O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasiga aʼzo korxonalar uchun yangi imkoniyat!

Endilikda oziq-ovqat sanoati korxonalarida kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lgan xodimlar davlat oliy taʼlim muassasalarining masofaviy yoki kechki taʼlim shakllariga suhbat asosida o‘qishga imtiyozli ravishda qabul qilinadi.

Bu imtiyozdan foydalanib, siz ham o‘z korxonangiz xodimlarini oliy taʼlim bilan taʼminlashingiz mumkin.

1-avgustga qadar xodimingizning maʼlumotlarini bizga taqdim eting.

1-15 avgust kunlari uyushma tomonidan bu maʼlumotlar DTMga topshiriladi va DTM suhbat jarayonini tashkil etadi.

Batafsil maʼlumot uchun:

+998997232111

Hindistondagi keng ko‘lamli Xalqaro savdo ko‘rgazmasiga taklif qilamiz!

2025 yil 25–29 sentyabr kunlari Greater Noida, Hindistonda bo‘lib o‘tadigan 3-Uttar Pradesh International Trade Show xalqaro ko‘rgazmasiga qatnashish imkoniyati!

Hosted Buyer sifatida qatnashuvchilar uchun imtiyozlar:

  • Yo‘lkira xarajatlari qoplab beriladi (Ekonom klass)
  • 2 kecha mehmonxonada yashash
  • Aeroport–mehmonxona transferlari
  • Savdo ko‘rgazmasiga kirish va biznes uchrashuvlarda ishtirok

Manzil: Greater Noida, Hindiston ????????

25–29 sentyabr, 2025 yil

+998932533444

Agar kompaniyangiz Hindistondagi, ayniqsa, Uttar-Pradesh shtatidagi eksportyorlar bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor bo‘lsa — bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »