Hozirgi kunda aksariyat Oziq-ovqat sanoati korxonalarida, dolzarb bo‘lib turgan muammolar:

  • Byurokratik to‘siqlar, korrupsion holatlar mavjudligi va ayrim mansabdor shaxslar tomonidan bosim, davlat tashkilotlari, hokimiyat va vazirlik idoralari rahbariyati bilan uchrashish qiyinligi, tadbirkorning muammolari ularga yetib bormasligi;
  • Oziq-ovqat xavfsizligiga eʼtibor kamligi, mahsulotlarning sifatsiz nusxalarining ham ishlab chiqarilishi;
  • Soliq tizimidagi muammolar;
  • Sifatli hom ashyo yetishmasligi va hom ashyo importidagi qiyinchiliklar;
  • Ishlab chiqarish texnikalarining eskirib qolgani va tadbirkorlarning zamonaviy texnologiyalar bilan tanish emasligi;
  • Ishlab chiqarish jarayonini boshqaruvchi rahbar kadrlar, menejerlar va texnologlarning ilmsizligi va yetishmasligi (tajribali kadrlar muammosi);
  • Ishlab chiqarish jarayonini xalqaro standartlarga mos emasligi;
  • Xaridor topishdagi muammolar;
  • Aylanma mablag‘ “oborot” yetishmasligi;
  • Bojxonadagi cheklovlar;
  • Banklarning arzon instrumentlaridan foydalanish qiyinligi;
  • Eksport qilishda minimal narx cheklovi.

Siz ham yuqoridagi muammolarga duch kelayotgan bo‘lsangiz bizga murojaat qiling!

Biz bilan bog‘lanish:

 +99893-006-8448

+99893-006-8668

Ro‘yhatdan o‘ting, biz siz bilan bog‘lanamiz:

www.ufia.uz

Ilg‘or texnologiyalar markazining ECAMPUZ loyihasi doirasida “Intra-project conference (Loyiha doirasidagi anjuman)” bo‘lib o‘tdi.

2024 yilning 16-18 oktyabr kunlari Yevropa Ittifoqining ERASMUS-EDU-2022-CBHE dasturi doirasida “ECAMPUZ European World Talent Camp for Uzbekistan Scientists in Food Science and Technology” loyihasi doirasida ECAMPUZ loyihasi barcha aʼzolarining bevosita ishtirokida olib boriladigan “Intra-project conference (Loyiha doirasidagi anjuman)” bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi Bahodir Umirshayxov «O‘zbekiston oziq-ovqat sanoatida bugungi kunda yuzaga kelayotgan muammolar» mavzusida nutq so‘zlab, hozirgi kundagi dolzarb muammolarni hal qilish uchun avvalo sohaning o‘z strategiya bo‘lishi kerakligini takidlab, «O‘zbekiston oziq-ovqat sanoatining 2025-2030 strategiyasi»ni birgalikda amalga oshirishni taklif qildi.

16 oktyabr kuni Toshkent shahrida XXR hamda O‘zbekiston hukumat va biznes vakillari o‘rtasida uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 16 oktyabr kuni Tashkent intercontinental mehmonxonasida Xitoy Xalq Respublikasi hamda O‘zbekiston Respubkilasi siyosiy, biznes vakillari o‘rtasida tor doirada uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tashrif buyuruvchilar o‘zbek mahsulotlarining sifati o‘sib borayotgani, jahon bozorida raqobat qila olayotgani hamda bu o‘zbek tadbirkorlarining say harakati natijasi ekanligini takidlab, ular ham o‘zbek tadbirkorlari bilan hamkorlik maqsadida tashrif buyurishganligini aytib o‘tishdi.

Tadbirda O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi Bahodir Umirshayxov o‘zbek tadbirkorlari yetakchisi sifatida ishtirok etdi.

Uchrashuv so‘ngida ikki davlat biznes vakillari o‘rtasida bir nechta hamkorlik shartnomalari imzolandi.

Endi Quyosh paneli o‘rnatishga majburlaganga chora ko‘riladi — Energetika vaziri

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov quyosh paneli o‘rnatishga majburlagan, elektr energiyasini uzib qo‘yganlarga chora ko‘rilishini Lolazor podcast da aytib o‘tdi.

Vazirga ko‘ra, agar kimdir shunday holatga duch kelsa, shaxsan Energetika vazirining qabulxonasiga qo‘ng‘iroq qilishi mumkin.

Energetika vaziri qabulxonasining telefon raqami: +998712311441

Murojaat uchun:

+99893-006-8448

+99893-006-8668

Siz tadbirkorlik bo‘yicha faoliyat yuritasizmi?

Biznesingiz hozirda qanchalar raqobatbardosh?

Katta raqobatlar uchun-chi?! Tayyormisiz?!

O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qisqa o‘quv kurslariga qabulni ochiq deb eʼlon qiladi!

Kursda tinglovchilari kuyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladilar:

1. Davlat tashkilotlari bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish;

2. Davlat tomonidan beriladigan imtiyozlarni olishda ko‘maklashish;

3. Kurs tugagach 6 oy davomida mentor xizmatidan foydalanish;

4. Halqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etish uchun yo‘llanma.

To‘liq videoni ko‘rish

Kursga ro‘yxatdan o‘tish: www.ufia.uz

Kurs bo‘yicha bog‘lanish:

  +99893-006-8448

  +99893-006-8668

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »