O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi hamda Pokistonning «TCS KARDO» logistika kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandum doirasida mamlakatimiz savdo yo‘llarini ushbu kompaniya yordamida Afg‘oniston orqali Hind okeaniga qadar ulashga kelishib olindi.

Endilikda mahalliy tadbirkorlarimiz mazkur memorandum yordamida Pokistondan oziq-ovqat mahsulotlari va ularni ishlab chiqarish uchun zarur hisoblangan xomashyolarni hamyonbop narxlarda qisqa muddat ichida qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Pokistonning «TCS KARDO» logistika kompaniyasi vakillari O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasiga tashrif buyurishdi.

Xorijiy mehmonlarni uyushma raisi Bahodir Umirshayxov kutib oldi. Dastlab, tomonlar o‘z faoliyatlari haqida maʼlumot almashishdi.

Shundan so‘ng, ikki mamlakat vakillari o‘zaro hamkorlik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish, eksport-import hamda logistika sohasida hamjihatlikda ishlashga doir masalalarni muhokama qilishdi.

Pokistonlik tadbirkorlar uyushma faoliyatiga katta qiziqish bildirishdi va keyin O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasiga doir taqdimot namoyish etildi.

Muhokamalardan so‘ng, uyushma qoshida «TCS KARDO» kompaniyasining filiali ochildi.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

24-26 noyabr kunlari Turkiyaning Istanbul ko‘rgazma markazida «Butunjahon halol sammiti» (World Halal sammit) bo‘lib o‘tdi.

Sammitda moliya, turizm, oziq-ovqat, tibbiyot, farmatsevtika, kosmetika, to‘qimachilik, moda sohalarida halol faoliyat olib borishga oid mavzularda anjumanlar tashkil etildi.

3 kun davom etgan tadbirda dunyoning 96 mamlakatidan kelgan mehmonlarga xalqaro akademiklar va fiqh mutaxassislari ishtirokida halol sektoriga oid so‘nggi ishlanmalar hamda yangiliklar taqdim etildi.

«Barqaror savdo uchun: halol sanoatining barcha jihatlarini o‘rganish» mavzusida bo‘lib o‘tgan sammitda O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi vakillari ko‘magida o‘nga yaqin o‘zbek tadbirkorlari ham ishtirok etdi.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi va Qirg‘iziston Sut assotsiatsiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Kelishuv doirasida sut sanoati sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish, sohani rivojlantirish uchun axborot almashinuvi samarali yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

Memorandumga ko‘ra, tomonlarning o‘z vakolatlari doirasida o‘zaro manfaatli sohalarda tadbirkorlik kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yishiga ko‘maklashishi, qo‘shma loyiha va dasturlarni hamjihatlikda amalga oshirishi, texnik yordam va maslahatlar uchun xalqaro tashkilotlarni jalb qilgan holda qo‘shma tahliliy tadqiqotlar o‘tkazishi, maʼlumotlar, amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida axborot almashinuvi, xodimlar o‘rtasida tajriba almashish va qo‘shma konferensiyalar, davra suhbatlarini tashkil etishi lozimligi belgilandi.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Xalqaro konferensiya va biznes-uchrashuv bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 2 dekabr sanasida Toshkent Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti tashabbusi bilan «Oziq-ovqat xavfsizligi – barqaror rivojlanish: muvaffaqiyatli xalqaro hamkorlik uchun sharoit yaratish yo‘lida birdamlik» mavzusida xalqaro konferensiya va biznes-uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Unda «Oziq-ovqat xavfsizligi va barqarorligi», «Innovatsiyalar, yangi texnologiyalar va yechimlar» mavzularida muhokamalar bo‘lib o‘tadi.

Qadrli tadbirkorlar,

Agarda ushbu tadbirlarda ishtirok etishni istasangiz, quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin:

+998997232111

+998712203313

XVII Xalqaro Oziq-ovqat sanoati ko‘rgazmasi “UzProdExpo-2022” o‘z ishini boshladi.

Tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi Bahodir Umirshayxov so‘zga chiqib, ko‘rgazma ishtirokchilarini samimiy qutlab, 3 kunlik yarmarka faoliyatiga omad tiladi.

Ko‘rgazmada ayni vaqtda oziq-ovqat sanoati uchun qurilmalar, savdo va sovutish uskunalari, oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar va ingrediyentlar namoyish etilmoqda. Unda dunyoning 18 mamlakatidan tashrif buyurgan kompaniyalar vakillari ishtirok etyapti.

Maʼlumot uchun, ko‘rgazma 25 noyabr sanasigacha davom etadi. Unga kirish bepul!

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi dengiz sathidan 1500 metr balandlikda joylashgan 4 gektar maydonda xorij seleksiyasiga mansub remontant navli organik malina va qulupnay yetishtirilmoqda.

Qulupnay plantatsiyalari 2,5 gektar maydonni egallagan bo‘lib, bu yerda yetishtirish uchun Cabrillio (AQSH), Albion (AQSH), Florida Beauty (AQSH) va Monterey (AQSH) kabi navlar tanlab olingan.

Ekish zichligi — 70×30 sm.lik sxema bo‘yicha gektariga o‘rtacha 50 ming tup ko‘chat ekilgan.

Ko‘chatlarning pastki qismi agrospan bilan qoplangan, somon bilan mulchalangan va tomchilatib sug‘orish tizimi ham o‘rnatilgan.

Qulupnay hosili 150-160 kun davomida yig‘ib olinadi: 20 maydan oktyabr oyi oxiriga qadar bir tupdan o‘rtacha 400-500 gramm, gektariga esa 20-25 tonna hosil olinadi.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Yevropa va xalqaro maydondagi eng yirik tadbir – «TUTTO FOOD» xalqaro ko’rgazmasida ishtirok etish imkoniyatini qo’ldan boy bermang!

8-11-may kunlari Milanda «TUTTO FOOD» xalqaro ko’rgazmasi bo’lib o’tadi.

Ko’rgazma B2B tadbir bo‘lib, har yili butun dunyodan oziq-ovqat sanoati mutaxassislarini birlashtiradi.

Bu yil ko’rgazmada 2850 nafar tadbirkorlik subyektlari hamda 80 000 dan ziyod mehmonlarning tashrif buyurishi kutilmoqda.

Mazkur tadbir oziq-ovqat sanoati sohasida yangi mijozlar va hamkorlar topish uchun eng qulay platformalardan biri sanaladi.

Agarda siz ham «TUTTO FOOD» xalqaro ko’rgazmasida ishtirok etishni istasangiz, quyidagi raqamlarga qo’ng’iroq qilib, batafsil ma’lumotlarga ega bo’lishingiz mumkin:
+998997232111
+998712203313

«FoodTech »va «Biz Network» tashkilotlari hamkorligida «Agrologlar uchun innovatsion yechimlar» xalqaro biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.

Unda xalqaro moliya institutlari, tadbirkorlar, investorlar va qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari qatnashdi.

Forumda O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi Yuridik bo‘lim boshlig‘i Jamshid Fayozov ham ishtirok etib, tadbir qatnashchilariga meva-sabzavot mahsulotlarini saralash va tasniflash texnologiyalari, ularni qadoqlash hamda eksportga yo‘naltirish mavzusida maʼlumotlarni taqdim etdi.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

17-18 noyabr kunlari Qirg‘izistonning O‘sh shahrida bo‘lib o‘tadigan biznes forumga taklif etamiz

O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi yurtimiz tadbirkorlarini 17-18 noyabr kunlari Qirg‘izistonning O‘sh shahrida bo‘lib o‘tadigan biznes forumga taklif etadi.

Biznes forumda asal, kartoshka, meva, quruq meva, go‘sht va go‘sht mahsulotlarini yetishtiruvchilar hamda shu mahsulotlar bo‘yicha eksport-import faoliyatini yuritadiganlar ishtirok etishi maqsadga muvofiqdir.

Forumda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlikni kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, O‘sh shahridagi bir qancha ishlab chiqarish korxonalariga ekskursiya uyushtiriladi.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »