Рубрика:Xalqaro hamkorlik

Hindiston Savdoni rag‘batlantirish Kengashi hamda O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Hamkorlik O‘zbek-Hind tadbirkorlari orasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yana-da mustahkamlash, hamjihatlikda oziq-ovqat sanoatini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar ishlab chiqish va ularni amaliyotga tatbiq etish yo‘lga qo‘yildi.

Taʼkidlash joizki, O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamda investitsiya sohalaridagi aloqalarni rivojlantirish uchun ulkan salohiyat mavjud. Hindiston O‘zbekistonda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va boshqa keng turdagi mollar uchun keng isteʼmol salohiyatiga ega.

Mazkur hamkorlik memorandumi ikki davlat o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik aloqalarini yana bir yangi pog‘onaga olib chiqishiga ishonchimiz komil!

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

RUZ TRADER — Rossiya tijorat-taqsimot markazi hamda O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi!

Oziq-ovqat sanoati uyushmasidan Bahodir Umirshayxov va RUZ TRADER tashkiloti tomonidan Mixail Panchenkov vakilligida imzolangan memorandum ikki mamlakat biznes tuzilmalari o‘rtasida yana-da yaqin savdo-iqtisodiy aloqalarni o‘rnatishni nazarda tutadi.

Memorandum doirasida ikki davlat tadbirkorlarining savdo va investitsiya faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, mamlakatlarning iqtisodiyot va tashqi savdo, tashqi iqtisodiy aloqalar sohasidagi qonunchilik, qoidalari to‘g‘risida o‘zaro manfaatli maʼlumotlar almashinuvi yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Shuningdek,O‘zbekiston-Rossiya ishbilarmon doira vakillari o‘rtasida yarmarka, ko‘rgazma, seminar, simpozium hamda konferensiyalar o‘tkazishni tashkillashtirish belgilangan.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

+998985775353

O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi hamda Afg‘onistonning «Yellow Pages» tashkiloti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi hamda Afg‘onistonning «Yellow Pages» tashkiloti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandum o‘z ichiga oziq-ovqat sanoati sohasida hamjihatlikda tadqiqotlar o‘tkazish, bozor va aholi ehtiyojlarini o‘rganish, o‘zbek-afg‘on tadbirkorlari o‘rtasida B2B uchrashuvlari, forum, konferensiya, ko‘rgazmalar o‘tkazishni qamrab oladi.

Shuningdek, memorandum doirasida ikki mamlakat o‘rtasida mahsulotlar eksportining samarali tarzda amalga oshirilishini taʼminlashga ko‘maklashish ham nazarda tutilgan.

Uchrashuvning natijasi o‘laroq, uyushmaning Xorijiy hamkorlarni jalb qilish va eksportga ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i Abdurahmonov Bahodir Abdumannonovich Afg‘oniston Islom Respublikasi bilan faoliyat olib boruvchi doimiy vakil sifatida tayinlandi.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Germaniyaning Xalqaro Hamkorlik Jamiyati ( GIZ ) GmbH bilan malakali kadrlar tayyorlash tizimi bo’yicha hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yiladi!

“O’zbekiston Eksportchilari” hamda Oziq-ovqat sanoati uyushmasi rahbarlari Germaniya Xalqaro Hamkorlik Jamiyatining O’zbekistondagi vakolatxonasi mas’ul xodimi, «Markaziy Osiyoda kasb-hunar ta’limi» loyihasining milliy koordinatori Jahongir Jo’rayev bilan uchrashishdi.

Suhbat davomida o’rta maxsus ta’lim bosqichida o’qitilishi kerak bo’lgan yoshlarni ishlab chiqarish sohasida yetuk tajriba hamda nazariy bilimga ega kadr sifatida tayyorlash masalalari ko’rib chiqildi.

Uchrashuv so’ngida yuqorida ta’kidlangan yo’nalish bo’yicha tizimli tarzda o’qitish, shuningdek, o’qishning ilk kunidanoq ilm oluvchilarni amaliyot joyi hamda ish bilan ta’minlash masalalarini ishlab chiqishga kelishib olindi.

Qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat sohasi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlik memorandum imzolandi.

O’zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi hamda Qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat sohasi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti o’rtasida o’zaro hamkorlik qilishni samarali yo’lga qo’yish maqsadida memorandum imzolandi.

Undan ko’zlangan asosiy maqsad Oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish va ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish jarayonida yuzaga keladigan muammolarni o’rganish, tahlil qilish, ushbu sohada faoliyat yuritayotgan kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlik subyektlarining huquqiy va iqtisodiy sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan qonunchilik bazasini takomillashtirish bo’yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish hisoblanadi.

Oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi Bahodir Umirshayxovning ta’kidlashicha, memorandum doirasida Qishloq xo’jaligi mahsulotlarining ichki va tashqi bozorlarini o’rganish bo’yicha chuqur marketing tadqiqotlarini o’tkazish, buning asosida tarmoqni o’rta, shuningdek, uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish amalga oshiriladi.

Sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirish korporatsiyasi» Jamg`armasi bilan hamkorlik memorandumi

Memorandum doirasida

• mamlakatimiz va Rossiya Federatsiyasining Ulyanovsk viloyati tadbirkorlari o’rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish;

• axborot, konsalting va marketing bo’yicha o’zaro aloqalarni mustahkamlash;

• kadrlar tayyorlash borasida ma’lumot va tajriba almashish;

• savdo-iqtisodiy missiyalar, forumlar, ishbilarmonlik uchrashuvlarini tashkil etish;

• biznes vakillarini o’z mamlakatlari iqtisodiyoti va eksport imkoniyatlari bilan tanishtirish uchun delegatsiyalar almashish hamda yana bir qancha masalalarda kelishib olindi.

Rossiya Federatsiyasidagi yirik gipermarketlar tarmog’i hisoblangan «LENTA» bilan hamkorlik memorandumi

«LENTA» gipermarketlar tarmog’i 1993-yilda Sankt-Peterburgda tashkil etilgan bo’lib, hozirda Rossiya bo’ylab 88 ta shaharda 248 ta gipermarket obyektlariga ega sanaladi.

Ma’lumotlarga ko’ra, mazkur kompaniya o’n ikkita mahsulot tarqatish markazlarini boshqaradi.

«LENTA» gipremarketlar tarmog’i, odatda, arzon narxlardagi gipermarketlarning bir nechta formatlarini ishlab chiqadi: ular marketing va narx siyosati, shuningdek mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tovarlari assortimentida o’zaro farqlanadi.

Siz ham «LENTA» gipermarketlar tarmog’i bilan hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yishni istasangiz, quyidagi manzilga murojaat etishingiz mumkin:

+998997232111
+998712203313

Yosh Menejer dasturi doirasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandumdan ko’zlangan asosiy maqsad oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish va ishlab chiqarishga qiziquvchi yoshlarni sohadagi faoliyatga jalb qilgan holda, ularga nazariy ilm hamda amaliy tajribani ulashish hisoblanadi.

Memorandum doirasida Yosh Menejer dasturi ishtirokchilaridan eng tashabbuskor 5 nafari tanlab olinib, Oziq-ovqat sanoati uyushmasi ko’magi ostida xalqaro o’quv dasturlarida bepul o’qitiladi.

Oziq-ovqat sanoati bo’yicha ta’lim dasturini samarali yakunlaganlarga xalqaro miqyosda ishlash imkoniyatini taqdim etuvchi maxsus Sertifikat beriladi. Sertifikatni qo’lga kiritganlarga mahalliy doirada 5-10 mln, chet davlatlarda 1500-2000$ maoshlik ish taklif qilinadi.

Murojaat uchun:
+998997232111
+998712203313
@UFIAgr @ufia_uz

«Association for Food Businesses» (ASORPS), «Business Russia», «Azia Invest», «JSC Russian Railway Logistics», «DALREFTRANS» vakillari bilan uchrashuv!

O’zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi Rossiya Federatsiyasidan tashrif buyurgan «ASORPS» bilan birgalikda «Business Russia» (Delovaya Rossiya) biznes vakillari bilan hamkorlik qilish masalalarida suhbat olib bordi.

Uchrashuv davomida O’zbekiston-Rossiya eksport va importdagi muammolar, oziq-ovqat, qishloq xo’jaligi, logistika sohalarini rivojlantirish hamda o’zaro aloqalar o’rnatish xususida so’z yuritildi. «ASORPS» tashkiloti bilan memorandum imzolash shartlari ham ko’rib chiqildi.

Oziq-ovqat sanoatiga doir barcha yangiliklardan xabardor bo’lish uchun uyushma guruhiga a’zo bo’lish tavsiya etiladi:
@UFIAgr

Murojaat uchun:
+998997232111
@ufia_uz

Germaniyaning Xalqaro Hamkorlik Jamiyati (GIZ) GmbH bilan oziq-ovqat sohasida mutaxassis kadrlarni tayyorlash bo’yicha memorandum imzolandi!

Germaniya Xalqaro Hamkorlik jamiyati (GIZ) GmbH O’zbekistonda iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot Federal vazirligi (BMZ), shuningdek, tashqi va ichki ishlar vazirligi kabi boshqa federal idoralar buyurtmasi bo’yicha loyihalarni amalga oshirmoqda. O’zbekistonda GIZ Davlat byurosi 1992-yildan boshlab Toshkentda faoliyat yuritadi. Filiallari Andijon, Surxondaryo viloyatlari hamda Qoraqalpog`iston Respublikasida joylashgan.

Xalqaro hamkorlik doirasida GIZ iqtisodiyot, sog’liqni saqlash, ta’lim, tabiiy resurslarni muhofaza qilish, shuningdek, ijtimoiy va madaniy integratsiyalarni rivojlantirish sohasidagi islohotlarni qo’llab-quvvatlaydi. O’zbekiston-Germaniya hamkorligining asosiy nuqtasi barqaror iqtisodiy rivojlanishga ko’maklashish va sog’liqni saqlash sohasidir. Bundan tashqari, xususiy iqtisodiyotni rivojlantirish orqali iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish va agrar sektorni takomillashtirshni o`z oldiga maqsad qilgan.

Bugungi uchrashuvda O`zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi Germaniya Xalqaro Hamkorlik jamiyati (GIZ) GmbH bilan yangi ish o’rinlarini yaratish, yurtimiz hududlarida mutaxassislar malakasini oshirish va ta’lim dasturlari orqali yetuk kadrlar yetkazib berish masalalari muhokama qilindi.

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »