MIHAS 2026 xalqaro ko‘rgazmasiga TAKLIF ETAMIZ !

Sizlarni Malaysia International Halal Showcase (MIHAS) 2026 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etishga taklif etamiz. Ushbu ko‘rgazma dunyodagi eng yirik Halol sanoati platformalaridan biri bo‘lib, ayniqsa oziq-ovqat yo‘nalishida keng imkoniyatlar yaratadi.

Sana: 23–26 sentabr 2026 yil

Manzil: Kuala Lumpur, Malayziya

Oziq-ovqat yo‘nalishlari:

  • Halol oziq-ovqat mahsulotlari
  • ichimliklar (beverages)
  • go‘sht va parranda mahsulotlari
  • sut va sut mahsulotlari
  • qandolat va non mahsulotlari
  • konservalangan va qayta ishlangan mahsulotlar
  • yarim tayyor va tayyor ovqatlar

Uyushma a‘zolari uchun maxsus imkoniyatlar:

  • 3 kecha mehmonxona
  • guruhli transfer
  • ko‘rgazmaga kirish

Ushbu ko‘rgazma sizga yangi eksport imkoniyatlari, xalqaro hamkorlar topish va Halol oziq-ovqat bozoriga chiqish imkonini beradi.

Aloqa uchun:

Tel:+99871 220 33 13

ProPak China 2026 xalqaro ko‘rgazmasi.

Xurmatli tadbirkorlar sizlarni ProPak China 2026 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etishga taklif etamiz. Ushbu ko‘rgazma oziq-ovqat, farmatsevtika va kosmetika sanoati uchun ishlab chiqarish hamda qadoqlash texnologiyalariga bag‘ishlangan eng yirik ko‘rgazmalaridan biri hisoblanadi.

Sana: 15–17 iyun 2026 yil

Manzil: Shanghai, Xitoy

Yo‘nalishlar:

  • oziq-ovqat ishlab chiqarish texnologiyalari
  • qadoqlash (packaging) uskunalari
  • avtomatlashtirish va zamonaviy ishlab chiqarish yechimlari
  • farmatsevtika va kosmetika sanoati texnologiyalari
  • Uyushma a‘zolari uchun maxsus imkoniyatlar:

3 kecha mehmonxona

guruhli transfer

ko‘rgazmaga kirish

Bu siz uchun yangi hamkorlar topish, zamonaviy texnologiyalar bilan tanishish va biznesingizni rivojlantirish uchun ajoyib imkoniyat!

Murojat uchun:

Tel:+99871 220 33 13

O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi boshchiligidagi delegatsiya Malayziyada, Malayziya palma yogi kengashi boshchiligidagi «Trade Networking» tadbirlarida ishtirok etdi.

​Tashrifning muhim natijalari:

​• Strategik muzokaralar: Malayziya palma yog‘i kengashi (MPOC) rahbariyati bilan xomashyo yetkazib berish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

• Diplomatik ko‘mak: Tashrifni yuqori saviyada tashkil etishda O‘zbekistonning Malayziyadagi Elchixonasi beqiyos hissa qo‘shdi.

• Milliy jamoa: Yurtimizning 33 ta eng yirik korxonasi malayziyalik hamkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri B2B aloqalarini o‘rnatdi.

• Sifat va narx: Yangi logistik yo‘laklar mahsulotlarimiz sifatini oshirib, tannarxini arzonlashtirishga xizmat qiladi.

​Jahon bozorlari va ilg‘or texnologiyalar bilan integratsiyalashishda davom etamiz

Kuala-Lumpur, Malayziya

Oʻzbekiston oziq-ovqat sanoati delegatsiyasining Malayziyaga tashrifi davom etmoqda

Bugun, 14-aprel kuni Uyushma delegatsiyasi Pasir Gudang sanoat hududida joylashgan Felda-Johore Bulkers Sdn Bhd hamda Wilmar PGEO Edible Oils Sdn Bhd korxonalarida bo’ldi. Tashrif davomida logistika, mahsulotlarni saqlash va o’simlik yog’larini qayta ishlash boʻyicha ilg’or texnologiyalar ko’zdan kechirildi.

Muzokaralar doirasida korxona rahbariyati bilan brifing va ishlab chiqarish jarayonlari boʻyicha tajriba almashinuvi oʻtkazildi. Ushbu uchrashuvlar O’zbekiston oziq-ovqat sanoatiga xalqaro standartlarni joriy etish va eksport aloqalarini kengaytirishga xizmat qiladi.

O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati salohiyati xalqaro maydonda: Malayziyaga rasmiy tashrif

​O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi boshchiligidagi delegatsiyaning Malayziya davlatiga ishchi tashrifi davom etmoqda. Tashrif doirasida kecha, dasturga muvofiq, bir qator muhim ob’ektlar va tadbirlarda ishtirok etildi.

​Xususan, delegatsiya a’zolari MPOC (Malaysian Palm Oil Council) vakillari bilan uchrashib, sohadagi o‘zaro manfaatli hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

​Ushbu tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — Malayziyaning oziq-ovqat sanoatidagi ilg‘or tajribasini o‘rganish, yangi texnologiyalarni joriy etish va eksport aloqalarini yanada mustahkamlashdir.

​Bugun esa tashrif rejasi bo‘yicha Johor shtatiga yo‘l olinadi.
​O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi xalqaro aloqalarni rivojlantirish va milliy brendlarimizni dunyo bozoriga olib chiqishda davom etadi.

O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi MDH xalqaro konferensiyasida ishtirok etdi.

Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan “MDH mamlakatlari shakar bozori – 2026” yillik xalqaro konferensiyasida O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi ma’ruza bilan ishtirok etdi.

Masofaviy formatda o‘tgan muloqotda respublikamiz shakar tarmog‘idagi tub transformatsiya jarayonlari va erishilgan natijalar taqdim etildi.

Ma’ruzada sohaga joriy etilgan innovatsion mexanizmlar, xususan, Prezidentimizning PF-250-sonli Farmoniga binoan tadbiq etilgan “51-bojxona rejimi” (bojxona hududida qayta ishlash) hamda aksiz solig‘ining bekor qilinishi natijasida narxlar barqarorligi ta’minlanayotgani alohida e’tirof etildi. Ishtirokchilar O‘zbekistonning mintaqadagi jadal rivojlanayotgan shakar xabi sifatidagi o‘rni va JSTga a’zo bo‘lish yo‘lidagi muhim islohotlariga yuqori baho berdilar.

O‘zbekistonda “Iqlimga mos agro-oziq-ovqat investitsiya platformasi” tashabbusi muhokama qilindi

Joriy yilning – 1 aprel kunlari davomida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (EBRD) hamda BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) missiyasi doirasida O‘zbekistonda “Iqlimga mos agro-oziq-ovqat investitsiya platformasi”ni tashkil etish tashabbusi yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur platforma agro-oziq-ovqat tizimini barqaror, raqobatbardosh va iqlim o‘zgarishlariga chidamli shaklga o‘tkazishga qaratilgan.

Uchrashuv Oziq-ovqat sanoati uyushmasida bo‘lib o‘tdi. Unda uyushma raisi Baxodir Umirshayxov hamda uyushma raisi o‘rinbosari Ziyodilla Alimov ishtirok etdi.

Tomonlar mazkur tashabbus doirasida hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Toshkent shahri, 2026 yil 1 aprel

Don va dukkakli ekinlarni qayta ishlash, shuningdek un, yem, makkajo‘xori, manna, guruch, bulgur, makaron va pechenye ishlab chiqarish texnologiyalariga bag‘ishlangan xalqaro ko‘rgazmaga taklif qilamiz.

Ko‘rgazma 2026 yil 25–27 iyun kunlari Istanbul (Turkiya) shahrida bo‘lib o‘tadi. Unda 60 ta davlatdan bayerlar, 130 dan ortiq mamlakatdan tashrif buyuruvchilar va 200 dan ortiq kompaniyalar ishtirok etadi.

Yo‘nalishlar:

  • Don va un texnologiyalari
  • Makkajo‘xori va manna ishlab chiqarish,
  • pechenye va makaron texnologiyalari,
  • Yem ishlab chiqarish,
  • Guruch va dukkakli ekinlarni qayta ishlash.

Uyushma aʼzolari uchun beriladigan imtiyozlar

  • 3 kecha mehmonxona (nonushta bilan)
  • aeroport–mehmonxona transferi
  • mehmonxonadan ko‘rgazmaga transport
  • ko‘rgazmaga kirish bileti
  • B2B uchrashuvlar zonasi

Ro‘yxatdan o‘tish uchun:

+998712203313

F Istanbul — Turkiyadagi oziq-ovqat va ichimliklar, shuningdek ularni qayta ishlash va qadoqlash texnologiyalariga bag‘ishlangan eng yirik ko‘rgazmalardan biri

F Istanbul — Turkiyadagi oziq-ovqat va ichimliklar, shuningdek ularni qayta ishlash va qadoqlash texnologiyalariga bag‘ishlangan eng yirik ko‘rgazmalardan biri. Ko‘rgazma 2026 yil 26–29 avgust kunlari Istanbul shahrida bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazma yo‘nalishlari:

  • Oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar
  • Yong‘oqlar, quritilgan mevalar va snek

mahsulotlari

  • Pechenye, shokolad, qandolat mahsulotlari -va qo‘shimchalar
  • Oziq-ovqat va ichimliklarni qayta ishlash hamda qadoqlash texnologiyalari
  • Do‘kon uskunalari, savdo maydonlari dizayni va mehmonxonalar uchun jihozlar

Uyushma aʼzolari uchun beriladigan imtiyozlar:

  • Mehmonxonada 3 kecha bepul turar joy
  • Yetib kelganda aeroportdan mehmonxonaga guruh transferi
  • Har kuni mehmonxonadan ko‘rgazma markaziga va qaytish uchun avtobus xizmati
  • Ko‘rgazmaga bepul kirish chiptasi
  • Bayer zonasiga kirish (qahva, garderob, tushlik)

Ro‘yxatdan o‘tish:

+998712203313

2026 Ningxia Overseas Economic and Trade Cooperation Conference doirasida uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 1 aprel kuni “2026 Ningxia Overseas Economic and Trade Cooperation Conference” xalqaro tadbiri doirasida ochilish marosimi va taqdimotlar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir xalqaro savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash hamda oziq-ovqat sanoati va qishloq xo‘jaligi sohalarida tajriba almashish uchun muhim ahamiyat kasb etdi.

Tadbirda Oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi o‘rinbosari Alimov Ziyodilla ishtirok etdi.

Tadbir doirasida Xitoyning Savdo-sanoat palatasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazilib, eksport-import masalalari muhokama qilindi. Xususan, O‘zbekistondan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, jumladan meva va sabzavotlar eksportini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni yana-da rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Toshkent shahri, 2026 yil 1 aprel

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »