O‘SIMLIK YOG‘INI ISHLAB CHIQARUVCHILAR, IMPORT QILUVCHILAR hamda MILLIY BREND egalari diqqatiga!

Sizlarni navbatdagi OCHIQ MULOQOTGA taklif etamiz.

16 oktyabr | 15:00

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi

Hududlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar Savdo-sanoat palatasining viloyat boshqarmalari orqali muloqotda ishtirok etishlari mumkin.
Muloqotda o‘simlik yog‘ini ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar uchun dolzarb masalalar, jumladan, raqamli markirovkalash to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi muhokama qilinadi.

Shuningdek, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan 250 ga yaqin mahalliy ishlab chiqaruvchi brendni qo‘llab-quvvatlash, ularni rivojlantirish va bozordagi raqobatbardoshligini oshirish mexanizmlari yuzasidan fikr almashiladi.


Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting:
+998 90 336 78 43

“O‘zbekiston-Eron” biznes-forumi» va B2B formatidagi uchrashuvlar

Hurmatli tadbirkorlar!

Eron Islom Respublikasining Markaziy viloyati hokimi boshchiligida ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi doirasida joriy yilning 20 avgust kuni soat 10:30-13:00 da Toshkent shahridagi «AZIMUT Grand Hotel Tashkent» mehmonxonasida ikki mamlakat rasmiylari va yetakchi kompaniyalari ishtirokida “O‘zbekiston-Eron” biznes-forumi» va B2B formatidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.

Eron tadbirkorlari bilan quyidagi sohalarda uchrashuvlar o‘tkaziladi:

– Oziq-ovqat sanoati
– Qishloq xo‘jaligi
– Qurilish sanoati
– Temir mahsulotlari
– Tog‘-kon sanoati
– neft va gaz
– avtomobil va ehtiyot qisimlar
– uy-ro‘zg‘or buyumlari va maishiy texnika
– to‘qimachilik

Ushbu ikki tomonlama uchrashuvlar O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yana-da rivojlantirish, yangi biznes aloqalarini o‘rnatish hamda mavjud hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan.

Uchrashuvda ishtirok etish istagida bo‘lgan tadbirkorlar ro‘yxatdan o‘tishlari so‘raladi:
+998915778347

HURMATLI ISHLAB CHIQARUVCHILAR!

O‘zbekiston Oziq-ovqat Sanoati Uyushmasi hamda Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi hamkorligida, Prezident Administratsiyasi ko‘magida sanoatni rivojlantirishga bag‘ishlangan muhim tadbir tashkil etilmoqda.

Sana: Ertaga
Vaqt: 10:00 – 12:00

Tadbir mavzusi:

-sanoatni rivojlantirish uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar;
-subsidiyalar va davlat tomonidan ajratilayotgan moliyaviy ko‘maklar.

Ushbu tadbirga barcha ishlab chiqaruvchi korxonalar rahbarlari (direktorlar) hamda menejerlarini taklif etamiz.

Mazkur uchrashuvda davlat tomonidan taqdim etilayotgan imkoniyatlar va qo‘llab-quvvatlash dasturlari bo‘yicha batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

Batafsil ma’lumot uchun:
+998 99 872 80 10

Sizning ishtirokingizni kutib qolamiz!

O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi

Assalom alaykum hurmatli guruhimiz aʼzolari! O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi Sizni joriy yilning 31 mart kuni soat 14:30 da “Craffers” majlislar zalida tashkil etilayotgan davra suhbatida tegishli masʼul xodim bilan birgalikda tashrif buyurishingizni so‘raydi.

Mazkur tadbir doirasida oziq-ovqat va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida bozor raqobat muhitini rivojlantirish, tadbirkorlar uchun teng sharoitlar yaratish, shuningdek, yangi joriy etilayotgan maxsus qayta ishlash rejimi mexanizmlarini amaliyotga samarali tatbiq etish masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Hurmat bilan,

O‘zbekiston oziq-ovqat sanoati uyushmasi

Zamonaviy sovutgich kameralarimiz mahsulotingizni saqlash uchun ideal sharoitlarni taʼminlaydi!

Nazorat qilinadigan harorat va namlik meva va sabzavotlarning yangiligini va sifatini kafolatlaydi.

Mahsulotlaringizni biz bilan saqlang!

Yuklashdan oldingi saqlash: Mahsulotlarni yuklashdan oldin tez va samarali sovitish imkoniyati. Bizda mahsulotlarni yuklash va tashish jarayonida sifatini saqlash uchun barcha sharoitlar mavjud.

Bojxona: Bizning bojxona xizmatlari mahsulotlaringizni tez va samarali rasmiylashtiradi.

Fitosanitariya: Sertifikatsiya va fitosanitariya xizmatlari bilan vaqtigizni tejang va mahsulotingizni yuqori sifatda saqlang.

Kafe: 24/7 ishlaydigan kafeimizda mazali taomlar va qulay muhitda dam olish imkoniyati bor.

Xostel: Zamonaviy xostelimizda har bir xonada konditsionerlar, toza va yangi yotoq jihozlari, hamda Wi-Fi mavjud.

TIR-Parking: Yuk mashinalari uchun qo‘riqlanadigan avtoparkimiz sizga qulaylik va xavfsizlikni taʼminlaydi.

Xizmatlar haqida ko‘proq maʼlumot olish uchun quyidagi raqamlarga murojaat qiling:

+998957802299

+998957782299

Qadrli tadbirkorlar!

2021 yil 23 noyabr kuni «O‘zbekiston: savdoni moliyalashtirish – 2021» to‘rtinchi yillik xalqaro onlayn konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.

Unda hozirgi iqtisodiy vaziyat, pandemiya vaqtida eksport-import faoliyatida qanday o‘zgarishlar yuz berganligi, korporatsiyalarning savdoni moliyalashtirish uchun qanday alternativalarni tanlashi ko‘proq samara berishi kabi mavzularda uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.

Konferensiya Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Jahon jamg‘arma va chakana bank instituti ko‘magi ostida tashkillashtirilmoqda.

Onlayn konferensiyada ishtirok etish orqali o‘z biznesingiz moliyaviy rejalarini zamon talabiga ko‘ra avvaldan belgilash bo‘yicha qimmatbaho maʼlumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin!

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

O‘z ishlab chiqargan mahsulotingizni muvaffaqiyatli tarzda xorijga eksport qilishni xohlaysizmi?

Unda Oziq-ovqat sanoati uyushmasining «Eksport xizmatlari» aynan siz uchun!

Xizmat o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:

– Xorijiy davlatlardan kelgan savdo takliflarini tadbirkorga taqdim etish;

– Eksport sug‘urta polisini subsidiya bilan olishda ko‘maklashish;

– Logistika xarajatlarini 50% gacha subsidiyasi bilan olib berish.

O‘z biznesingizni yana bir karra yuqori pog‘onaga ko‘tarish vaqti keldi!

Murojaat uchun:

+998997232111

+998712203313

+998985775353

Qadrli tadbirkorlar!

O‘zbekiston hamda Pokiston o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy

xamkorlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida 14-15 iyul kunlari Toshkent shahrida ikki davlat ishbilarmon doiralari o‘rtasida biznes-forum o‘tkazish rejalashtirilgan.

Mazkur biznes-forumda Pokistondan kariyb 100 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Biznes-forum davomida tadbirkorlar tomonidan B2B uchrashuvlarida savdo va investitsiyaviy

shartnomalarni imzolash xam belgilangan.

Agarda siz Pokiston tadbirkorlari bilan hamkorlikda investitsiyaviy loyihalari amalga oshirmoqchi bo‘lsangiz, forumda ishtirok etish orqali ikki tomonlama manfaatli shartnomalar imzolashingiz mumkin.

O‘zbekiston-Pokiston biznes-forumida qatnashmoqchi bo‘lsangiz, quyidagi raqamlarga murojaat eting:

+998997232111

+998712203313

Bojxona xizmati

Hurmatli tadbirkorlar!

O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi 5 iyul sanasidan 5 avgust sanasiga qadar Bojxona sohasiga doir xizmatlarni 15% chegirma asosida taqdim etadi!

Xizmat o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:

– Bojxona chegaralarida hujjatlarini rasmiylashtirishga amaliy yordam berish;

– Mahsulot va xomashyo kodlari hamda davlat to‘lovlarini aniqlashtirishda ko‘maklashish.

Bojxona xizmatlaridan chegirma asosida foydalanishni istrasangiz, quyidagi raqamlarga murojaat eting:

+998997232111

+998712203313

Qadrli tadbirkorlar!

Oziq-ovqat sanoati sohasida faoliyat yurituvchi kadrlarni tayyorlash va ularning bilim, ko’nikma, malakalarini oshirish rejalarini ishlab chiqish maqsadida maxsus davra suhbatini o’tkazish rejalashtirilmoqda.

Uchrashuv O’zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi hamda Germaniya Xalqaro Hamkorlik jamiyati hamjihatligida tashkil etilmoqda.

Yig’ilishda oziq-ovqat sanoati sohasida dual ta’lim tizimi yo’lga qo’yish bo’yicha maxsus dastur – PECA(Markaziy Osiyoda kasbiy ta’lim) loyihasining taqdimoti bo’lib o’tishi kun tartibidan o’rin olgan.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, mazkur davra suhbatida siz ham ishtirok etib, yo’lga qo’yilmoqchi bo’lgan yangi loyiha borasida o’z fikr va mulohazalaringizni bildirishingiz mumkin.

O’tkazilish vaqti: 2021-yil 9-iyun, chorshanba

Manzil: Toshkent shahri

Uchrashuvda qatnashmoqchi bo’lsangiz, quyidagi raqamlarga murojaat qiling:
+998997232111
+998712203313

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »