2023-yilning 22-noyabr kuni mamlakatimizning asosiy ko‘rgazma maydoni – “O‘zekspomarkaz” MKMda uchta ko‘rgazmali tadbirning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

“UzAgroExpo – Qishloq xo‘jaligi” XVIII Xalqaro ko‘rgazmasi;

◀️“UzProdExpo – Oziq-ovqat sanoati” XVIII Xalqaro ko‘rgazmasi;

◀️“InterPackExpo – qadoqlash sanoati” VI Xalqaro ko‘rgazmasi.

????Ko‘rgazmada, Respublikamizdagi qishloq xo‘jaligini yana-da samarali va resurslarni tejovchi tarmoqqa aylantirish, qishloq aholisining turmush darajasini oshirish, aholini xavfsiz, vitaminlarga boy, arzon va barqaror narxlarda oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

‼️Tadbirda O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi Bahodir Umirshayxov so‘zga chiqib, O‘zbekiston, mehmon sanoat korxonalari o‘rtasida manfaatli hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalari, takliflarini bildirib o‘tdi.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi bilan birgalikda Buyuk Britaniyaning GoGlobal (Trade) asoschisi Lord Veyverli bilan muzokara o‘tkazishdi.

Uchrashuvda Lord Veyverli o‘zbekistonlik tadbirkorlarni GoGlobal Trade xalqaro platformasiga jalb etish loyihasida ishtirok etishni taklif qildi. Platforma tovarlar va xizmatlarning xalqaro bozorlariga chiqish, nashr etilgan materiallar va raqamli texnologiyalar bilan almashish imkonini beradi.

UFIA Matbuot xizmati

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida Turkiyaning Sivas shahri Savdo-sanoat palatasi va tadbirkorlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Sivas Savdo-sanoat palatasi 1901-yilda Turkiyada tashkil etilgan bo‘lib, o‘z aʼzolarinig boshqa mamlakatlarga ham savdolarini kengaytirishga yordam beradi. Sivas shahrida 5 ta sanoat zonasi mavjud. Jumladan, qurilish materiallari ishlab chiqarish, oziq-ovqat, to‘qimachilik, mebel, avtomobilsozlik, metallurgiya sanoati rivojlangan.

????O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi Bahodir Umirshayxov tadbirkorlar nomidan o‘z takliflarini bildirdi. So‘ngra, tomonlar o‘zaro savdoni rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar va O‘zbekiston bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildilar.

♦️Muloqot yakunida Sivas Savdo-sanoat palatasi bilan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining Toshkent shahar, Qashqadaryo hamda Navoiy viloyati boshqarmalari o‘rtasida Memorandumlar imzolandi.

UFIA Matbuot xizmati

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »