtirilgan yoki tabiatda o‘sadigan o‘simliklar va xayvonot organizmlaridan tayyorlangan xom-ashyo va resurslari xamda kimyoviy sintez orqali olingan o‘simlik xayvonot xom-ashyolaridan va minerallardan olinadigan kimyoviy moddalarni analoglari ( o‘xshashliklari ) xisoblanadi.

     Bulardan tashqari oziq-ovqat maxsulotlarini tayyorlashda foydalaniladigan resurslarga suv xayvonlari , suv o‘tlari , mikroorganizmlar (achitqilar, mikroorganizmlar, fermentlar) foydalaniladi.

     Oziq-ovqat maxsulotlari klassifikatsiyasi bo‘yicha quyidagi guruxlarga bo‘linadi va xalq xo‘jaligida maxsus talablar asosida ishlab chiqariladi.

1.        Don, un, non, makaron maxsulotlari;

2.       Meva va sabzavot maxsulotlari;

3.        Qandolat maxsulotlari;

4.       Maza beruvchi maxsulotlar;

5.       Go‘sht va go‘sht maxsulotlari;

6.       Baliq va baliq maxsulotlari;

7.       Sut va sut maxsulotlari;

8.       Oziq-ovqat yog‘lari;

9.       Tuxum va tuxum maxsulotlari;

       Bu maxsulotlarni tayyoorlashda qishloq xo‘jaliklarida yetishtirilgan xom-ashyo resurslariga, ularni tayyorlashga, saqlashga, jo‘natishga, qabul qilib olishga, kalibrlashga, joylashga, va boshqa talablarga qo‘yiladigan standart-normativ davlat tashkilotlari tomonidan reyestrga kiritilgan va tasdiqlangan xujjatlar bo‘yicha xom-ashyolarni sifati va xavfsizligini tasdiqlovchi muvofiqlik va sanitar-gigiyenik sertifikatlarni talablari bo‘yicha qabul qilinadi va ularni ishlab chiqarishga yo‘naltiriladi.

     Bu ishlarni bajarishda qishloq xo‘jalik universitetini va institutini tamomlagan shu soxaga ixtisoslashga oliy maʼlumotli agranom mutaxasislar maʼsul xisoblanadi.

    Keyingi etap oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqarish. Oziq-ovqat maxsulotlarini klasifikatsiya bo‘yicha ular asosan 9 guruxga bo‘lingan. Xar bir guruxga oid oziq-ovqat maxsulotlarini tayyorlash uchun shu soxani bitirgan injener mutaxasislar masʼul bo‘ladi. Soxa mutaxasislari shu yo‘nalishda bo‘ladigan texnologik ishlarni bajaruvchi asbob , uskuna va mexanizmlarni ishlash usullarini, texnik talablarini, sozlash, ulardan unumli foydalanish va tayyorlanadigan maxsulotlarni davlat tomonidan tasdiqlangan normativ-mexanik talablarga mosligini taʼminlash bo‘yicha ishlab chiqarilgan tovarga masʼul xisoblanadilar. Ular ishlab chiqarilgan tovarlarni sifati va xavfsizliktalablari bo‘yicha, saqlash va tashish davridagi uni joylash, (upakovka) , saqlash (xroneniya) va isteʼmolchiga yetkazib berishdagi talablarga maʼsul bo‘ladilar.

O‘zbekistonda bu soxa mutaxasislarni tayyorlovchi oliy dargox Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Buxoro kimyo-texnika instituti va Forg‘ona politexnika instituti “Oziq-ovqat maxsulotlari texnologiyasi”fakultetlari va kafedrasi. Lekin bu oliygoxlarda yuqorida keltirilgan klassifikatiyadagi mutaxasisliklarni faqat baʼzilari tayyorlanadi.(menimchya don, meva, o‘simlik moylari va ichimliklar bo‘yicha mutaxasislar tayyorlanadi, qolgan mutaxasisliklarni men yaxshi bilmayman!

        Oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqaruvchi tashkilotlar ularni isteʼmolchilarga yo‘llashlari ishlab chiqarilgan maxsulotlarni assortiment guruxlari va navlari bo‘yicha davlat tomonidan reyestrga kirgazilgan va tasdiqlangan normativ-texnik standart talablarga mosligi bo‘yicha labaratoriyalarida fizik-kimyoviy va organolentik tekshiruvlarini o‘tkazib, ularni sertifikatlarini taqdim etish lozim. O‘zbekiston Respublikasi Qonun xujjatlarida xar bir isteʼmolchi xarid qilinayotgan tovarlarni sifati va xavfsizligi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni bilishlari lozimligi O‘zbekiston Respublikasini “Isteʼmolchilarni xuquqlarni ximoya qilish “ Qonunida takidlanganidek xar bir isteʼmolchi sifatli tovarlar va maxsulotlar bilan taʼminlanishi zarur. Xar qanday tovarlar guruxlari bo‘yicha standart talablari asosida markirovkalanadi (ishlab chiqarilgan vaqti va saqlash muddati ), shartli belgilar, shtrix kodlar, ishlab chiqarilgan tashkilotni rekvizitlari tashish usullari, shartalari va ishlab chiqarilgan tashkilot isteʼmolchilar oldidagi majburiyatlari (brak yoki sifatsiz maxsulotni xarid qilganlarga summasi qaytariladi yoki tovarni almashtiriladi va hokazolar).

  Oziq-ovqat tovarlari tovarshunosligi fanini nazariy va amaliy fan bo‘lgani uchun ijtimoiy, tabiiy, iqtisodiy, texnik fanlar bilan uzviy ravishda bog‘langan. Tovarlarni taxlil qilishda iqtisodiyot fani “tovar ishlab chiqarish”, “tovarni isteʼmol qiymati”, “tovarga bo‘lgan talab va taklif”, “savdoni xuquqiy va moliyaviy normalari xaqidagi normativ standart va qiymatni shakllanishi to‘g‘risidagi tushunchalarni ijtimoiy mag‘zini ochib beradi”. Oziq-ovqat tovarlarini isteʼmol qiymatiga baxo berishda matematika, kimyo, fizika, biologiya, meditsina, mikrobiologiya, texnik iqtisodiy axborotlar, kompyuter texnikasi va texnologiyasi, savdoda maxsulot sifatini kompleks boshqarish tizimini tashkil etish. Tovarlarni isteʼmol qiymatini o‘lchash mumkin, u baholanadi hamda davr va makon talablariga ko‘ra yangi texnika va texnologiyalarni bunyod etishiga ko‘ra doimo yangilanib, rivojlanib boradi hamda yuqori darajali isteʼmol qiymatga ega bo‘lgan xolda ishlab chiqariladi.

       Oziq-ovqat tovalari tovarshunosligi fani va uning nazariy va amaliy xususiyatlari tovarlarni isteʼmol xususiyatlarni o‘rganish, uni sifati va bahosini belgilovchi omillarni yaʼni xom-ashyo, standartlari va sertifikatlari, tayyorlash texnologiyasi, tovarlar klassifikatsiyasi, turi, navi, upakovkasi, tovar rekvezitlari, ishlab chiqarilgan va saqlash muddati, ishlab chiqarilgan tashkilotni adresi, telefoni ko‘rsatilishi lozim.

        Tovar ishlab chiqarishga sarflanadigan ishchi kuchi qiymati xar bir tovarning normal sharoitda sifatli tovar ishlab chiqarish uchun lozim bo‘lgan ish vaqti bilan bellilanadi. Ishlab chiqarilgan tovarni sifati uni isteʼmol qiymatini belgilaydi. Maxsulotning isteʼmol qiymati ishlab chiqarilgan maxsulot miqdorini ko‘paytirish bilan emas,balki uning sifatini yaxshilash oqibatida ortadi.Tovarlarni sifati ularni talab darajasi shartida isteʼmol qilinsa yoki ishlatilsa isteʼchilarni extiyojlarini qondira olish qobiliyati darajasini ifodalaydi.Mavsumiy tovarlar o‘z mavsumida isteʼmol qilinmasa,o‘z funksiyalarini bajara olmasligi mumkin.

1.       Oziq-ovqat tavarshunosligini asoslari

2.       Oziq-ovqat sanoati va umumiy ovqatlanish korxonalarida oziq-ovqat maxsulotlari, masalliqlar, tayyor taomlar va yarimfabrikalar tayyorlash yordamida (qaynatish, qo‘vurish, dimlash) taomlar tasyozlashda bo‘ladigan o‘zgarishlar.

      Umumiy ovqatlanish (uy sharoitida , oshxona, kafe, reseoranlar va jamoat joylarida , sayillarda va boshqalar) ni asosiy maqsadi axolini (isteʼmolchilarni)yuqori sifatli , turli xil assortimentdagi pishiririlgan tayyoor taomlar va yarimfabrikalar bilan taʼminlash.

      Buning uchun isteʼmolchilarga turli assortimentdagi taom tayyorlashni turli usullari yordamida ovqatlar strukturasi va sifatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlari umumiy ovqatlanish korxonalariga katta masʼuliyat va ishlab chiqarilgan korxonalari orasida yuqori raqobatdoshlikni talab etadi.

     Tayyorlanadigan taomlarning turlari va ularni retseplarida foydalaniladigan masalliqlarni  xillari va miqdori , tayyor taomning sof og‘irligi va isteʼmolchi bu taomni isteʼmol qilganda uni organizmi oladigan quvvati (kolloriya) katta axamiyatga ega.

     Ovqat qaayerda tayyorlanishidan qatʼiy nazar talabga isteʼmolchilar talablarini qondirish uchun ovqat tayyorlovchi pazanda sifatli, lazzatli xilma-xil taomlarni moxirlik bilan pishira bilishlari xamda pazandalik sanʼatinig eng moxir uslublarini namoyish etishlari lozim.

Dunyodagi xar bir xalqni taomlarining xillari, ularni tayyorlash texnologiyasi o‘ziga bo‘lib , ularning barchasi xushxo‘r va lazzatli bo‘ladi. Turli xalqlarning taomlari va uni tayyorlash texnologiyasi bilan tanishish,kerak bo‘lsa undan o‘z maxoratini oshirishda foydalanish, o‘zimiz unga yangi ko‘rinish va mazasini o‘zgartirishimiz xam mumkin.

      Aʼlo sifatli ovqatlar tayyorlab nozik didli isteʼmolchilarni talabini qondirish uchun yuqori pazandalik sanʼati maxoratiga va oshpazlik ko‘nikmasiga ega bo‘lishlik talab etiladi.

      Turli tuman sifatli taom tayyorlash uchun turli tuman sifatli masalliqlarni bo‘lishi talab etiladi. Oziq-ovqat maxsulotlarini tayyorlashda foydalaniladigan masalliqlar -tovarlarni yetishtirish, ko‘paytirish, tayyorlashqishloq xo‘jaligi bilan chambarchas bog‘liqdir. Bunda o‘simlikshunoslik va chorvachilikni va u bilan bog‘liq bo‘lgan sanoat tarmoqlarini roli nixoyatda katta. Oziq-ovqat maxsulotlari sifati asosan xom-ashyoga, qayta ishlash texnologiyasiga, maxsulot tarkibidagi kimyoviy moddalarni sifat va miqdor ko‘rsatgichlariga, saqlash, o‘rash-joylash va tashish shartlariga bog‘liq. Foydalaniladigan xom-ashyoko‘pincha tayyorlangan maxsulotlarni fizik-kimyoviy va lazzatli xususiyatlarini belgilab beradi.Bulardan tashqari  sifatsiz xom-ashyo maxsulotda bir qancha nuqsonlarni paydo bo‘lishiga sababchi bo‘ladi(ko‘karib kapan bug‘doy donidan olingan undan sifatli non tayyorlab bo‘lmaydi va x.k.). Ovqat tayyorlashda ishlatiladigan masalliqlarni (maxsulotlarni) tarkibi xususiyatlari va sifat ko‘rsatgichlari ularni o‘stiradigan va yetishtiriladigan sharoitlarga bog‘liq. Ovqat tayyorlashda ratsepturani va texnalagik talablarni buzishi tayyorlangan ovqatni sifatini ancha o‘zgartirishiga yoki uni saqlash vaqtida buzilishiga xam sabab bo‘lishi mumkin.

Shuning uchun oshpaz masalliqlarda bo‘ladigan ayrim nuqson va kamchiliklar oldini olish uchun foydalaniladigan maxsulotlarning xususiyatlarini xamda nuqsonlarni xosil qiluvchi sabablarini xam bilishi lozim.Tayyorlangan ovqatning oziqalik qiymati ishlatilgan masalliqlarning (xom-ashyo) kimyoviy tarkibiga va kishi organizmida o‘zlashtirish darajasiga bo‘g‘liqdir.Ovqat inson organizmida ro‘y beradigan xayot protsesslari uchun zarur bo‘lgan issiqlik energiyaga bo‘lgan extiyojlarini(oqil, yog‘ va uglevodlar) qondira olishi zarur.Shu bilan bir vaqtda inson tana to‘qimalarini tiklash uchun manba (suv, mineral va organik moddalar,fermentlar va boshqalar) xamda inson tanasida yuz beradigan biokatolizatorlar reaksiyalar uchun energiya berishi xam kerak.Bu moddalardan tashqari inson organizmiga vitaminlar,garmonlar,organik tuzlar va boshqa elementlar xam zarurdir.Agar shu moddalar yetishmasa organizm og‘ir kasalliklarga duchor bo‘lishi mumkin.Tayyorlangan ovqatning tarkibiy qismi xazm qilishi bir qancha sabablarga bog‘liqdir.Tanavvul qilinayotgan taomning tashqi ko‘rinishiga,ovqatlanish tartibiga, organik kislotalar va lazzatli moddalarga,ichaklardagi  mikrofloracha,fermentlarga,fgoltizmgatabis xolatiga (yoshi,jinsi,jismoniy xolati va boshqalar) va yana bir qancha boshqa shart-sharoitlarga bog‘liqdir. Ovqat tayyorlashda foydalaniladigan maxsulotlarning kimyoviy tarkibi turli-tuman bo‘ladi, shu sababli ularni oziqalik qiymati xam bir xil emas.Baʼzi ovqatlarda inson organizmi uchun kerakli barcha moddalar bo‘ladi,baʼzilarida inson tanasi to‘qimalarini tuzilishi uchun zarurbo‘ladigan moddalar, baʼzilarida kishiga kuch-quvvat beradigan yoki ayrim organlarga taʼsir etuvchi moddalarbo‘lishi mumkin.(bolalar,sog‘lom yoshlar,sportchilar,keksalar,diyetikxar xil ovqatlar).Bu esa ovqatlanishni to‘g‘ri uyuushtirish va maqsadga yo‘naltirilgan taom uchun unga tanlab olingan tegishli va sifatli maxsulotlarni kiritish yo‘li bilan erishish mumkin.Ovqatning asosiy tarkibiy qismlari-oqsillar,yog‘lar,uglevodlar inson organizmiga kirishi bilan murakkab biokatalizatorlik reaksiyalari orqali oksidlanib issiqlik chiqaradi. Bu esa inson organizmida ro‘y beradigan barcha biokimyoviy protsesslar uchun issiqlik manbai bo‘ladi.Olimlarni o‘rganishi bo‘yicha 1g oqsil organizmda oksidlanib 4,1 kkal ,uglevod 3,9 kkal,yog‘ esa 9,3 kkalissiqlik beradi.Shu tartibda, oziq ovqatning ximiyaviy tarkibini bilgandan so‘ngorganizmda u qancha kaloriya issiqlik chiqarishini aniqlash mumkin.

Xar xil ixtisoslikdamexnat qiladigan xodimlar uchun bulgilangan ovqatlarning to‘yishligi bir xil emas.Jismoniy mexnat bilan bog‘liq bo‘lmagan kishilar 2800-3000 kam kaloriya sarflaydi.Og‘ir mexnat bilan band bo‘lgan kishilarga esa 4500-5000 kaloriya talab qiladi. RF meditsina FA maʼlumotlariga ko‘ra katta yoshdagi kishilar organizmi uchun eng qulay ovqatlanish miqdori tarkibidagi oqsillarni bir kunlik kaleriyasi-14% , yog‘lar-30% va uglevodlar-56% tashkil etishi lozim.Agarda bir kundagi ovqatlanish kuchi 3000 kaloriya deb olinsa,unda oqsillarmiqdori 100 g ,yog‘lar 103 va uglevodlar 400 g bo‘lishi lozim.Agar bir kunlik ovqatlanish kaloriyasi 3500 kaleriyagacha oshirilsa u xolda oqsillar-120 g , yog‘lar-115 g va uglevodlar-480 g tashkil etadi.Bu ko‘rsatgichlar organizmni oqsillarga bo‘lgan extiyojini kishining yoshiga qarab o‘zgarib turadi.O‘sayotgan yosh organizm uchun ko‘proq oqsillar zarur bo‘ladi.            

Mualliflar: TDIU professori ximik-biolog Salixov S.A
O’zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi Umirshayxov B.B

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »