XXI Xalqaro «UzAgroExpo-2026» ko‘rgazmasi — agrosanoat majmuasi uchun zamonaviy texnologiyalar va innovatsion yechimlar bir maydonda!

Ko’rgazma bo’limlari:
– Qishloq xo‘jaligi texnikasi
– Agrokimyo va o‘simliklarni himoya qilish
– Sug‘orish va suv texnologiyalari
– Chorvachilik va yem-xashak yechimlari
– Parrandachilik va zamonaviy fermalar
– Veterinariya
– Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va logistika
– Raqamli qishloq xo‘jaligi

Eng yaxshi joylarni tanlash uchun hoziroq stendni bron qiling va o‘z yechimlaringizni maqsadli auditoriyaga taqdim eting!

????17–18–19 NOYABR

O’tkazilish joyi: «O’zekspomarkaz» MKK AJ, Toshkent sh.
+998 (71) 238-59-59

+998 (93) 390-01-79

Oziq-ovqat sanoati korxonalarida dual ta’lim tizimi joriy etiladi

​O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi, Professional ta’lim agentligi direktori o‘rinbosari Shayxnazar Sharafuddinov va Uyushma raisi ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

​Uchrashuvda «Roʻzmetov» va «Zarqand» kabi yirik ishlab chiqarish korxonalarida dual ta’lim tizimini joriy etish masalalari muhokama qilindi. Mutaxassislar tomonidan ushbu tizimning afzalliklari hamda loyihada qatnashuvchi tashkilotlar uchun davlat tomonidan beriladigan imtiyoz va preferensiyalar tushuntirildi.

​Muzokaralar natijasida Uyushmaga a’zo boshqa korxonalarni ham ushbu loyihaga keng jalb etish va tizimni yanada rivojlantirishga qaror qilindi.

O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasida xalqaro uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2026 yilning 8 iyun kuni O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasida Ozarbayjonning yetakchi “ACR GROUP” kompaniyasi delegatsiyasi hamda go‘sht va sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar vakillari bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazildi.

Muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish hamda sohaning quyidagi ustuvor yo‘nalishlari atroflicha muhokama qilindi:
– Oziq-ovqat xavfsizligi: Ishlab chiqarish zanjirida xalqaro standartlarni so‘zsiz taʼminlash;
– Innovatsion saqlash tizimlari: Xomashyo va tayyor mahsulotlarni saqlashning ilg‘or texnologik yechimlarini joriy etish;
– Sifat va muddat: Mahsulotlarning tabiiy xususiyatlarini saqlagan holda, ularning yaroqlilik muddatini uzaytirish.

Xalqaro tajriba almashish va ilg‘or andozalarning integratsiya qilinishi mahalliy mahsulotlarning ichki bozordagi sifatini hamda tashqi bozorlardagi eksport raqobatbardoshligini yuksaltirishga xizmat qiladi

Xiva shahrida xalqaro “Qovun sayli” festivali o’tkaziladi

????Qadimiy Xiva shahri yana bir bor milliy an’analar, betakror ta’mlar va unutilmas taassurotlar markaziga aylanadi. Joriy yilning 7–8–9-avgust kunlari Xiva shahridagi Ichon-qal’a va Arda xiva turistik majmualarida an’anaviy “Qovun sayli – 2026” festivali bo‘lib o‘tadi.

Festival dasturi doirasida mehmonlarni:

???? Turli hududlardan keltirilgan noyob qovun navlari ko‘rgazmalari;
???? Teatrlashtirilgan chiqishlar va folklor dasturlari;
???? O‘zbekistonning taniqli san’atkorlari va mashhur xorij estrada yulduzlari ishtirokidagi konsert dasturlari;
???? Kechki payt osmonni bezaydigan yorqin mushakbozlik namoyishlari;
???? Xorazmning milliy taomlari va gastronomik ko‘rgazmalar;
???? Hunarmandchilik yarmarkalari va mahorat darslari;
???? Fotozonalar, xalq o‘yinlari hamda turli ko‘ngilochar dasturlar kutmoqda.

Oʻzbekiston Oziq-Ovqat Sanoati Uyushmasi barchangizni ushbu xalqaro festivalga taklif etadi.

Oʻzbekiston Oziq-ovqat Sanoati Uyushmasi (UFIA) ishlab chiqaruvchilarini Shanhay shahrida boʻlib
oʻtadigan nufuzli «interpack China 2026» xalqaro koʻrgazmasiga rasmiy delegatsiya aʼzosi sifatida taklif etadi!

Sana: 2026-yil 16–18-noyabr
Joy: Shanhay, Xitoy (SNIEC koʻrgazmalar markazi)

Delegatsiya aʼzolari uchun imtiyozlar
Oʻzbekiston delegatsiyasi uchun tashkilotchilar tomonidan quyidagi xarajatlar qoplanadi:
– Mehmonxonada 3 kecha, 4 kun bepul yashash.
– Koʻrgazma kunlarida har kuni tushlik kuponlari.
– VIP kirish beydjlari va VIP-Lounge xizmatidan bepul foydalanish.
– Trasnfer
– B2B uchrashuvlar va Xitoyning yirik fabrikalariga biznes-tashriflar.

Biznesingizni jahon standartlariga olib chiqing va Xitoyning eng ilgʻor texnologiyalari bilan tanishing.

Batafsil maʼlumot va roʻyxatdan oʻtish uchun:
@Ufia_2025
+998932533444

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »