Chorvachilik sohasini rivojlantirishga bag‘ishlangan ochiq muloqot

Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov rahbarligida oziq-ovqat yo‘nalishidagi klaster va fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida video-konferens-aloqa shaklida ochiq muloqot bilan birgalikda o‘tkazildi.

Muloqot davomida sohani tubdan modernizatsiya qilish, zamonaviy klaster modelini takomillashtirish, sutchilik va chorvachilik yo‘nalishlaridagi mavjud tizimli muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish masalalari keng muhokama qilindi.

Muloqot yakunida, Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi birgalikda har bir chorvador va sutni qayta ishlovchi tadbirkor fermerlar uchun real muammolar asosida “yo‘l xaritalari” ishlab chiqish va ularning ijrosini qatʼiy monitoring qilish yuzasidan hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.

Chorvachilik sohasini rivojlantirishga bag‘ishlangan ochiq muloqot

O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda, Toshkent davlat agrar universitetida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi masʼullari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkaziladi. Tadbirda sohada yuzaga kelayotgan muammolar va ularni hal etish yo‘llari muhokama qilinadi.

23.04.2025 11:00

TDAU faollar zali

Ro‘yxatdan o‘tish va qo‘shimcha maʼlumot uchun:

@OzodovMirafzal

+998333000063​

Sizni ushbu muhim tadbirda faol ishtirok etishga taklif qilamiz!

Falsifikat mahsulot chiqargan tadbirkorlarga jazo choralari har taraflama kuchaytirilmoqda.

Bugun, 18-aprel kuni “O‘zbekiston oziq‑ovqat sanoati” uyushmasi raisi B. Umirshayxov, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mita raisi B. Yusupaliyev bilan tor doirada uchrashuv o‘tkazishdi.

Uchrashuvda, so‘nggi yillarda korxonalar sanitariya‑gigiyena nazoratida keng ko‘lamli transformatsiyaga muhtojligi alohida tilga olindi. Shu maqsadda, uyushma aʼzolari bilan qo‘mitaning birgalikda nazorat mexanizmlarini ishlab chiqish, trening va seminarlar tashkil etish, falsifikat mahsulotlar bo‘yicha tizimli kurashish va korxonalar faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni tezroq bartaraf etish yuzasidan monitoringni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlik kengaytirish, hamkorlik memorandumini tuzish va tezroq amaliy ishlarga o‘tishga kelishib olishdi.

Toshkent davlat agrar universitetida “Karera kuni” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 15 aprel kuni TDAUda, universitetning bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilarini ishga taqsimlash va ularni ishga joylashtirishni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida “Karera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Unda vazirlik va idoralarning mutasaddi xodimlari, xorijlik ish beruvchi tashkilot, OAV vakillari hamda O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi B.B.Umirshayxov ishtirok etdi.

Tadbirda Uyushma raisi talabalarga oziq-ovqat sohasining mehnat bozorida tajribali, amaliy mashg‘ulatlar orqali bilim olgan mutaxasislar kamligini taʼkidlab, mehnat bozoriga kirish uchun o‘qish davrida ko‘proq korxonalar bilan hamkorlikda amaliyotga borish kerakligi haqida tavsiyalar berdi hamda ishlab chiqarishda amaliyot o‘tash istagi bo‘lgan talabalarga uyushma doim sharoit yaratib berishga tayyorligini bildirdi.

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »