O‘ZBEKISTON-POLSHA BIZNES FORUMI

O‘zbekiston va Polsha o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yana-da rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston – Polsha biznes forumi tashkil etiladi. Ushbu forum Polsha bilan bo‘lib o‘tadigan navbatdagi Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi doirasida o‘tkaziladi.

Forum doirasida:

  • O‘zbekiston va Polshaning iqtisodiy salohiyati va investitsiya imkoniyatlari taqdimoti
  • Ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilish
  • G2B va B2B muzokaralari – hukumat vakillari hamda biznes doiralari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot va hamkorlik masalalari bo‘yicha fikr almashish

Forumda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting!

Ro‘yxatdan o‘tish havolasi

25-fevral, Toshkent

Joylar cheklangan! Ushbu forum Polsha bilan savdo va investitsiya aloqalarini mustahkamlash uchun muhim platforma bo‘ladi.

Qishloq xo‘jaligi yerlarini monitoring qilish uchun raqamli platforma taqdimoti!

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hamda hamkor tashkilotlar tomonidan 20-fevral kuni qishloq xo‘jaligi yerlarini monitoring qilish uchun raqamli platforma namoyish qilinadi.

Ushbu innovatsion yechim:

  • Yer resurslarini samarali boshqarish,
  • Dehqon va fermerlar uchun aniq maʼlumot taqdim etish,
  • Qishloq xo‘jaligi barqarorligini oshirishga xizmat qiladi.
  • Ishtirok etish

Meeting ID: 959 6933 2425

Passcode: 26010038

O’ZBEKISTON-POKISTON BIZNES FORUMI

Joriy yilning 25-26 fevral kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston-Pokiston biznes forumi bo‘lib o‘tadi.
Tadbir davomida O‘zbekiston va Pokistonning iqtisodiy salohiyati keng namoyish etilib, investitsiya imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot taqdim etiladi. Shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilinadi.
Forum doirasida G2B va B2B muzokaralari tashkil etilib, o‘zaro manfaatli loyihalar va tashabbuslar yuzasidan fikr almashiladi.

Ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda! Forumda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali shaklni to’ldiring

Oziq-ovqat sanoatining kelajagini «FOTEG ISTANBUL – 2025» bilan shakllantiring!

Turkiya oziq-ovqat eksportida Yevropa va Shimoliy Amerikaga yo‘naltirilgan asosiy bozorga aylandi. Yuksalib borayotgan talab va yuqori sifat standartlari bilan, FOTEG ISTANBUL 2025 ushbu sektorning yetakchilari uchun eng muhim platformaga aylanmoqda.

Bu yerda:

Oziq-ovqat sanoati ekspertlari eng so‘nggi mahsulot va texnologiyalar bilan bo‘lishadilar.

Ishlab chiqaruvchilar o‘z bozor ulushlarini oshirish va yangi lazzatlar kashf qilishlari mumkin.

Sohadagi yetakchi kompaniyalar yuqori standartlarga erishish uchun birlashadilar.

Uyushma delegatsiyasi uchun bepul imkoniyatlar:

4 yulduzli mehmonxonada, nonushta kiritilgan holda,

Aeroport – mehmonxona – ko‘rgazma maydoni va ko‘rgazma maydoni – mehmonxona – aeroport orasida transfer xizmatlari.

Ko‘rgazma ishtirokchilari va xaridorlar delegatsiyasi aʼzolari o‘rtasida B2B uchrashuvlari.

Joylar soni: 5 ta kompaniya

24 – 26 Aprel 2025

Istanbul ko‘rgazma markazi

+998932533444 Muslima

FOTEG ISTANBUL 2025 – bu oziq-ovqatni qayta ishlash uchun yuqori sifatli texnika va uskunalar bilan tanishish imkoniyatidir.

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »