“O‘zbekiston-Eron” biznes-forumi» va B2B formatidagi uchrashuvlar

Hurmatli tadbirkorlar!

Eron Islom Respublikasining Markaziy viloyati hokimi boshchiligida ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi doirasida joriy yilning 20 avgust kuni soat 10:30-13:00 da Toshkent shahridagi «AZIMUT Grand Hotel Tashkent» mehmonxonasida ikki mamlakat rasmiylari va yetakchi kompaniyalari ishtirokida “O‘zbekiston-Eron” biznes-forumi» va B2B formatidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.

Eron tadbirkorlari bilan quyidagi sohalarda uchrashuvlar o‘tkaziladi:

– Oziq-ovqat sanoati
– Qishloq xo‘jaligi
– Qurilish sanoati
– Temir mahsulotlari
– Tog‘-kon sanoati
– neft va gaz
– avtomobil va ehtiyot qisimlar
– uy-ro‘zg‘or buyumlari va maishiy texnika
– to‘qimachilik

Ushbu ikki tomonlama uchrashuvlar O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yana-da rivojlantirish, yangi biznes aloqalarini o‘rnatish hamda mavjud hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan.

Uchrashuvda ishtirok etish istagida bo‘lgan tadbirkorlar ro‘yxatdan o‘tishlari so‘raladi:
+998915778347

Poytaxtimizning Olmazor tumanida eksport va ishlab chiqarish quvvatlari kengaymoqda

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev rahbarligidagi Hukumat komissiyasi Toshkent shahri Olmazor tumanida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining borishi bilan tanishdi. Ushbu loyihalar doirasida yangi ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirilib, eksport hajmini oshirish va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish uchun yangi imkoniyatlar yaratiladi.

  • Qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi oshiriladi.
    «Ardent Foods» MCHJning (N’MEDOV brendi ostida mahsulot ishlab chiqaradi) $15 mlnlik loyihasi doirasida korxona quvvati yiliga 35 ming tonnaga yetkazilib, 800 ta yangi ish o‘rni yaratilgan. Korxona tomonidan $7 mlnlik mahsulot eksport qilinib, $32 mlnlik import o‘rni bosilmoqda.
  • Chinni idishlar ishlab chiqarishda yangi quvvatlar ishga tushirilmoqda. «Kar Porcelain Tashkent» MCHJning $25 mlnlik xorijiy investitsiya asosidagi loyihasi to‘liq quvvatga chiqqach, yiliga 50 mln dona mahsulot ishlab chiqarish va 700 ta ish o‘rni yaratish imkonini beradi. Ishlab chiqarishning birinchi bosqichi 2025-yil sentyabrda ishga tushirilgan. Ikkinchi bosqichni joriy yil IV choragida yakunlash rejalashtirilgan.

???? Qurilish sanoati uchun yangi ishlab chiqarish quvvatlari yaratilmoqda. «ALWOOD» MCHJda $10 mlnlik loyiha doirasida metall konstruksiyalar va butlovchi buyumlar ishlab chiqarish kengaytirilmoqda. Zamonaviy uskunalar o‘rnatilishi natijasida korxona to‘liq quvvatda ishlaganda yiliga 300 tonna mahsulot ishlab chiqarish va 50 ta yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Tashrif yakunida tadbirkorlarning taklif va murojaatlari ko‘rib chiqilib, loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.

Ochiq muloqotda tadbirkorlarning takliflari koʻrib chiqilib, amaliy yechimlar muhokama qilinmoqda

Ochiq muloqot davomida oziq-ovqat xavfsizligi, veterinariya, fitosanitariya, eksport, biologik preparatlar ishlab chiqarish hamda agrologistika sohalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalarni ko‘tardilar.

Har bir murojaat bo‘yicha mas’ullar tomonidan amaliy izohlar berildi va takliflarni amalda qo‘llash imkoniyatlari muhokama qilindi.

Eng ko‘p muhokama qilingan masalalardan biri veterinariya vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimi bo‘ldi. Tadbirkorlar veterinariya dori vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasining amal qilish muddatini amaldagi 5 yildan 7 yilgacha uzaytirishni taklif qildi.

Shuningdek, mahsulot tarkibi, ishlab chiqarish texnologiyasi yoki boshqa asosiy ko‘rsatkichlar o‘zgarmagan hollarda qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov miqdorini kamaytirishni ko‘rib chiqish masalasi ilgari surildi.

Mavjud tartiblar xalqaro standartlar asosida qayta ko‘rib chiqilishi ma’lum qilindi.

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »