Germaniyadagi yirik xalqaro qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasida O‘zbekiston mahsulotlari namoyish etilmoqda.

2023 yilning 20 yanvaridan 29 yanvariga qadar Germaniya poytaxti – Berlin shahrida «Green week – 2023» deb nomlangan yirik xalqaro qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda O‘zbekiston mahsulotlari umumiy maydoni 240 metr kvadratlik «Made in Uzbekistan» stendida taqdim etilmoqda. Ushbu stendda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining 227 turi namoyish etilmoqda, sarxil va quritilgan meva-sabzavotlar, yong‘oqlar shular jumlasidandir.

Bundan tashqari, o‘zbekistonlik oshpazlar har kuni palov, somsa, tandirda yopilgan non va boshqa taomlar tayyorlab, tadbirga tashrif buyuruvchilarni mehmon qilishmoqda.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Germaniya Xalqaro hamkorlik jamiyati hamda O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Unda mamlakatimizda faoliyat yurituvchi manfaatdor xususiy sektor xodimlari uchun ishlab chiqarish jarayonida qo‘llaniladigan nemis texnologiyalarini o‘qitish, oziq-ovqat sanoati sohasida faoliyat yurituvchi kadrlar tayyorlashni tizimli tarzda yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralardan so‘ng, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati mutaxassislari ko‘magida O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilariga master-klasslar tashkil etishga kelishib olindi.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Bahodir Umirshayxov Italiya davlatidagi yirik ko‘rgazmalar tashkil etuvchi kompaniya – «Italian Exhibition Group» vakillari bilan uchrashdi

Bugun O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi Bahodir Umirshayxov Italiya davlatidagi yirik ko‘rgazmalar tashkil etuvchi kompaniya – «Italian Exhibition Group» vakillari bilan uchrashdi.

Muloqotda biznes sohasida katta tajribaga ega, italiyalik Jorja Di Pomponio, Stefania Balzi, Roberta Masini, Chiara Peruzzi xonimlar bilan muzokaralar olib borar ekan, Bahodir Umirshayxov ular bilan muntazam hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, xalqaro ko‘rgazmalarda o‘zbekistonlik tadbirkorlarning chegirmalar asosida ishtirok etishini taʼminlashga doir bir qancha takliflarni ilgari surdi.

Uchrashuv mobaynida hamjihatlikda yirik ko‘rgazmalar tashkil etish masalasi ham ko‘rib chiqildi.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Italiyaning Rimini shahrida start olgan «SIPEP & AB Tech Expo» yuqori kayfiyatda bo‘lib o‘tmoqda

Xususan, bugun ko‘rgazma doirasida «Yevropadagi eng yaxshi qandolat oshpazi» nominatsiyasi tanlovi tashkil etildi.

Unda tanlovning hakamlar hayʼati aʼzolaridan biri, mashhur qandolatchi Mario janoblari bilan O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi Bahodir Umirshayxov uchrashdi.

Muhokamalar natijasida Mario janoblarining yaqin orada mamlakatimizga tashrif buyurishi hamda uning ishtirokida master-klasslar tashkil etilishi maʼlum qilindi.

Uyushma vakillari «SIGEP & AB Tech Expo» ko‘rgazmalarida ishtirok etish uchun Italiya davlatiga yetib borishdi

Mamlakatimizning bir qancha faol tadbirkorlari O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi Bahodir Umirshayxov boshchiligida “RIMINI” ekspo-markazida bo‘lib o‘tadigan «SIGEP & AB Tech Expo» ko‘rgazmalarida ishtirok etish uchun Italiya davlatiga yetib borishdi.

O‘zbek tadbidkorlari 25 yanvar sanasiga qadar ushbu ko‘rgazmada qatnashadi va mahalliy mahsulotlarimizni dunyoning turli burchaklaridan tashrif buyurgan 200 000 dan ortiq ishtirokchilarga namoyish etishadi!

Jarayonlarning batafsil tafsiloti bilan rasmiy sahifalarimizda tanishib borishingiz mumkin!

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

2022 yilning dekabr oyida paxta yog‘i narxlari noyabr oyiga nisbatan yaʼni bir oyda o‘rtacha 1,5 % ga arzonlashgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi  maʼlumotlariga ko‘ra, 2022 yilning dekabr oyida paxta yog‘i narxlari noyabr oyiga nisbatan yaʼni bir oyda o‘rtacha 1,5 % ga arzonlashgan.

Paxta yog‘i narxlari 2022 yil davomida o‘rtacha 7,4 % ga qimmatlashgani kuzatilgan.

2022 yilning dekabr oyida o‘tgan oyga nisbatan:

– O‘simlik yog‘lari narxlari – o‘rtacha 1,4 % ga arzonlashgan.

– Kungaboqar moyi narxlari – o‘rtacha 1,3 % ga arzonlashgan.

– Sariyog‘ narxlari – o‘rtacha 1,6 % ga oshgan.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Yaponiya kompaniyalari O‘zbekistonda dorivor giyohlar yetishtirishga qiziqish bildirmoqda.

Mamlakatimizning Yaponiyadagi elchisi Tokiwa Phytochemical Co kompaniyasi prezidenti bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Uchrashuvda Yaponiya tomoniga O‘zbekistonda dorivor o‘simliklar yetishtirish va ularni zamonaviy sharoitda ko‘paytirish imkoniyatlari, bu borada investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida maʼlumot berildi.

Kompaniya rahbari ko‘plab yapon ishlab chiqaruvchilari dorivor o‘simliklar ishlab chiqarish bo‘yicha Yaponiya bozorini diversifikatsiya qilish maqsadida O‘zbekiston korxonalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekanini taʼkidladi.

Shu maqsadda qizilmiya ekstrakti ishlab chiqaruvchi dunyoning yirik kompaniyalari vakillari bilan birgalikda Yaponiya ishbilarmon doira vakillari O‘zbekistonga amaliy tashrif buyurib, mamlakatimiz korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishish niyatida ekanliklarini bildirishdi.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

2022 yilda issiqxonada pomidor yetishtirish 26 foizga oshdi.

2022 yilda O‘zbekistonda issiqxona mahsulotlari yetishtirish hajmi 2021 yilga nisbatan 11,1 foizga, issiqxona pomidorini yetishtirish esa 26 foizga oshdi. Shu bilan birga, issiqxona mahsulotlarining umumiy ishlab chiqarishida pomidorning ulushi 8,5 foizga ko‘tarildi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi maʼlumotlariga ko‘ra , 2022 yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekiston issiqxonalarida 301 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilgan, shundan 211 ming tonnasi pomidordir yaʼni issiqxonada yetishtirilgan umumiy mahsulotning 70,1 foizi.

Ayni paytda mamlakatimizda 3157 fermer xo‘jaligi va qishloq xo‘jaligi korxonalari issiqxona mahsulotlari yetishtirish bilan shug‘ullanadi. Ulat tarkibidagi issiqxonalarning umumiy maydoni 6,3 ming gektarni tashkil etadi.

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »