2023-yilning 14-16-noyabr kunlari Sankt-Peterburg shahrida 32-xalqaro “PETERFOOD-2023” oziq-ovqat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Bu Shimoliy-G‘arbiy mintaqadagi oziq-ovqat savdosi sohasidagi eng yirik ko‘rgazma va Rossiya va xalqaro chakana savdo tarmoqlari bilan biznes aloqalarini o‘rnatish uchun eng yaxshi imkoniyatdir.

PETERFOOD 2023 – 3 kun ichida yangi sistemalar bilan foydali shartnomalar!

????Professional tashrif buyuruvchilarning 63% chakana xaridorlar va ulgurji kompaniyalar;

????Faol tarmoq savdolari – xaridorlar bilan bevosita stendda kafolatlangan muzokaralar;

????Chains Purchasing Center™– yetkazib beruvchilar va chakana savdo tarmoqlari, restoranlar va kafelarning 150 ta xaridorlari o‘rtasidagi individual muzokaralar dasturi;

????Ishlab chiqaruvchilar uchun tanlovlar – mahsulotingiz uchun nufuzli mukofotlar va sifat belgilari.

◀️Kuzning asosiy chakana savdosida ishtirok eting va Rossiyada bo‘sh javonlarni egallang!

????Murojaat uchun:

????+998908219656

2024-yil 20-24 yanvar kunlari Italiyaning Rimini shahrida “SIGEP” qandolatchilik ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Unda 1250 ga yaqin tadbirkorlik subektlari, 209 135 dan ziyod ishtirokchilarning qatnashishi kutilmoqda.

❗️Eng muhimi, ko‘rgazmada ishtirok etish bepul!

Ko‘rgazma quyidagi sho‘balarga bo‘lingan holda tashkil etiladi:

???? GELATO – muzqaymoq: nosanoat ishlab chiqarish uchun texnologiyalar, xom ashyo, butlovchi qismlar.

???? PASTRY- qandolatchilik: texnologiyalar, xom ashyo, ingrediyentlar, qadoqlash.

???? SHOKOLAD – yuqori sifatli shokolad ishlab chiqarish uchun texnologiyalar, uskunalar, xom ashyo.

☕️ QAHVA- kofe: qovurish texnologiya va uskunalari.

???? NOVOVOVA – non pishirish, texnologiyalar, xom ashyo; makaron va pitsa ishlab chiqarish uchun ingrediyentlar.

???? Ko‘rgazmada qatnashish uchun batafsil maʼlumotlarni quyidagi telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin:

????+998908219656

Hurmatli tadbirkorlar, sizlarni xalqaro biznes forum va 50 dan ortiq xorijiy tadbirkorlar bilan B2B/B2G uchrashuvlariga taklif qilamiz!

O‘zbekiston hamda Chexiya o‘rtasida agrosanoat sohasidagi aloqalarni kengaytirish, qishloq xo‘jaligi va chorvachilik sohalarini rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashish hamda mazkur yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalar va o‘zaro anglashuv memorandumini imzolash maqsadida 11-oktyabr kuni ikki mamlakat Qishloq xo‘jaligi vazirlari ishtirokida agrosanoat sohasida biznes-forum o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

◀️Mazkur biznes-forumda Chexiyadan qariyb 50 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

????Biznes-forum davomida tadbirkorlar tomonidan B2B va B2G uchrashuvlarida, qo‘shma loyihalar va o‘zaro anglashuv memorandumini imzolash xam belgilangan.

????Agarda siz Chexiya tadbirkorlari bilan hamkorlikda loyihalar amalga oshirmoqchi bo‘lsangiz, forumda ishtirok etish orqali ikki tomonlama manfaatli shartnomalar imzolashingiz mumkin.

????Xorijiy kompaniya vakillari ro‘yhati:

www.ufia.uz/tadbirkorlar_ro’yhati

???? 11-oktyabr (Chorshanba)

????Biznes Forum (09:30 -12: 30)

????B2B & B2G uchrashuvlar (11:15-13: 00)

???? Hilton, Tashkent city,

Iste'mol savatchasi: Mandarin USD 1.35 ~ 1/KG; Limon USD 0.85 ~ 2.14/KG; Avokado USD 0.99 ~ 4.14/KG; Mango USD 0.78 ~ 5.50/KG; Banan USD 0.42 ~ 1.11/KG

Translate »