O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi

Assalom alaykum hurmatli guruhimiz aʼzolari! O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi Sizni joriy yilning 31 mart kuni soat 14:30 da “Craffers” majlislar zalida tashkil etilayotgan davra suhbatida tegishli masʼul xodim bilan birgalikda tashrif buyurishingizni so‘raydi.

Mazkur tadbir doirasida oziq-ovqat va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida bozor raqobat muhitini rivojlantirish, tadbirkorlar uchun teng sharoitlar yaratish, shuningdek, yangi joriy etilayotgan maxsus qayta ishlash rejimi mexanizmlarini amaliyotga samarali tatbiq etish masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Hurmat bilan,

O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi

Qandolatchilik sohasiga oid muhim yangilik tadbirkorlar tomonidan mamnuniyat bilan kutib olindi.

Muayyan turdagi qandolatchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan shakar va boshqa ingrediyentlar importiga bojxona to‘lovlarini bekor qilish bo‘yicha yangi tartib joriy etilishi ma’lum qilindi.

Mazkur imtiyozlar faqat qandolatchilik mahsulotlarini mamlakat ichida ishlab chiqarish uchun olib kiriladigan xomashyoga nisbatan, bojxona hududida qayta ishlash rejimi doirasida qo‘llaniladi.

Ushbu qaror mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratib, mahsulot tannarxini pasaytirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda bozordagi raqobatbardoshlikni kuchaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda. Tadbirkorlar ushbu yangilikni sohani qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholamoqda.

Shuningdek, Komissiya tadbirkorlardan imtiyoz qo‘llaniladigan qandolatchilik mahsulotlari va ularning xomashyolari ro‘yxatini shakllantirish yuzasidan takliflar berishni so‘radi. Bildirilgan takliflar ko‘rib chiqilib, ma’qullangan taqdirda tegishli ro‘yxatga kiritilishi ma’lum qilindi.

“Oʻzbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil huzuridagi Jamoatchilik kengashi tarkibiga kiritildi.

Mazkur Kengash davlat organlari va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida samarali va tizimli muloqotni rivojlantirish, shuningdek, biznesning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida institutsional mexanizmlarni takomillashtirishga qaratilgan.

Kengash faoliyati doirasida ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, amaldagi tartib-taomillarni optimallashtirish hamda olib borilayotgan islohotlar samaradorligini oshirishga doir masalalarni koʻrib chiqishda ishtirok etish nazarda tutilgan.

Mazkur tarkibga kiritilish Uyushmaning ekspert salohiyati va mamlakatda qulay biznes muhitini shakllantirish jarayonidagi oʻrnini yana bir bor tasdiqlaydi.

Don va dukkakli ekinlarni qayta ishlash, shuningdek un, yem, makkajo‘xori, manna, guruch, bulgur, makaron va pechenye ishlab chiqarish texnologiyalariga bag‘ishlangan xalqaro ko‘rgazmaga taklif qilamiz.

Ko‘rgazma 2026 yil 25–27 iyun kunlari Istanbul (Turkiya) shahrida bo‘lib o‘tadi. Unda 60 ta davlatdan bayerlar, 130 dan ortiq mamlakatdan tashrif buyuruvchilar va 200 dan ortiq kompaniyalar ishtirok etadi.

Yo‘nalishlar:

  • Don va un texnologiyalari
  • Makkajo‘xori va manna ishlab chiqarish,
  • pechenye va makaron texnologiyalari,
  • Yem ishlab chiqarish,
  • Guruch va dukkakli ekinlarni qayta ishlash.

Uyushma aʼzolari uchun beriladigan imtiyozlar

  • 3 kecha mehmonxona (nonushta bilan)
  • aeroport–mehmonxona transferi
  • mehmonxonadan ko‘rgazmaga transport
  • ko‘rgazmaga kirish bileti
  • B2B uchrashuvlar zonasi

Ro‘yxatdan o‘tish uchun:

+998712203313

Toshkentda Italiya–Markaziy Osiyo–Ozarbayjon Agrobiznes forumi o‘tkaziladi

O‘zbekiston va Italiya Qishloq xo‘jaligi vazirliklari tashabbusi bilan joriy yilning 23-24-mart kunlari Toshkent shahrida Italiya-Markaziy Osiyo-Ozarbayjon davlatlari o‘rtasida “Barqaror agroekotizimlar uchun innovatsiya, regenerativ qishloq xoʻjaligi va raqamlashtirish” mavzusida xalqaro Agrobiznes forumi bo‘lib o‘tadi.

Forum qishloq xo‘jaligi sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish, innovatsion texnologiyalar va zamonaviy agroyechimlarni muhokama qilish uchun muhim platforma hisoblanadi.

Forum doirasida:
– Italiya, Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlatlaridan yetakchi ekspertlar va investorlar ishtiroki;
– Tadbirkorlar uchun hamkorlik va investitsiya imkoniyatlari;
– Tadbirkorlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish va amaliy hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini aniqlashga qaratilgan B2B uchrashuvlar bo’lib o’tadi.

Mazkur forum ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida barqaror biznes aloqalarini mustahkamlash, tajriba almashish va o‘zaro manfaatli loyihalarni ilgari surish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.

Forumga agrobiznes vakillari, fermerlar, startaplar, investorlar, ilmiy-tadqiqot muassasalari, soha mutaxassislari hamda barcha qiziquvchilar taklif etiladi.

Tadbirda ishtirok etish uchun quyidagi shaklni to‘ldiring

F Istanbul — Turkiyadagi oziq-ovqat va ichimliklar, shuningdek ularni qayta ishlash va qadoqlash texnologiyalariga bag‘ishlangan eng yirik ko‘rgazmalardan biri.

Ko‘rgazma 2026 yil 26–29 avgust kunlari Istanbul shahrida bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazma yo‘nalishlari:

-Oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar

-Yong‘oqlar, quritilgan mevalar va snek mahsulotlari

-Pechenye, shokolad, qandolat mahsulotlari va qo‘shimchalar

-Oziq-ovqat va ichimliklarni qayta ishlash hamda qadoqlash texnologiyalari

-Do‘kon uskunalari, savdo maydonlari dizayni va mehmonxonalar uchun jihozlar

Uyushma aʼzolari uchun beriladigan imtiyozlar:

Mehmonxonada 3 kecha bepul turar joy

Yetib kelganda aeroportdan mehmonxonaga guruh transferi

Har kuni mehmonxonadan ko‘rgazma markaziga va qaytish uchun avtobus xizmati

Ko‘rgazmaga bepul kirish chiptasi

Bayer zonasiga kirish (qahva, garderob, tushlik)

Ro‘yxatdan o‘tish:

+998712203313

9 aprel kuni «MDH davlatlari shakar bozori» yillik konferensiyasi

2026 yil 9 aprel kuni «MDH davlatlari shakar bozori» yillik konferensiyasi bo‘lib o‘tadi
Moskva, Redisson Slavyanskaya

Konferensiya «MDH davlatlari shakar bozori» – shakar bozori ishtirokchilari bilan uchrashish va fikr almashish uchun yagona va unikal platforma hisoblanadi, shu jumladan shakar ishlab chiqaruvchilardan tortib, treyderlar va isteʼmolchilargacha. Har yili tadbirda 250 dan ortiq ishtirokchi qatnashadi.

Asosiy masalalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • MDH davlatlari shakar bozorlari – integratsiya, ishlab chiqarish, isteʼmol va eksport;
  • Shakarning konditer mahsulotlari va ichimliklar ishlab chiqarishdagi roli;
  • YEAEB va MDH davlatlarining makroiqtisodiy omillari;
  • Jahon shakar bozori – balans va prognozlar.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun: https://sugarconference.ru/

Muhtarama opa-singillar, aziz ayollar!

Sizlarni go‘zallik va nafosat ayyomi — 8 mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!

Xonadonlarimizdan mehr-muhabbat, yuzlaringizdan tabassum va qalbingizdan bahoriy quvonch hech qachon arimasin. Sizlarga uzoq umr, mustahkam sog‘liq va oilaviy baxt tilaymiz!

Mashaqqatli va sharafli ishlaringizda zafarlar doimiy hamrohingiz bo‘lsin. Go‘zallik va latofat sizni aslo tark etmasin!

Bayram barchangizga qutlug‘ kelsin!

Xurmat bilan,

O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi Bahodir Umirshayxov.

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »