O’zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining maqsadlari
• oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish;
• xususiy sektor faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;
• mahalliy tadbirkorlarning xorijiy investorlar bilan shartnomalar tuzishiga ko‘maklashish;
• qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish;
• mamlakat oziq-ovqat mahsulotlarining chet davlatlarga katta masshtabdagi ekportini amalga oshirilishini taʼminlash.O’zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining vazifalari
O’zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasining vazifalari
• Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ilmiy jihatdan tasdiqlangan meʼyorlar bo‘yicha yetarli miqdorda va assortimentda tayyorlanishini hamda isteʼmol tovarlari sifatining aholi salomatligi uchun xavfsizlik standartlariga muvofiqligini taʼminlash;
• Salbiy holatlarda zarur bo‘lgan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari zaxiralarini yaratish va saqlash, hududlaridagi oziq-ovqat mahsulotlarining rivojlangan sanoati, shuningdek, aholini oziq-ovqat bilan taʼminlashning eng yuqori darajasiga erishib, eksport salohiyatini oshirish.