Bakuda Xalqaro Bank Forumi bölib ötadi

Özbekiston banklari Assotsiatsiyasi

Sana:
2026-yil 24–25-noyabr
Baku şahri (Ozarbayjon)

Forum «Işonçli, xavfsiz va barqaror banking hamda texnologiyalar» şiori ostida taşkil etiladi.

Xalqaro forum— mintaqa moliya sektorining eng yirik va nufuzli tadbirlaridan biri bölib, Ozarbayjondagi moliyaviy taşkilotlar, şuningdek, Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston va Turkiya bank assotsiatsiyalari kömagida ötkazilmoqda.

Batafsil maʼlumot va röyxatdan ötiş

APELSIN IMPORT QILUVÇILAR VA ULGURJI XARIDORLAR UÇUN AJOYIB IMKONIYAT!

Özbek-Xitoy savdosini rivojlantiriş assotsiatsiyasi Özbekiston tadbirkorlarini Xitoyda bölib ötadigan «Syuannan — 2026» xalqaro Gannan apelsinlari xaridorlari konferentsiyasida iştirok etişga taklif qiladi.

2026-yil 9–10-noyabr
Xitoy, Szyansi provintsiyasi, Gançjou şahri, Syuannan tumani.

Bu — Xitoyning maşhur Gannan apelsinlari işlab çiqaruvçilari bilan bevosita tanişiş, apelsin boğlari va korxonalarga taşrif buyuriş, mahsulotni tatib köriş hamda ulgurji xarid va eksport yetkazib beriş şartlarini muhokama qiliş uçun ajoyib imkoniyat!

Dastur doirasida:
– Apelsin boğlari va işlab çiqariş korxonalariga taşrif;
– Mahsulotlar degustatsiyasi;
– Işlab çiqaruvçi va eksportyorlar bilan töğridan töğri B2B muzokaralar;
– Tijorat şartlari va hamkorlik istiqbollarini muhokama qiliş.

Qabul qiluvçi tomon hisobidan:
– Mehmonxonada yaşaş;
– Ovqatlaniş;
– Guançjou — Syuannan — Guançjou yönalişida transfer;
– Rus-xitoy tarjimoni xizmati.

Iştirokçilar Toşkent — Guançjou — Toşkent yönalişi böyiça aviaçiptalarni mustaqil ravişda xarid qiladilar.

Xitoydan töğridan töğri apelsin xarid qilişga qiziqasizmi? Özbekiston delegatsiyasiga qöşiling!

Iştirokçilar soni çeklangan. Oldindan röyxatdan ötiş talab etiladi.

Röyxatdan ötiş va ma’lumot uçun:

Akmalxon: +998 99 885 54 44
Diyorbek: +998 77 118 00 88

Özbek-Xitoy savdosini rivojlantiriş assotsiatsiyasi

Özbekiston biznesi uçun Xitoyda yangi imkoniyatlar oçamiz!

Xalqaro ko‘rgazmalar — ilg‘or texnologiyalar, yangi imkoniyatlar va mustahkam hamkorlik!

7–18–19 NOYABR kunlari Toshkentda uchta xalqaro ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi:

UzAgroExpo – qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar
UzProdExpo – oziq-ovqat sanoati va uskunalar
InterPackExpo – qadoqlash sanoati texnologiyalari

????Tashrif buyuruvchilar uchun ro‘yxatdan o‘tish:www.ieg.uz

Tashkilotchi:«International Expo Group» MChJ

O’tkazilish joyi: «O’ZEKSPOMARKAZ» MKK AJ
+998 (71) 238-59-59

+998 (93) 390-01-79

FOODERA EXPO 2026: Samarqandda xalqaro ko‘rgazma

27 oktyabr kuni Samarqand shahridagi SOF EXPO majmuasida FOODERA EXPO 2026 xalqaro oziq-ovqat va ichimliklar ko‘rgazmasi ochildi.

Tadbirda O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi Baxodir Umirshayxov ishtirok etdi.

27–29 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan ko‘rgazmada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va Erondan kelgan kompaniyalar o‘z mahsulotlarini taqdim etmoqda.

Ko‘rgazma ishlab chiqaruvchilar, distribyutorlar va xaridorlar o‘rtasida yangi hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, savdo imkoniyatlarini kengaytirish va eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Food Nomad Summit 2026: Markaziy Osiyo oziq-ovqat sanoati yetakchilari uchun tarmoqlararo konferensiya

11–12-noyabr kunlari Toshkentda (O‘zbekiston Respublikasi) Markaziy Osiyo oziq-ovqat sanoati yetakchilari uchun mo‘ljallangan «Pishchyovka3D» xalqaro tarmoqlararo investitsion-strategik konferensiyasi — Food Nomad Summit bo‘lib o‘tadi.

Bugungi kunda O‘zbekiston mintaqaning eng jadal rivojlanayotgan bozorlaridan biri hisoblanadi. Aholi sonining ortishi, zamonaviy chakana savdo tarmoqlarining tez sur’atlarda kengayishi hamda hunarmandchilik asosidagi ishlab chiqarishdan sanoat miqyosidagi ishlab chiqarishga faol o‘tish jarayoni kuzatilmoqda. Kelgusi yillarda aynan shu yerda soha kelajagini belgilab beradigan investitsiyalar va hamkorlik bo‘yicha muhim qarorlar qabul qilinadi. Food Nomad Summit — ana shu qarorlar muhokama qilinadigan va shakllanadigan maydon.

Konferensiyaning asosiy mavzulari:

Kelgusi 5 yil ichida O‘zbekiston oziq-ovqat sanoatining qaysi segmentlari eng tez rivojlanadi?

Chakana savdo tarmoqlarining kengayishi ishlab chiqaruvchilarga qo‘yiladigan talablarni — assortiment, qadoqlash va logistika bo‘yicha — qanday o‘zgartiradi?

Nima uchun tayyor oziq-ovqat mahsulotlari chakana savdo va HoReCa sektorining mintaqadagi asosiy rivojlanish omiliga aylanmoqda?

Qaysi yo‘nalishga investitsiya kiritish maqsadga muvofiq: ishlab chiqarish, logistika, halol mahsulotlar yoki chakana savdo?

Hunarmandchilik asosidagi ishlab chiqarishdan sanoat modeliga o‘tish qanday kechmoqda va bu jarayon bozorda faoliyat yuritayotgan kompaniyalar uchun nimani anglatadi?

Spikerlar orasida:

— Diyor Mirzaahmedov («O‘zbekiston Marketing assotsiatsiyasi»);

— Otabek Akramov (ProFood, Mazzali savdo belgisi);

— Oybek Sobirov (Sherin kompaniyalar guruhi);

— Marina Chernomazova (Brand Analytics);

— Aleksandr Gribanovskiy (Zira Chef, Zira.uz, Zira Bakery va Zira Cafe savdo belgilari);

— Yuliya Chij (Zarqand) va sohaning boshqa ekspertlari.

O‘tgan yili Olmaotada bo‘lib o‘tgan QAZAQ konferensiyasida dunyoning o‘nta davlatidan 200 nafardan ortiq ishtirokchi jamlandi. Ular orasida Sherin kompaniyalar guruhi, Kaynar Ice cream, Global Coffee, PepsiCo, Efes, Wildberries, «Azbuka Vkusa» va bozorning boshqa yirik kompaniyalari vakillari bor edi.

Ishtirokchilarni biznes dasturidan tashqari ekspertlar bilan jonli munozaralar, tezkor tanishuv va hamkorlik aloqalarini o‘rnatish sessiyalari, keng ko‘lamli kechki dastur, degustatsiyalar hamda ko‘rgazma ekspozitsiyasi kutmoqda.

O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi a’zolari uchun АППУ promokodi orqali konferensiyada ishtirok etish uchun 10% chegirma taqdim etiladi!

Biznesni xavfsiz raqamlashtirish va sun’iy intellekt

8-oktabr kuni Toshkent shahrida “Biznesning raqamli immuniteti: ISO/IEC 27001 va ISO/IEC 42001 asosida axborot xavfsizligi va sun’iy intellektni boshqarish” mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari Ziyodilla Alimov ishtirok etdi.

Konferensiyada zamonaviy biznes uchun muhim bo‘lgan axborot va kiberxavfsizlik, raqamli xatarlarni boshqarish, korporativ ma’lumotlarni himoya qilish hamda sun’iy intellektdan xavfsiz foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Oziq-ovqat sanoatida ham raqamlashtirish, axborot xavfsizligi va zamonaviy boshqaruv standartlarini joriy etish korxonalar raqobatbardoshligi va barqarorligini oshirishning muhim omillaridan biridir.

“Biznesning raqamli immuniteti: ISO/IEC 27001 va ISO/IEC 42001 asosida axborot xavfsizligi va sun’iy intellektni boshqarish” konferensiyasi

2026-yil 8-oktabr kuni Toshkent shahrida axborot xavfsizligi, kiberxavflar va sun’iy intellektni samarali boshqarishga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tadi. Tadbirning asosiy maqsadi tashkilotlarga axborot va raqamli infratuzilmani himoya qilishning amaliy yondashuvlarini taqdim etish, ISO/IEC 27001, ISO/IEC 42001 va ISO 22301 xalqaro standartlari talablari bilan tanishtirish hamda sun’iy intellektdan foydalanish bilan bog‘liq zamonaviy xavflar va ularni boshqarish usullarini muhokama qilishdan iborat. 08.10.2026
Konferensiya davlat va xususiy tashkilotlar rahbarlari, HR-direktorlar, IT va axborot xavfsizligi rahbarlari, risklarni boshqarish, komplayens, ma’lumotlarni himoya qilish va menejment tizimlari bo‘yicha mutaxassislar, shuningdek auditorlar, konsultantlar va kiberxavfsizlik yechimlarini taqdim etuvchi kompaniyalar vakillari uchun mo‘ljallangan. 08.10.2026
Dastur doirasida ISO/IEC 27001 asosida axborot xavfsizligini boshqarish, ISO/IEC 42001 asosida sun’iy intellektni nazorat qilish, ISO 22301 asosida biznes uzluksizligi, SOC, SIEM, DLP, EDR va XDR kabi zamonaviy kiberxavfsizlik vositalari, shuningdek sun’iy intellektdan xavfsiz foydalanish masalalari ko‘rib chiqiladi. 08.10.2026 08.10.2026 08.10.2026
Sana: 8-oktabr 2026-yil
Vaqt: 09:30–16:30
Manzil: AZIMUT Grand Hotel Tashkent, Amir Temur shoh ko‘chasi, 107A.

XXI Xalqaro «UzAgroExpo-2026» ko‘rgazmasi — agrosanoat majmuasi uchun zamonaviy texnologiyalar va innovatsion yechimlar bir maydonda!

Ko’rgazma bo’limlari:
– Qishloq xo‘jaligi texnikasi
– Agrokimyo va o‘simliklarni himoya qilish
– Sug‘orish va suv texnologiyalari
– Chorvachilik va yem-xashak yechimlari
– Parrandachilik va zamonaviy fermalar
– Veterinariya
– Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va logistika
– Raqamli qishloq xo‘jaligi

Eng yaxshi joylarni tanlash uchun hoziroq stendni bron qiling va o‘z yechimlaringizni maqsadli auditoriyaga taqdim eting!

????17–18–19 NOYABR

O’tkazilish joyi: «O’zekspomarkaz» MKK AJ, Toshkent sh.
+998 (71) 238-59-59

+998 (93) 390-01-79

Xiva shahrida xalqaro “Qovun sayli” festivali o’tkaziladi

????Qadimiy Xiva shahri yana bir bor milliy an’analar, betakror ta’mlar va unutilmas taassurotlar markaziga aylanadi. Joriy yilning 7–8–9-avgust kunlari Xiva shahridagi Ichon-qal’a va Arda xiva turistik majmualarida an’anaviy “Qovun sayli – 2026” festivali bo‘lib o‘tadi.

Festival dasturi doirasida mehmonlarni:

???? Turli hududlardan keltirilgan noyob qovun navlari ko‘rgazmalari;
???? Teatrlashtirilgan chiqishlar va folklor dasturlari;
???? O‘zbekistonning taniqli san’atkorlari va mashhur xorij estrada yulduzlari ishtirokidagi konsert dasturlari;
???? Kechki payt osmonni bezaydigan yorqin mushakbozlik namoyishlari;
???? Xorazmning milliy taomlari va gastronomik ko‘rgazmalar;
???? Hunarmandchilik yarmarkalari va mahorat darslari;
???? Fotozonalar, xalq o‘yinlari hamda turli ko‘ngilochar dasturlar kutmoqda.

Oʻzbekiston Oziq-Ovqat Sanoati Uyushmasi barchangizni ushbu xalqaro festivalga taklif etadi.

Oʻzbekiston Oziq-ovqat Sanoati Uyushmasi (UFIA) ishlab chiqaruvchilarini Shanhay shahrida boʻlib
oʻtadigan nufuzli «interpack China 2026» xalqaro koʻrgazmasiga rasmiy delegatsiya aʼzosi sifatida taklif etadi!

Sana: 2026-yil 16–18-noyabr
Joy: Shanhay, Xitoy (SNIEC koʻrgazmalar markazi)

Delegatsiya aʼzolari uchun imtiyozlar
Oʻzbekiston delegatsiyasi uchun tashkilotchilar tomonidan quyidagi xarajatlar qoplanadi:
– Mehmonxonada 3 kecha, 4 kun bepul yashash.
– Koʻrgazma kunlarida har kuni tushlik kuponlari.
– VIP kirish beydjlari va VIP-Lounge xizmatidan bepul foydalanish.
– Trasnfer
– B2B uchrashuvlar va Xitoyning yirik fabrikalariga biznes-tashriflar.

Biznesingizni jahon standartlariga olib chiqing va Xitoyning eng ilgʻor texnologiyalari bilan tanishing.

Batafsil maʼlumot va roʻyxatdan oʻtish uchun:
@Ufia_2025
+998932533444

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »