«Intercontinental Hotel» mehmonxonasida USAID tashkiloti ko‘magida «Savdo olami: tendensiyalar va dinamikalar» mavzusida Mintaqaviy anjuman bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirda O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev, AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Xanik, JST Bosh direktorining o‘rinbosari janob Syanchjen Chjan, OTB O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Lao-Araya Kanokpan xonim, Yevropa Ittifoqi elchisi Sharlotta Adrian xonim ishtirok etishdi.

????Konfirensiyada, O‘zbekiston JSTga aʼzo bo‘lishining hozirgi holati, mintaqaviy savdo kelishuvlari, JST va qishloq xo‘jaligi savdosi, shuningdek, ishlab chiqarilgan mahsulotlar savdosi, sanoat eksporti, strategiyalari va savdoni rag‘batlantirish xizmati provayder(TPSP) dasturlari haqida muhokamalar bo‘lib o‘tmoqda.

????Shuningdek, konferensiya mamlakatlarga o‘zlarining individual iqtisodiy islohotlar dasturlarini qo‘llab-quvvatlash hamda Markaziy Osiyo mintaqasining Osiyo va Yevropani bog‘lovchi noyob tranzit xab sifatidagi rolini kuchaytirishga yordam beradi.

◀️Mintaqaviy anjumanda, O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasidan vakil sifatida uyushma raisi B. Umirshayxov hamda Djamshed Kudratulloyevich qatnashmoqda.

2024-yil 20-24 yanvar kunlari Italiyaning Rimini shahrida “SIGEP” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda!

2024-yil 20-24 yanvar kunlari Italiyaning Rimini shahrida “SIGEP” xalqaro hunarmandchilik, qahva, qandolat va non mahsulotlari ko‘rgazmasining bo‘lib o‘tishi kutilmoqda!

Bu yerda siz o‘z biznesingiz uchun eng yaxshi yangi mahsulotlar: xom ashyo va ingrediyentlar, mashina va jihozlar, shuningdek, mebellar, qadoqlash jihozlari va outsorsing xizmatlarini topishingiz mumkin!

Ko‘rgazmaning 2024-yilgi tadbirlari qandolatchilikka bag‘ishlangan turli dasturlar bilan yana-da qiziqarli va boy o‘tadi.

Xususan, siz «Pastry Arena» ko‘rgazmasida eng yirik xalqaro qandolatchi oshpazlar va professionallar tomonidan tayyorlangan barcha yangi taomlarni taʼtib ko‘rish, zamonaviy tendensiyalar bilan tanishishingiz mumkin.

Murojaat uchun:

+998908219656

Joriy yilning 21-sentyabr kuni p USAID tashkiloti ko‘magida “Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonun muhokamasiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbir SES boshchiligida tashkil etilib, unda Veterinariya qo‘mitasi, O‘simliklarni himoya qilish va karantin agentligi, “O‘zstandart” agentligi, O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi, go‘sht, sut, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari ishtirok etdi.

Taʼkidlanishicha, yangi qonunga ko‘ra, endilikda O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalada bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari xavfsiz, isteʼmolga yaroqli bo‘lishi va oziq-ovqat sifatining belgilangan minimal ko‘rsatkichlariga mos kelishi lozim.

Shuningdek, oziq-ovqat mahsuloti xo‘jalik yurituvchi subektlar tomonidan har doim xavfsiz va isteʼmol uchun yaroqli holda ishlab chiqarilishi shart.

Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash faoliyati bilan shug‘ullanadigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar, o‘zlarining obyektlarida xavf-xatarlar tahlili va kritik nazorat nuqtalari (HACCP) tamoyillariga asoslangan tartiblarni qo‘llashlari va shu asosda oziq-ovqat xavfsizligini nazorat qilishning ichki tizimiga ega bo‘lishlari kerak.

O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi barcha tadbirkorlardan yangi qonun bilan to‘liq tanishib chiqish hamda shu asosda o‘z faoliyatini tashkil etishni so‘raydi.

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »