2025-yilning 4–7-noyabr kunlari Italiyadagi Rimini shahrida Ecomondo-2025 ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Bu yirik xalqaro tadbir atrof-muhitni muhofaza qilish, resurslarni samarali boshqarish va yashil iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish bo‘yicha dunyoning yetakchi platformasidir.
Ko‘rgazmada quyidagi sohalar bo‘yicha zamonaviy yechimlar taqdim etiladi:
- Atrof-muhit monitoringi va boshqaruvi
- Yashil energiya va qayta tiklanadigan resurslar
- Sanoat chiqindilarini qayta ishlash va chiqindilarni kamaytirish
- Barqaror qishloq xo‘jaligi va suv resurslarini boshqarish
- Shahar ekologiyasi va aqliy infratuzilmalar
Hosted Buyers dasturi doirasida quyidagi bepul imkoniyatlarni taqdim etadi:
- 3 kecha mehmonxonada yashash (nonushta ila)
- Bolonya shahri ayeroportidan/ga transfer
- Har kuni mehmonxonadan ko‘rgazmaga va orqaga transfer
- Bepul kirish chiptasi
- Buyer zonega kirish (garderob, kafe-bar, tushlik, Wi-Fi)
- Biznes uchrashuvlarni oldindan tashkil qilish uchun onlayn platformaga kirish
- Bayerning majburiyatlari:
- 10 ta biznes uchrashuv o‘tkazish va ko‘rgazmada kamida 2 kun ishtirok etish.
Ro‘yhatdan o‘tish:
+998932533444