O‘zbekiston kompaniyalarini 2026 yil 13–16 may kunlari Italiyaning Milan shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro Next Mobility Exhibition (NME 2026) ko‘rgazmasiga stend bilan ishtirok etishga taklif qilamiz.
Ko‘rgazma sayti
NME — bu Yevropadagi yetakchi platforma bo‘lib, quyidagi yo‘nalishlarga bag‘ishlangan:
- Elektrotransport va elektrobuslar
- Quvvatlash infratuzilmasi va energiyani saqlash
- Aqlli mobillik va raqamli transport yechimlari
- Green-tech va barqaror transport
2024 yilda ko‘rgazmaga 40 ta mamlakatdan 16 000 dan ortiq mutaxassislar tashrif buyurgan, ular orasida texnika ishlab chiqaruvchilar, operatorlar, investorlar va shahar maʼmuriyatlari bor edi.
Bu nega O‘zbekiston kompaniyalari uchun muhim:
- texnologiya va loyihalarni xalqaro auditoriyaga namoyish etish imkoniyati;
- potensial hamkorlar va investorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchrashuvlar;
- O‘zbekiston brendini yangi transport va “yashil” texnologiyalar markazi sifatida ilgari surish.
Tayyor stendlar (“pod klyuch”):
∙ 24 m² — €6,272
∙ 32 m² — €8,096
(ijara, qurilish, mebel, ro‘yxatdan o‘tish va hamrohlik xizmati kiritilgan)
EXPO Connect kompaniyasi, NME ko‘rgazmasining rasmiy mintaqaviy vakili sifatida, ishtirokchilarni Milandagi uchrashuvlarni tashkil etishdan tortib, ro‘yxatdan o‘tishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarda qo‘llab-quvvatlaydi.