Xalqaro ko‘rgazmalar — ilg‘or texnologiyalar, yangi imkoniyatlar va mustahkam hamkorlik!

7–18–19 NOYABR kunlari Toshkentda uchta xalqaro ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi:

UzAgroExpo – qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar
UzProdExpo – oziq-ovqat sanoati va uskunalar
InterPackExpo – qadoqlash sanoati texnologiyalari

????Tashrif buyuruvchilar uchun ro‘yxatdan o‘tish:www.ieg.uz

Tashkilotchi:«International Expo Group» MChJ

O’tkazilish joyi: «O’ZEKSPOMARKAZ» MKK AJ
+998 (71) 238-59-59

+998 (93) 390-01-79

FOODERA EXPO 2026: Samarqandda xalqaro ko‘rgazma

27 oktyabr kuni Samarqand shahridagi SOF EXPO majmuasida FOODERA EXPO 2026 xalqaro oziq-ovqat va ichimliklar ko‘rgazmasi ochildi.

Tadbirda O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi Baxodir Umirshayxov ishtirok etdi.

27–29 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan ko‘rgazmada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va Erondan kelgan kompaniyalar o‘z mahsulotlarini taqdim etmoqda.

Ko‘rgazma ishlab chiqaruvchilar, distribyutorlar va xaridorlar o‘rtasida yangi hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, savdo imkoniyatlarini kengaytirish va eksport salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Oziq-ovqat sanoati bo‘yicha ekspert uchrashuvi

2026 yil 24 oktyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi Baxodir Umirshayxov ishtirokida O‘zmilliybank investitsiyalar departamenti vakillari bilan ekspert uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda oziq-ovqat sanoatining rivojlanish istiqbollari, xomashyo taʼminoti, mahsulotlarni saqlash, savdo tarmoqlari bilan hamkorlik va ishlab chiqarishni moliyalashtirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy bank instrumentlaridan foydalanish va eksport salohiyatini oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Food Nomad Summit 2026: Markaziy Osiyo oziq-ovqat sanoati yetakchilari uchun tarmoqlararo konferensiya

11–12-noyabr kunlari Toshkentda (O‘zbekiston Respublikasi) Markaziy Osiyo oziq-ovqat sanoati yetakchilari uchun mo‘ljallangan «Pishchyovka3D» xalqaro tarmoqlararo investitsion-strategik konferensiyasi — Food Nomad Summit bo‘lib o‘tadi.

Bugungi kunda O‘zbekiston mintaqaning eng jadal rivojlanayotgan bozorlaridan biri hisoblanadi. Aholi sonining ortishi, zamonaviy chakana savdo tarmoqlarining tez sur’atlarda kengayishi hamda hunarmandchilik asosidagi ishlab chiqarishdan sanoat miqyosidagi ishlab chiqarishga faol o‘tish jarayoni kuzatilmoqda. Kelgusi yillarda aynan shu yerda soha kelajagini belgilab beradigan investitsiyalar va hamkorlik bo‘yicha muhim qarorlar qabul qilinadi. Food Nomad Summit — ana shu qarorlar muhokama qilinadigan va shakllanadigan maydon.

Konferensiyaning asosiy mavzulari:

Kelgusi 5 yil ichida O‘zbekiston oziq-ovqat sanoatining qaysi segmentlari eng tez rivojlanadi?

Chakana savdo tarmoqlarining kengayishi ishlab chiqaruvchilarga qo‘yiladigan talablarni — assortiment, qadoqlash va logistika bo‘yicha — qanday o‘zgartiradi?

Nima uchun tayyor oziq-ovqat mahsulotlari chakana savdo va HoReCa sektorining mintaqadagi asosiy rivojlanish omiliga aylanmoqda?

Qaysi yo‘nalishga investitsiya kiritish maqsadga muvofiq: ishlab chiqarish, logistika, halol mahsulotlar yoki chakana savdo?

Hunarmandchilik asosidagi ishlab chiqarishdan sanoat modeliga o‘tish qanday kechmoqda va bu jarayon bozorda faoliyat yuritayotgan kompaniyalar uchun nimani anglatadi?

Spikerlar orasida:

— Diyor Mirzaahmedov («O‘zbekiston Marketing assotsiatsiyasi»);

— Otabek Akramov (ProFood, Mazzali savdo belgisi);

— Oybek Sobirov (Sherin kompaniyalar guruhi);

— Marina Chernomazova (Brand Analytics);

— Aleksandr Gribanovskiy (Zira Chef, Zira.uz, Zira Bakery va Zira Cafe savdo belgilari);

— Yuliya Chij (Zarqand) va sohaning boshqa ekspertlari.

O‘tgan yili Olmaotada bo‘lib o‘tgan QAZAQ konferensiyasida dunyoning o‘nta davlatidan 200 nafardan ortiq ishtirokchi jamlandi. Ular orasida Sherin kompaniyalar guruhi, Kaynar Ice cream, Global Coffee, PepsiCo, Efes, Wildberries, «Azbuka Vkusa» va bozorning boshqa yirik kompaniyalari vakillari bor edi.

Ishtirokchilarni biznes dasturidan tashqari ekspertlar bilan jonli munozaralar, tezkor tanishuv va hamkorlik aloqalarini o‘rnatish sessiyalari, keng ko‘lamli kechki dastur, degustatsiyalar hamda ko‘rgazma ekspozitsiyasi kutmoqda.

O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi a’zolari uchun АППУ promokodi orqali konferensiyada ishtirok etish uchun 10% chegirma taqdim etiladi!

O‘SIMLIK YOG‘INI ISHLAB CHIQARUVCHILAR, IMPORT QILUVCHILAR hamda MILLIY BREND egalari diqqatiga!

Sizlarni navbatdagi OCHIQ MULOQOTGA taklif etamiz.

16 oktyabr | 15:00

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi

Hududlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar Savdo-sanoat palatasining viloyat boshqarmalari orqali muloqotda ishtirok etishlari mumkin.
Muloqotda o‘simlik yog‘ini ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar uchun dolzarb masalalar, jumladan, raqamli markirovkalash to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi muhokama qilinadi.

Shuningdek, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan 250 ga yaqin mahalliy ishlab chiqaruvchi brendni qo‘llab-quvvatlash, ularni rivojlantirish va bozordagi raqobatbardoshligini oshirish mexanizmlari yuzasidan fikr almashiladi.


Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting:
+998 90 336 78 43

Biznesni xavfsiz raqamlashtirish va sun’iy intellekt

8-oktabr kuni Toshkent shahrida “Biznesning raqamli immuniteti: ISO/IEC 27001 va ISO/IEC 42001 asosida axborot xavfsizligi va sun’iy intellektni boshqarish” mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari Ziyodilla Alimov ishtirok etdi.

Konferensiyada zamonaviy biznes uchun muhim bo‘lgan axborot va kiberxavfsizlik, raqamli xatarlarni boshqarish, korporativ ma’lumotlarni himoya qilish hamda sun’iy intellektdan xavfsiz foydalanish masalalari muhokama qilindi.

Oziq-ovqat sanoatida ham raqamlashtirish, axborot xavfsizligi va zamonaviy boshqaruv standartlarini joriy etish korxonalar raqobatbardoshligi va barqarorligini oshirishning muhim omillaridan biridir.

“Biznesning raqamli immuniteti: ISO/IEC 27001 va ISO/IEC 42001 asosida axborot xavfsizligi va sun’iy intellektni boshqarish” konferensiyasi

2026-yil 8-oktabr kuni Toshkent shahrida axborot xavfsizligi, kiberxavflar va sun’iy intellektni samarali boshqarishga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tadi. Tadbirning asosiy maqsadi tashkilotlarga axborot va raqamli infratuzilmani himoya qilishning amaliy yondashuvlarini taqdim etish, ISO/IEC 27001, ISO/IEC 42001 va ISO 22301 xalqaro standartlari talablari bilan tanishtirish hamda sun’iy intellektdan foydalanish bilan bog‘liq zamonaviy xavflar va ularni boshqarish usullarini muhokama qilishdan iborat. 08.10.2026
Konferensiya davlat va xususiy tashkilotlar rahbarlari, HR-direktorlar, IT va axborot xavfsizligi rahbarlari, risklarni boshqarish, komplayens, ma’lumotlarni himoya qilish va menejment tizimlari bo‘yicha mutaxassislar, shuningdek auditorlar, konsultantlar va kiberxavfsizlik yechimlarini taqdim etuvchi kompaniyalar vakillari uchun mo‘ljallangan. 08.10.2026
Dastur doirasida ISO/IEC 27001 asosida axborot xavfsizligini boshqarish, ISO/IEC 42001 asosida sun’iy intellektni nazorat qilish, ISO 22301 asosida biznes uzluksizligi, SOC, SIEM, DLP, EDR va XDR kabi zamonaviy kiberxavfsizlik vositalari, shuningdek sun’iy intellektdan xavfsiz foydalanish masalalari ko‘rib chiqiladi. 08.10.2026 08.10.2026 08.10.2026
Sana: 8-oktabr 2026-yil
Vaqt: 09:30–16:30
Manzil: AZIMUT Grand Hotel Tashkent, Amir Temur shoh ko‘chasi, 107A.

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »