O‘zbekistondagi Malayziya elchixonasida Halol sertifikatini tan olishni tekshirish bo‘yicha xalqaro qo‘mita (JAKIM) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
- Uchrashuvda JAKIM bosh direktori Dato Dr. Sirajuddin bin Suhaimeye, Malayziya Bosh vaziri departamentining halol masalalari bo‘yicha koordinatori Datin Paduka Hajah xonim, shuningdek O‘zbekiston Oziq-ovqat sanoati uyushmasi raisi Baxodir Umirshayxov ishtirok etdi.
- Uchrashuvning maqsadi — O‘zbekiston oziq-ovqat canoat tadbirkorlari faoliyatiga Malayziyaning Xalqaro darajada tan olingan Halol sertifikatlari tizimini joriy etish va ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.

