2025-yil 8-10-yanvar kunlari Hindiston Expo Center & Mart, Greater Noida ko‘rgazmasida Janubiy Osiyodagi eng yirik oziq-ovqat va taomlar sanoati uchun Indusfood-2025 ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazma quyidagi sho‘balarga bo‘lingan holda tashkil etiladi:

  • Shirinliklar va qandolat mahsulotlari;
  • Ziravorlar;
  • Organik va sog‘lom oziq-ovqatlar;
  • Choy va qahva;
  • Sut mahsulotlari;
  • Meva va sabzavotlar;
  • Yog‘ va moyli o‘simliklar;
  • Shakar va un;
  • Qurutilgan mevalar;
  • Ichimliklar;
  • Go‘sht, parranda go‘shti va dengiz mahsulotlari.

Indusfoodda 80 dan ortiq mamlakatlardan importyorlar, distribyutorlar va chakana sotuvchilarni o‘ziga jalb qilinishi kutilmoqda.

Indusfood xaridorlar dasturi tomonidan to‘liq qollab beriladigan imtiyozlar:

♦️ Aviachiptalarni to‘liq qaytarish;

♦️ 4/5 yulduzli mehmonxonada bepul nonushta bilan 3 kecha tunash;

♦️Biznes hamkorlarni topish uchun onlayn platforma;

♦️Aeroportdan guruhli transferlar;

♦️Viza yordami;

♦️Ishbilarmonlik muloqoti uchun Gala kechki ovqat;

♦️Tarjimonlar so‘rov bo‘yicha.

Joylar soni: 15 ta

Murojaat uchun:

+998932533444

+998948713313

Jelato, Qandolat, Qahva, Nonvoyxona va Pitsa 138 000 m² innovatsiyalar, ustaxonalar va 1200 dan ortiq eksponentlarning demolari bilan to‘ldirilgan «SIGEP — 2025» ko‘rgazmasidan nimani topasiz?

Ertangi o‘zgaruvchan tendensiyalar va o‘rganilmagan didlar.

Biznesdagi eng ko‘p orzu qilingan imkoniyatlar

Uydan tashqari sanoat sohasidagi so‘nggi ishlanmalar

Dunyo bo‘ylab 180 mingdan ortiq professionallarga qo‘shiling

Rimini, Italiya / 2025 yil 18-22 yanvar

Murojaat uchun;

UFIA_uz
+998997232111

“UzAgroExpo-2024”, “UzProdExpo-2024” va “InterPackExpo-2024” xalqaro ko‘rgazmalarida dunyoning 13 davlatidan 120 dan ortiq kompaniya va brendlar!

REG-X.UZ saytida ro‘yxatdan o‘ting va katta miqyosdagi tadbirlarning bir qismiga aylaning!

XIX Xalqaro “UzAgroExpo-2024” ko‘rgazmasi – qishloq xo‘jaligi

XIX Xalqaro “UzProdExpo-2024” ko‘rgazmasi – oziq-ovqat sanoati

VII Xalqaro “InterPackExpo-2024” ko‘rgazmasi – qadoqlash sanoati

O‘tkazilish sanalari:

20-21-22 NOYABR

O‘tkazilish joyi: “O‘ZEKSPOMARKAZ” MKK AJ

Toshkent, O‘zbekiston.

+998933900179

O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasiga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan quyidagi vakolatlar taqdim etildi

  • Intellektual mulk obyektlarini aniqlaydi hamda ularning belgilangan tartibda milliy va xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazilishi uchun tegishli choralar ko‘radi;
  • Intellektual mulk obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnomalarni topshiradi;
  • Geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovarlarning xususiyatlari saqlab qolinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, shu jumladan mazkur geografik obyekt uchun xos bo‘lgan sharoitlar yo‘qolganligi to‘g‘risida hamda geografik ko‘rsatkich o‘ziga nisbatan ro‘yxatdan o‘tkazilgan, reyestrda ko‘rsatilgan xususiyatlarga ega bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqarish mumkin emasligi haqida xulosa beradi;
  • Geografik ko‘rsatkich bilan tamg‘alangan va ushbu Uyushmaga kiruvchi shaxslar tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlarning xususiyatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
  • Uyushma aʼzolari faoliyatida intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning buzilganlik holatlari bo‘yicha maʼlumotlarni taqdim etadi;
  • Uyushma aʼzolarining intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning buzilganligi haqidagi murojaatlarini adliya organlariga yuboradi;
  • Uyushma aʼzolarining intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning buzilganligi haqidagi holatlar aniqlanganda, adliya organlariga bu haqda xabar beradi;
  • Adliya organlari bilan birgalikda Uyushma aʼzolari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarda intellektual mulk huquqiga rioya etilish yuzasidan o‘quv-mashg‘ulotlar va seminarlar tashkilashtiradi;
  • Uyushma aʼzolari o‘rtasida intellektual mulk obyektlaridan foydalanish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar va ularni hal etish yuzasidan takliflar bo‘yicha so‘rovnomalar o‘tkazadi.

Murojaat uchun: @OzodovMirafzal

2025-yil 8-10-yanvar kunlari Hindiston Expo Center & Mart, Greater Noida ko‘rgazmasida Janubiy Osiyodagi eng yirik oziq-ovqat va taomlar sanoati uchun Indusfood-2025 ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

2025-yil 8-10-yanvar kunlari Hindiston Expo Center & Mart, Greater Noida ko‘rgazmasida Janubiy Osiyodagi eng yirik oziq-ovqat va taomlar sanoati uchun Indusfood-2025 ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazma quyidagi sho‘balarga bo‘lingan holda tashkil etiladi:

-Shirinliklar va qandolat mahsulotlari;

-Ziravorlar;

-Organik va sog‘lom oziq-ovqatlar;

-Choy va qahva;

-Sut mahsulotlari;

-Meva va sabzavotlar;

-Yog‘ va moyli o‘simliklar;

-Shakar va un;

-Qurutilgan mevalar;

-Ichimliklar;

-Go‘sht, parranda go‘shti va dengiz mahsulotlari.

Indusfoodda 80 dan ortiq mamlakatlardan importyorlar, distribyutorlar va chakana sotuvchilarni o‘ziga jalb qilinishi kutilmoqda.

Indusfood xaridorlar dasturi tomonidan to‘liq qollab beriladigan imtiyozlar:

♦️ Aviachiptalarni to‘liq qaytarish;

♦️ 4/5 yulduzli mehmonxonada bepul nonushta bilan 3 kecha tunash;

♦️Biznes hamkorlarni topish uchun onlayn platforma;

♦️Aeroportdan guruhli transferlar;

♦️Viza yordami;

♦️Ishbilarmonlik muloqoti uchun Gala kechki ovqat;

♦️Tarjimonlar so‘rov bo‘yicha.

Joylar soni: 15 ta

Murojaat uchun:

+998932533444

+998948713313

Meva-sabzavotlarni qayta ishlash bo’yicha qanday standartlar mavjud?

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha bir qator xalqaro va milliy standartlar mavjud. Bu standartlar mahsulot sifati, xavfsizligi va barqarorligini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.

1. ISO 22000. Bu xalqaro oziq-ovqat xavfsizligi menejmenti tizimi standarti qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashda xavfsizlikni ta’minlashga yordam beradi. ISO 22000 mahsulotning har bir bosqichida xavflarni aniqlash va boshqarish uchun talablarni belgilaydi.

2. Global G.A.P (Good Agricultural Practices). Bu standartga muvofiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ekish va yig‘ib olish jarayonlarida yagona sifat va xavfsizlik qoidalari belgilanib, ularga amal qilinishi nazoratga olinadi.

3. HACCP (Hazard Analysis and Critical Control Points). Xavf tahlili va muhim nazorat tizimi bo‘lib, qayta ishlash jarayonida xavflarni aniqlash va ularni nazorat qilish imkonini beradi. HACCP oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun keng qo‘llaniladi.

4. GMP (Good Manufacturing Practices). Sifatli ishlab chiqarish amaliyotlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashda toza, gigiyenik va xavfsiz jarayonlarni ta’minlashga qaratilgan standart. GMP mahsulotni yetkazib berish va saqlash jarayonlarida ham amal qilinishi kerak bo‘lgan qoidalarni o‘z ichiga oladi.

5. Organic Certification. Organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashda foydalaniladigan sertifikat bo‘lib, mahsulotlarda kimyoviy moddalar va sun’iy ingrediyentlar ishlatilmasligini talab qiladi. Bu sertifikat atrof-muhitga zarar yetkazmaslik va iste’molchilar uchun ekologik mahsulot yetkazib berishni maqsad qilgan.

6. ISO 9001. Sifat menejmenti tizimi sifatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash jarayonida sifatni boshqarish va nazorat qilish uchun keng qo‘llaniladi. Bu standart sifatni oshirishga yordam beradi.

7. Fair Trade. Adolatli savdo tamoyillariga asoslangan standart bo‘lib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashda ishlab chiqaruvchilarning mehnat sharoitlarini yaxshilash va ularning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.

8. ISO 14001. Bu atrof-muhit menejmenti tizimi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash jarayonida atrof-muhitga ijobiy ta’sir ko‘rsatishni rag‘batlantiradi. Bu standart resurslarni tejash va chiqindilarni kamaytirish orqali ekologik barqarorlikni ta’minlaydi.

9. IFS Food (International Featured Standards). Mazkur standart chakana va ulgurji savdo uchun oziq-ovqat xavfsizligi va sifat menejmenti standarti bo‘lib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashda xavfsizlik va sifatni ta’minlashga yordam beradi.

10. Rainforest Alliance: Bu sertifikat qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ekologik va ijtimoiy mas’uliyat bilan qayta ishlashni rag‘batlantiradi. U ekologik xilma-xillikni saqlash, tabiiy resurslardan samarali foydalanish va mehnat sharoitlarini yaxshilashga e’tibor qaratadi.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha ushbu standartlar nafaqat mahsulot sifati va xavfsizligini ta’minlaydi, balki atrof-muhit va ijtimoiy mas’uliyatni ham oshirishga xizmat qilib, xalqaro maydondagi hamkorlarning ishonchini mustahkamlashga asos bo’ladi. Shuningdek, xalqaro bozorlarda raqobatbardoshlikni oshirishga yordam beradi.

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »